Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/104
Sana16.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1781192
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   104
Bog'liq
GIDROENERGETIK QURILMALAR-qollanma

 
Zaminlash deb elektr qurilmasining qandaydir qismini zaminlovchi qurilmaga 
elektr ulanishga aytiladi.
 
Apparatlar barcha turdagi kuchlanish oʻchirgichlari, boʻlgichlar, ajratkichlar, 
uzgichlar, qisqa tutashtirgichlar, saqlagichlar, razryadniklar, tokni chegaralovchi 
reaktorlar, kondensatorlar.
Havo elektr uzatuv liniyasi deb elektr energiyasini simlar orqali uzatish uchun 
moʻljallangan, ochik havoda joylashgan va izolyatorlar va armaturalar bilan 


199 
tayanchlarga yoki kronshteynlarga va muhandislik inshootlaridan stoykalarga 
qotirilgan moslamaga aytiladi.
Taqsimlovchi qurilma deb elektr energiyani qabul qilib, uni taqsimlash uchun 
xizmat qiladigan va kommutatsion apparatlardan, yig’ma va ulanma shinalardan, 
yordamchi qurilmalardan, shuningdek, himoya va avtomatika qurilmalari va 
oʻlchov moslamalaridan tashkil topgan elektr qurilmaga aytiladi.
 
Komplektli taqsimlovchi qurilma deb toʻliq yoki qisman yopiq shkaflardan yoki 
apparatlar oʻrnatilgan bloklardan, himoya va avtomatika qurilmalaridan tashkil 
topgan taqsimlovchi qurilmaga aytiladi.
 
Podstansiya deb elektr energiyani oʻzgartirish va taqsimlash uchun xizmat 
qiladigan elektr qurilmaga aytiladi va u transformatorlar va boshqa energiya 
uzgartirgichlardan, taqsimlovchi qurilmalardan, boshqarish qurilmalari va 
yordamchi moslamalardan iborat boʻladi.
Avtomatik oʻchirgich (kommutatsion apparat) avariya holatlari zanjirlarini 
kommutatsiyalash (uzish, oʻchirish) uchun, shuningdek, elektr zanjirlarini koʻp 
boʻlmagan (sutkasiga 6 dan 30 marotabagacha) operativ ulash va uzish uchun 
xizmat qiladi (moʻljallangan).
 
Uzgich – bu shunday kontaktli kommutatsion apparatki, u xavfsizlikni ta’minlash 
uchun oʻchgan holatda kontaktlar orasida izolyasion oraliqqa ega boʻlgan, toksiz 
yoki juda kichik tokli elektr zanjirlarni ulash va uzish uchun moʻljallangan.

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling