Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/104
Sana16.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1781192
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   104
Bog'liq
GIDROENERGETIK QURILMALAR-qollanma

Oraliq relening tuzilishi 
 
Koʻp hollarda oralik relelar buraluvchi yakorli sistemada bajariladi. Ular 
iste’mol kilgan kichik kuvvatda katta elektromagnit kuch hosil boʻladi. Oralik 
relesini yig’ish jarayonida tortiluvchi yakorli sistemalar ham qoʻllaniladi. 
5.21 – rasm. РП-23 oraliq relesining: a)-oraliq relesining tashqi koʻrinishi;
b)-ichki ulanish sxemasi 
 
Oraliq relesining ishlash vaqti 
 
Relening chulg’amidagi kuchlanish turg’un qiymatga birdaniga erishmaydi. 
U tok noldan ma’lum bir qiymatga ma’lum bir vaqt mobaynida yetadi. Relening 
ishlashi uchun ketgan vaqt rele chulg’amidagi ishlash tokining oshish vaqti bilan 
yakorning harakatlanish vaqti yig’indisiga teng. Tez ishlovchi oraliq relelari uchun 
vaqtni kamaytirish kerak, ya’ni relening teskari ta’sir qiluvchi prujinasini 
boʻshatish kerak va tokning karraliligi oshiriladi. Releni ulagan paytda uning 
oʻzagida uyurma toklar hosil boʻladi. Bu toklar magnit oqimining oshishini 


140 
sekinlatadi va ish vaqtini oshishiga olib keladi. Ishlash vaqtini kamaytirish tez 
ishlovchi relelarda asosan harakatlantiruvchi qismni yengillashtirish va 
ishqalanishni kamaytirish hisobiga erishiladi. 
 
Koʻrsatkich relelari 
 
Koʻrsatkich relelari tegishli himoyalarni ishlaganlari toʻg’risida xabar berish 
uchun moʻjallangan. Bu relelar boshqa rele va apparatlarning zanjirlariga kema-ket 
(5.22-rasm, b) va parallel (5.22-rasm, a) ulanadi. 
a) b) 
5.22-rasm. Koʻrsatkich relesining ulanish sxemalari 
5.23-rasmda koʻrsatgich rele KH oʻchirgichning himoya ishlashi natijasida 
oʻchishi xaqida signal beradi. Koʻrsatgich relelarining ishini koʻrsatuvchi signal 
bayroqchasi (blinker) va kontaktlari xizmat koʻrsatuvchi shaxs orqaga 
qaytarmagunicha ish holatida boʻladi. Ketma-ket ulanuvchi koʻrsatkich relelar 
qulay va shuning uchun koʻp ishlatiladi. 
РУ-21 turdagi koʻrsatkich relelar oʻzgaruvchan va oʻzgarmas toklarda xam 
ishlatilishi mumkin.


141 
5.23 – rasm. РУ-21 turidagi koʻrsatkich relesi: a) tashqi koʻrinishi; b) ichki ulanish sxemasi; 1-
sokol; 2-chulg’am; 3-yakor; 4 – zub zashelki; 5 – kontakt koʻprik; 6-yuk; 7 – old podshipnik; 8 – 
skobani old devori; 9 – qoʻzg’almas kontakt; 10 – plankalar; 11 – skoba; 12-prujina (qarshilik 
qiluvchi); 13 – skoba; 14 – qaytaruvchi prujina;

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling