Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/104
Sana16.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1781192
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   104
Bog'liq
GIDROENERGETIK QURILMALAR-qollanma

Relening kontaktlari himoya qurilmalarida tokning ishonchli uzilishi va 
qoʻshilishini ta’min etishlari kerak va shu bilan birga bir necha marotaba 
harakatlanishga chidamli boʻlishlari zarur. 
Kontaktlarning qoʻshilib-uzilishi zanjirning qoʻshilishi va uzilishini 
ta’minlovchi quvvat S
k
bilan shartli ravishda harakterlanadi. Quvvat S
k
ning 
kattaligi operativ tok manbaining kuchlanishi U bilan kontakt ruxsat beruvchi eng 


131 
katta tok I
k
ning koʻpaytmasi shaklida topiladi. 
S
k
=U I

(5.11) 
 
Relening chulg’amlari uni harakterlovchi tok va kuchlanishning kattaligiga 
mos keladigan issiqlikka chidamli boʻlishi kerak va shu bilan birga mos boʻlgan 
iste’mol qiluvchi quvvat S
r
=U
r
I
r
ga toʻg’ri kelishi kerak. 
Iste’mol qilinayotgan quvvat Sr relening qoʻzg’aluvchi sistemasini 
harakatga keltiruvchi chulg’ami magnitlovchi kuchining miqdoriga bog’liq. 
Elektr magnit relelar 
 
2) 
Ishlash prinsipi. 5.15-rasmda elektr magnit relelarning asosiy uch xil 
turi berilgan.
Har bir rele oʻz ichiga elektrmagnit 1 (oʻzak va chulg’amdan iborat), 
ferromagnit materialdan yasalgan harakatlanuvchi yakor 2, harakatlanuvchi 
kontakt 3, harakatlanmaydigan kontakt 4 va teskari ta’sir etuvchi prujina 5 ni oladi. 
5.15-rasm. Elektr magnit relelarining konstruktiv turlari: 1-tortiluvchi yakorli; 
2-buriluvchi yakorli;3-koʻndalang harakat qiluvchi yakorli 
1) 
2) 
3) 


132 
Elektr magnit chulg’amidan oqayotgan tok I
r
magnitlovchi kuch (m.k) I
r
W
r
ni hosil qiladi. U kuch ta’sirida elektr magnit oʻzakdan, havo oralig’i va yakor 
orqali oquvchi magnit oqim F hosil boʻladi. Bunda yakor magnitlanadi va elektr 
magnitning qutbiga tortiladi. Oxirgi holatigacha harakatlangan yakor bilan 
bog’langan qoʻzg’aluvchi kontakt 4 qoʻzg’almas kontakt 3 ga ulanadi. Yakorning 
boshlang’ich holati tayanch 6 bilan chegaralanadi. 
Poʻlat yakorni elektrmagnitga tortuvchi elektrmagnit kuch havo oraliqdagi 
magnit oqimining kvadratiga toʻg’ri proporsional. 
F
E
=kF
2

(5.12) 
Magnit oqimi va uni hosil qiluvchi tok I
r
quyidagicha bog’lanishga ega. 
M
R
R
R
W
I
Ф


,
(5.13) 
bu yerda R
m
– magnit oqimi F oqayotgan yoʻlning magnit qarshiligi; 
W
R
– rele chulg’amining oʻramlar soni. 
Formulalarni oʻrniga qoʻyib quyidagini hosil qilamiz; 
2
2
2
2
R
R
M
R
E
I
K
I
R
W
F



,
(5.14) 
Buriluvchi yakorli va koʻndalang harakat qiluvchi yakorli relelarda (5.15.b,c 
rasm) elektromagnit kuch aylanish momentini hosil qiladi: 
2
R
R
E
E
I
K
l
F
M



,
(5.15) 
bu yerda l
R
- F
E
kuchning yelkasi. 
K
/
va K
//
koeffitsiyentlar R
M
ga bog’liq. 
Formulalardan koʻrinib turibdiki, tortuvchi kuch F
E
yoki uning momenti M
E
rele chulg’amidagi tok I
R
ning kvadratiga toʻg’ri proporsional va shuning uchun 


133 
oʻzgarmas yoʻnalishga ega (ya’ni tokning yoʻnalishiga bog’liq emas). Xulosa 
shuki, elektromagnit releni oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tokda ishlaydigan qilib 
yasash mumkin. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling