Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi
Oraliq, koʻrsatkich va vaqt relelari
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
GIDROENERGETIK QURILMALAR-qollanma
5.8. Oraliq, koʻrsatkich va vaqt relelari
Elektromagnit oraliq relelari Oraliq relelari yordamchi relelar hisoblanadi. Ulardan bir vaqtda bir necha oʻzaro bog’liq boʻlmagan zanjirlarni qoʻshish yoki uzishda va shuningdek katta toklarni zanjirini baquvvat kontaktlar bilan qoʻshib uzuvchi relelar sifatida foydalaniladi. 5.20, a,b-rasmlarda oraliq relelarining himoya sxemalarida 138 qoʻllanishlariga oddiy misollar keltirilgan. a) b) 5.20-rasm. Oraliq relelarining himoya sxemalarida ulanishi Oraliq relelari ulanish usullariga qarab ikki guruhga boʻlinadi: parallel (5.20.a) va ketma-ket (5.20.b) ulangan relelar. Parallel ulangan relelarning chulg’amlari manbaning toʻliq kuchlanishiga, ketma-ket ulangan relelarniki esa, yoki oʻchirgichning oʻchirish chulg’amiga, yoki biror boshqa apparat bilan zanjir tokiga ketma-ket ulanadi. Bir-biriga bog’liq boʻlmagan zanjirlarni ulab-uzish uchun rele bir necha kontaktga ega. Oraliq relelari asosiy rele berayotgan xabarning quvvatini oshirish uchun ham xizmat qiladi. Oraliq relelarining kontaktlari himoya zanjirlarini qoʻshish uchun odatda 50- 200 Vt va oʻchirgichlarning zanjirlarini qoʻshib uzish uchun 1500-2000 Vt quvvat iste’mol qiladi. Oʻzgarmas tokda ishlaydigan РП-210, РП -232 oraliq relelar 24, 48, 110, 220 V kuchlanishlarga moʻljallangan boʻladilar, ularning beshta qoʻshib-uzishga moʻljallangan kontaktlari bor, iste’mol qiluvchi quvvati 6-8 Vt. Oʻzgaruvchan tokda ishlash uchun РП -321 va РП -341 tipdagi 100, 127, 220 va 380 V kuchlanishlarga moʻljallangan oraliq relelar ishlab chiqariladi. Parallel ulangan oraliq relelarining ishonchliligini oshirish uchun ularning ishlash kuchlanishlari nominal qiymatning 60-70% ini tashkil etishi maqsadga muvofiq. Oraliq relelarning qaytish koeffitsiyentlariga hech qanday talab qoʻyilmaydi, chunki ularning kontaktlari rele chulg’amida tok boʻlmaganida 139 qaytishi yetarli. Ularning ishlash vaqti ayniqsa tezkor himoyalarda juda kichik boʻlishi kerak. Tez ishlovchi oraliq relening ishlash vakti 0,01-0,02 sek. Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling