5. Gidroenergetik qurilmalar rele himoyasi va avtomatikasi
5.1. Releli himoya va avtomatika texnikasi taraqqiyotining qisqacha tarixi
Oʻzbekiston respublikasining elektr energetikasi xalq xoʻjaligining asosiy
sohasi hisoblanib, sanoat korxonalari, shaharlar, transport, qishloq xoʻjaligi
iste’molchilarini elektr energiyasi bilan ta’minlab kelmoqda va xalq xoʻjaligining
rivojlanishiga katta hissa qoʻshmoqda.
Oʻzbekiston energetika tizimi yiliga 60 mlrd. kVt.soat atrofida elektr
energiyasi ishlab chiqarib, uzunligi 224 mln.km.ni tashkil etadigan 500 kV, 330
kV gacha yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlar 42 ta elektr stansiyani iste’molchilar
bilan bog’lab turibdi
Energetika tizimlarning elektr qismlaridagi shikastlanish va nonormal
holatlarni bartaraf qilish relesli himoyaning asosiy vazifasidir. Shu bilan birga
relesli himoya tizimning ishonchli va mustaxkam ish holatini ta’minlaydi.
Energetika tizimlarining quvvatini shiddat bilan oshishi, bir necha
tizimlarning birlashuvi, xatto davlatlararo tizimlarning tashkil topishi relesli
himoyaning vazifasini yanada oshiradi.
Zamonaviy
energetika
tizimlarida
yuqori
kuchlanishli
tarmoqlar
rivojlanmoqda. Bu tarmoqlar orqali yirik stansiyalardan juda katta miqdordagi
elektr energiya oqimi iste’molchilarga uzatilmoqda.
Yuklamalarning oshishi, elektr tarmoq tarkibidagi liniyalarning uzayishi,
energetika tizimlariga boʻlgan barqarorlik talablarining keskin oshishi relesli
himoya ishini yanada murakkablashtiradi. Talablarga mos tez va ishonchli himoya
tuzish uchun maxsus rele turlaridan foydalanilmoqda.
Elektr mexanik relelar oʻrniga yarim oʻtkazgichli kontaktsiz relelar,
gerkonlar, magnit elementli va raqamli relelar ekspluatatsiyaga kirib keldi.
Energetika tizimlar quvvatining oshgani sari qisqa tutashuv toklarining
qiymati xam oshib boradi. Bu hol releli himoya uchun aniqligi yuqori boʻlgan tok
transformatorlari kerakligini talab etadi.
110
Do'stlaringiz bilan baham: |