Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
GIDROENERGETIK QURILMALAR-qollanma
135 5.7. Elektromagnit tok va kuchlanish relelari Tok relelari Elektr magnit relening chulg’amini liniya tokiga toʻg’ridan-toʻg’ri yoki tok transformatori orqali ulaganda uning elektromagnit momenti 2 L E kI M ga teng. Bu xil relelar tok relelari deyiladi, chunki ularning ishlashi liniya toki I L ga bog’liq. Tok transformatorlarida boʻladigan yukni kamaytirish uchun tok relelari iloji boricha kam quvvat iste’mol qilishlari kerak. Tok relelarining chulg’amlaridagi yuklama tokining uzoq vaqt oʻtishiga, qisqa tutashuv tokining qisqa vaqt ichida oʻtishiga moslab hisoblangan boʻlishi kerak. Relening ishlash toki prujinaning tortish kuchini oʻzgartirish bilan tekis oʻzgartiriladi. Relening chulg’ami 2 ta seksiyadan iborat, bu seksiyalarni parallel va ketma-ket ulash hisobiga ishlash tokining chegarasini 4 marotaba oʻzgartirish imkonini beradi. ET-520 va shu markali relelarga nisbatan РT-40 relelarda kontakt sistemasi yaxshilangan va teskari ta’sir qiluvchi moment oshirilgan. Buning natijasida rele iste’mol qiladigan quvvat katta. Kichik ustavkalarda РT-40 relesining har xil sezgirliklarida istem’ol qilayotgan quvvat miqdori 0,2 dan 8 VA gacha oʻzgaradi. 5.17 – rasm. Tok relesining ichki ulanish sxemalari 136 5.18 – rasm. РT-40 relesining: a)- relening tuzilishi; b) –qoʻzg’almas kontaktlar bilan izolyatsiyali kolodka; v) – rostlovchi tugun; 1- temir oʻzak; 2 – oʻramlardan iborat boʻlgan chulg’am; 3 – yakor; 4 – spiral prujina; 5 – qoʻzg’aluvchan kontakt; 6 – chap tayanch; 7 – oʻng juft kontaktlar; 8 – chap juft kontaktlar; 9 – izolyatsiyali kolodka; 10 – prujina tutqichi; 11 – shakldor vint; 12 – olti qirrali vtulka; 13 – oʻrnatmalar shkalasi; 14 – oʻrnatma koʻrsatkichi; 15 – yuqori yarim oʻq; 16 – quyroʻq; 17 – shakldor plastinka; 18 – prujinalovchi shayba; 19 – kumush tasma bronzali plastinka; 20 – old tayanch; 21 – ort egiluvchan tayanch; 22 – tebranishlarni soʻndirgich; 23 – alyumin ustun. Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling