Gidrotozalash - Gidrotozalash neft fraksiyalarini oltingugurtsizlantirish hamda ikkilamchi qayta ishlash mahsulotlarida mavjud bo`lgan to`yinmagan uglevodorodlarni vodorod bilan to`yintirish uchun qo`llaniladi. Ushbu jarayon moylar va parafinlarni yakuniy tozalash uchun ham ishlatiladi. Jarayon 300-4200C harorat va 3-4MPa bosimda amalga oshiriladi.
- Katalitik gidrotozalash jarayoni neft mahsulotlarini yaxshilash va barqarorligini oshirish maqsadida ularni oltingugurtli, azotli, kislorodli va metall – organik birikmalardan tozalashda qo`llaniladi. Shu bilan birgalikda to`yinmagan aromatik uglevodorodlar ham qisman to`yinadilar. Gidrotozalash uchun deyarli hamma neft yoqilg`ilari jalb qilinadi. Bu to`g`ridan-to`g`ri haydab va ikkilamchi kelib chiqishga ega bo`lgan benzin, kerosin, reaktiv va dizel yoqilg`isi, mazut va vakuum – gazoyllardir. Jarayon surkov moylari va parafin komponentlarini hidsizlantirish uchun ham qo`llaniladi.
- Yuqorida keltirilgan eng ahamiyatli kimyoviy jarayonlarning qisqacha tavsifidan ko`rinib turibdiki neftni qayta ishlash va neftkimyoviy sanoatdagi kimyoviy reaksiyalar rejimi (bosim – atmosfera bosimidan to 200MPa gacha, harorat – 100 dan 7000C gacha) va ishlatilgan katalizatorlar bilan bir-biridan anchagina farq qilar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |