Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi


  5.4. Rele va himoya elementlarining chizmalarda tasvirlash usullari


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/104
Sana16.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1781192
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   104
Bog'liq
GIDROENERGETIK QURILMALAR-qollanma

 


120 
5.4. Rele va himoya elementlarining chizmalarda tasvirlash usullari. 
Himoyaning uzgichga ta’sir qilish usullari. Bevosita va bilvosita 
harakatlanuvchi relelar 
Rele va himoya elementlarining chizmalarda tasvirlashning ikki prinsipial 
usullari mavjud. 
Birinchi usul boʻyicha rele birlashgan holda, ya’ni chulg’am toʻg’ri 
burchakli toʻrtburchak shaklida (5.5-rasm) tasvirlanadi, relening kontaktlari yuqori 
qismda koʻrsatiladi. 
Belgining pastki qismida relening chulg’ami va rele tipining bosh harflari 
yoziladi, ya’ni: 
tok relesi - KA, kuchlanish relesi-KV, vaqt relesi-KT, oraliq, relesi-KL va 
koʻrsatgich relesi-KN. 
Ikkinchi usul boʻyicha rele himoyasi yoyilgan holda koʻrsatiladi. Relening 
chulg’ami va kontakti chizmaning har xil qismlarida joylashadilar va mos keluvchi 
harflar bilan belgilanadilar. Yoyilgan tasvirlash murakkab sxemalarni oʻqishni 
osonlashtiradi. 
 
Relening ulanish usullari 
 
Relening chulg’ami elektr tarmoqqa (tok va kuchlanishga) toʻg’ridan toʻg’ri 
yoki tok va kuchlanish transformatorlari orqali ulanishi mumkin. Birinchi tur 
relelar birlamchi, ikkinchi tur esa ikkilamchi relelar deyiladi. 
5.5-rasm. Relelarning prinsipial chizmalardagi shartli tasvirlari 
KA(KV)
KA
KA
KT


121 
Ikkilamchi relelar koʻproq qoʻllaniladi. Buning sababi shundaki, ular yuqori 
kuchlanishdan izolyatsiyalanganlar, himoya qiluvchi elementdan uzoq masofada 
joylashadilar, xizmat koʻrsatish uchun qulay va ma’lum bir nominal tok (1 yoki 5 
A) va kuchlanish (100 V) ga moʻljallanadilar. Bunda himoyalanayotgan 
elementning birlamchi toki yoki kuchlanishiga bog’liqlik yoʻq. 
Birlamchi relening afzalligi shuki, ularda oʻlchov transformatorlari, operativ 
tok manbalari ishlatilmaydi. Ular kichik quvvatli elektr motorlarida
transformatorlarda va liniyalarda keng qoʻllanadi. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling