Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi
Transformatorlarning tokli kesim himoyalari va ularning ulanish
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
GIDROENERGETIK QURILMALAR-qollanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tokli kesimnig ulanish sxemalari va ishlash tokining hisobi
6.6. Transformatorlarning tokli kesim himoyalari va ularning ulanish
sxemalari Tokli kesimning ishlash tamoyili va qoʻllanish doirasi Transformatordan keyingi qisqa tutashuvlarda (K1 nuqta) tokli kesim ishga tushmaydi, chunki tokli kesimning ishlash toki ushbu qisqa tutashuv nuqtasigacha boʻlgan maksimal tokning qiymatidan sozlangan. Shuningdek tokli kesim transformatordan ketuvchi tarmoqdagi qisqa tutashuvlarda (K2 nuqta) ham ishga tushmaydi shu sababli sabr vaqtsiz qilib ishlatish mumkin. 6.20-rasm. T1 transformatorda oʻrnatilgan tokli kesimning ishlash (K3 nuqta) va ishlashmaslik (K1 va K2 nuqta) shartini tushuntiruvchi 10 kV li podstansiya sxemasi. Tokli kesimning eng muhim xislati tezkorlik hisoblanadi, chunki qisqa tutashuv tokini tezda oʻchirish transformatorning shikastlanish darajasini kamaytiradi, ushbu manbaga ulangan motorlar hamda yuklamalarning (T2, M1, M2) normal sharoitlarda ishlash davomiyligini ta’minlab beradi. Shuningdek ta’minlovchi 10 kV li tarmoq uchun uncha katta boʻlmagan sabr vaqtni hosil qilishiga imkon yaratib beradi (6.20-rasmdagi MTH). Tokli kesimning kamchiligi uning ishlash zonasining cheklanganligi hisoblanadi, chunki tokli kesim 182 transformatorlarning maksimal tokli himoyasini toʻldirish maqsadida qoʻllaniladi. Transformatorlarning differensial himoyasini qoʻllashda tokli kesim ishlatilmaydi. Tokli kesimnig ulanish sxemalari va ishlash tokining hisobi. Tokli kesimning tanlovchanligi ishlash tokini tanlash orqali ta’minlanadi, ya’ni: (3) . tk .max . . ish zah k tash I k I , (6.29) bu yerda (3) .max . . k tash I - transformatordan keyingi uch fazali qisqa tutashuv tokining maksimal qiymati, ya’ni tokli kesimning ishlash zonasiga kirmaydigan qisqa tutashuv tokining transformatorning yuqori kuchlanish tomoniga (tokli kesim oʻrnatilgan tomonga) keltirilgan qiymati, A; zah k - zaxira koeffitsiyenti, uning qiymati ishlatilgan tok relelarining turiga bog’liq. Zaxira koeffitsiyentining qiymatini 6.1-jadvaldan olish mumkin. 6.3-jadval Sabr vaqtsiz tokli kesim uchun zaxira koeffitsiyentining qiymati Relening turi Himoyalanayotgan qurilma liniya transformator РT-40 1,2-1,3 1,3-1,4 РT-80 1,5-1,6 1,6 Tashqi qisqa tutashuv toki (3) .max. . k tash I energotizimning maksimal ish holati davrida K1 nuqtagacha qarshiliklar eng kichik boʻlishi mumkin boʻlgan holatda aniqlanadi (6.20-rasm). Tokli kesimning ishlash tokini (1) ifoda orqali aniqlashda 10 kV kuchlanish tarafdagi transformatorlarni kuchlanish ostida ishga tushirish natijasida hosil boʻluvchi magnitlovchi tokning sakrashidan himoya ishga tushmaydigan qilib sozlanadi. Tokli kesimdagi tok relelarining ishlash (oʻrnatma) toki quyidagicha 183 aniqlanadi: . . ish tk sx r ish tt I k I n , (6.30) bu yerda . ish tk I - tokli kesimning ishlash toki (6.20) ifoda orqali aniqlanadi, A; sx k - simmetrik holatdagi sxema koeffitsiyenti boʻlib ushbu koeffitsiyent reledagi tokning tok transformatorning ikkilamchi tokidan necha marta kattaligini koʻrsatadi; tt n - transformatorning yuqori kuchlanish tarafidagi tok transformatorning transformatsiya koeffitsiyenti. Tok transformatorlarning toʻliq boʻlmagan yulduz ulanishli sxemasida barcha qisqa tutashuvlar uchun 1 sx k (6.21 a-rasm). 6.21-rasm. Transformatorlarning tokli kesimida maksimal tok relelarining ulanish sxemalari Ikki fazani toklar ayirmasiga ulanishli tok transformatorlar sxemasida (6.21,b-rasm) simmetrik yuklamalarda va uch fazali qisqa tutashuvlarda 3 sx k , lekin ikki fazali A-B va B-C qisqa tutashuvlarda 1 sx k . Ushbu tok 184 transformatorlarining ulanish sxemalarini solishtirish natijasida xulosa shuki, agarda . ish tk I va sx k oʻzgarmagan hollarda 6.21,b – rasmdagi sxemadagi tok relelarining ishlash toki (6.21) ifoda boʻyicha 6.21,a – rasmdagi sxemaga nisbatan 1,73 marta kattadir. Ushbu nisbat sezgirlik koeffitsiyentini hisoblashda juda muhim ahamiyatni kasb etadi. Sezgirlik koeffitsiyenti quyidagicha aniqlanadi: (2) .min . r sez r ish I k I , (6.31) bu yerda (2) .min r I - himoyalanayotgan transformatorning yuqori kuchlanish tomonidagi chiqishlaridagi ikki fazali qisqa tutashuv vaqtida reledagi minimal tokining qiymati (6.21-rasmdagi K nuqta); . r ish I - relening ishlash toki (6.30) ifoda orqali aniqlanadi. Sezgirlik koeffitsiyenti taqriban ikkiga teng boʻlishi kerak. 6.21, a rasmdagi sxema uchun ikki fazali qisqa tutashuvning barcha turlarida hamda 6.21, b rasmdagi sxemadagi A – B, B – C fazalardagi qisqa tutashuvlarda 1 sx k , shundan kelib chiqadiki : (2) (3) q.t .min q.t .min (2) .min . . 3 2 r t t t t I I I n n , (6.32) bu yerda (3) q.t .min I - energiya tizimning maksimal qarshilik holatidagi himoyalanayotgan transformatorning yuqori kuchlanish tomonidagi chiqishlardagi uch fazali qisqa tutashuv vaqtidagi birlamchi tokning minimal qiymati. Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling