Glossariy
Elektr qurilmalari deb elektr energiyani ishlab chiqarish, oʻzgartirish,
transformatsiyalash,
uzatish,
taqsimlash
va
boshqa
turdagi
energiyaga
oʻzgartiruvchi mashinalar, apparatlar, liniyalar va yordamchi uskunalar (ular
oʻrnatilgan inshoot va xonalar bilan birga) majmuiga aytiladi.
Energetik tizim deb bir-biri bilan oʻzaro bog’langan elektr stansiyalar, elektr va
issiqlik tarmoqlari majmuining elektr energiyasini uzluksiz ishlab chiqarish,
oʻzgartirish va taqsimlash jarayonlarini umumiy rejimda birlashganligi va shu
rejimning umumiy holda boshqarilishiga aytiladi.
Elektr energetik tizim deb energetik tizimning elektr qismiga va undan
ta’minlanuvchi, elektroenergiyani ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol
qilish umumiy jarayonlari bilan bog’langan elektroenergiya qabul qiluvchilarga
aytiladi.
Elektr ta’minoti tizimi deb iste’molchilarni elektr energiya bilan ta’minlab berish
uchun moʻljallangan elektr qurilmalar majmuiga aytiladi.
Elektr tarmog’i deb ma’lum bir hududda ishlovchi podstansiyalar, taksimlovchi
qurilmalar, havo va kabel elektr uzatuv liniyalaridan tashkil topgan,
elektroenergiyani uzatish va taqsimlash uchun moʻljallangan elektr qurilmalar
majmuiga aytiladi.
Elektr energiya qabul qiluvchisi deb elektr energiyasini boshqa turdagi energiyaga
aylantiruvchi apparat, agregat, mexanizmga aytiladi.
Elektr energiya iste’molchisi deb texnologik jarayon bilan birlashgan va ma’lum
bir hududda joylashgan elektr qabul qiluvchiga yoki bir guruh elektr qabul
qiluvchilarga aytiladi.
Mustaqil energiya manbai deb kuchlanish boshqa energiya manbalarida
yuqolganida, ushbu qoidalarda avariyadan keyingi rejim uchun belgilangan
oraliqda, kuchlanish saqlanib qoluvchi energiya manbaiga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |