203
Magnitoelektrik relelar - doimiy magnitdan tok oquvchi chulg’am oʻralgan
xarakatlanuvchi ramkadan va kontaktlardan iborat.
Qutblangan releni - yakori ikki magnit oqim ta’sirida boʻladi, ulardan birini releni
chulg’amidan oqayotgan tok hosil qiladi, ikkinchisini doimiy magnit hosil qiladi.
Yarim oʻtkazgichli relelar – oʻzgarmas tokda ishlovchi
elektromagnit qutblangan
yoki magnitoelektrik relelar boʻladi.
Operativ tok - uzgichni masofali boshqarishni ta’minlovchi zanjirni, rele
himoyasini
operativ zanjirini, avtomatika, telemexanika
va axborotlarni qabul
qiladigan uskunalarni ta’minlaydigan tokka aytiladi.
Oʻzgarmas operativ tok manbai - sifatida kuchlanishi 110-220 V,
kichik
nimstansiyalarda esa 24-48 V boʻlgan va hamma operativ zanjirlarni markaziy
ta’minlovchi akkumulyator batareyalari ishlatiladi
Oʻzgaruvchan operativ tok manbalari - tok, kuchlanish transformatorlari va oʻz
extiyoj transformatorlari xizmat qiladi.
Maksimal tokli himoya - bir tomondan ta’minlangan elektr ta’minot tizimidan
asosiy himoya turi hisoblanadi. Ikki tomonidan ta’minlanadigan hamda murakkab
sxemali tizimlarda maksimal tokli himoya yordamchi himoya sifatida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: