Tok transformatorlari - oʻlchov asboblari va himoya apparatlarini yuqori
kuchlanish zanjiridan izolyasiya qilish uchun va himoya zanjirini tarmoqdagi tok
bilan ta’minlash uchun ishlatiladi.
Tok transformatorlari va rele chulg’amlarini toʻliq yulduz sxemasi boʻyicha
ulanish - bu sxemada tok transformatorlari hamma fazalarga oʻrnatiladi. Tok
transformatorlarining ikkilamchi chulg’amlari va relening chulg’amlari yulduz
koʻrinishida ulanadi va ularning nol nuqtasi mavjud.
Tok transformatorlarining va rele chulg’amlarini toʻliq boʻlmagan yulduz
sxemasida ulanishi - faqat B fazadagi bir fazali qisqa tutashuvgagina javob bera
olmaydi va shuning uchun u fazalararo shikastlanishning barcha turlaridan himoya
uchun ishlatiladi.
Tok transformatorlarining uchburchakka ulangan chulg’amlariga releni yulduz
sxemasini ulash - tok transformatorlarini har xil nomli ikkilamchi chulg’amlarini
ketma-ket ulanishlaridan uchburchak hosil boʻladi yulduz sxema boʻyicha ulangan
relelar uchburchakning uchlariga ulanadi har bir reledan ikkita faza toklarining
geometrik farqlariga teng boʻlgan tok oqadi.
Ikki faza toki farqiga ulangan bitta releli sxema - Tok transformatorlari ikkita
fazaga ulanadilar (masalan A va C) ularning ikkilamchi chulg’amlarining har xil
nomli chiqishlari oʻzaro ulanadi va unga parallel ravishda relening chulg’ami
ulanadi
Kuchlanish transformatorlari - quvvati kichik boʻlgan kuch transformatoriga
oʻxshash va tarmoqqa parallel ulanadi. Ikkilamchi kuchlanish standart 100 V ga
teng ikkilamchi chulg’amiga voltmetr, oʻlchov asboblarining va himoya
apparatlarining kuchlanish zanjirlari ulanadi.
Releli himoya va elektr avtomatikasida elektromexanik relelar, yarim oʻtkazgich
uskunalar yordamida qurilgan relelar va toʻyinuvchi magnit sistemali relelar keng
ishlatiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |