Gidrometeorologiya fakulteti quruqlik gidrologiyasi kafedrasi gidrologiya yo
Download 357.84 Kb.
|
DARYO XAVZASINING MORFOMETRIK KO’RSATKICHLARINI ANIQLASH
- Bu sahifa navigatsiya:
- ikkinchi usul
- Havza maydonining balandlikka mos ravishda ortishini hisoblash
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
Gorizontallar(li) bilan chegaralangan maydonchalar(fi) yuzalarini va ularning o‘rtacha balandliklari(hi)ni aniqlash
Gorizontallar bilan chegaralangan maydonchalar yuzalarining va ularning o‘rtacha balandliklarining 3.2-jadvalda aniqlangan qiymatlarini yuqoridagi ifodaga qo‘yib, havzaning o‘rtacha balandligini aniqlaymiz: Ho‘rt = Havzaning o‘rtacha balandligini ikkinchi usul bilan aniqlashda havzaning gipsografik egri chizig‘i (havza maydonining balandlikka mos ravishda ortishi) grafigi chiziladi. Mazkur grafikni chizish uchun 3.3-jadvalda keltirilgan hisoblashlarni bajarish lozim. Shu hisoblashlar natijalari asosida yuqorida qayd etilgan grafik chiziladi (3.3-rasm). 3.3-jadval Havza maydonining balandlikka mos ravishda ortishini hisoblash
Grafikda havza maydonining 50 foiziga mos keladigan balandlik o‘rganilayotgan daryo havzasining o‘rtacha balandligini ifodalaydi (3.3-rasm). d) daryo havzasining o‘rtacha nishabligi(Jh)ni aniqlashda quyidagi ifodadan foydalanamiz: 3.4-jadval Gorizontallarning uzunliklarini aniqlash
Gorizontallarning uzunliklarini hamda gorizontallar farqi (Dh)ning aniqlangan qiymatlarini yuqoridagi ifodaga qo‘yib, havzaning o‘rtacha nishabligini aniqlaymiz: XULOSA Daryo havzasida inson tomonidan amalga oshiriladigan turli tadbirlar havzaning tabiiygeografik sharoitiga va bu holat o‘z navbatida uning gidrologik rejimiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Insonning xo‘jalik faoliyati daryo havzasida ma’lum maydonlarni shudgorlash, o‘rmonzorlar barpo etish yoki ularni yo‘q qilish, selxonalar va suv omborlarini qurish, suvning ma’lum qismini sug‘orishga olish, oqava suvlarni daryoga tashlash kabilarni qamrab oladi. Bir daryo ikkinchisidan uzunligi, irmoqlari soni, ularning Yer sirtida joylashish shakli va boshqa ko‘pgina belgilari bilan farqlanadi. Mazkur farqlarni daryo sistemasining morfologik va morfometrik, ya’ni shakl va o‘lcham ko‘rsatkichlarini solishtirish orqali aniqlash mumkin. Daryo vodiysi suv oqimining yer sirtida bajargan ishi natijasida vujudga kelib, daryoning boshlanishidan quyi qismi tomon ketgan yassi yonbag‘irlari va nishabligi bilan harakterlanadi. Ma’lumki, ikki daryo vodiysi o‘zaro kesishmaydi, lekin ular birgalikda umumiy vodiyni tashkil qilishlari mumkin. Biz yuqorida daryo sistemasining quyidagi asosiy shakl va o‘lcham ko‘rsatkichlari ni hisobladik: - bosh daryo va uning uzunligi; - irmoqlar va ularning uzunliklari; - daryoning egriligi; - daryo tarmoqlarining zichligi; - daryo yoki daryo ma’lum qismining nishabligi. Yuqoridagilardan xulosa qilib, daryolarga quyidagicha ta’rif berish mumkin: daryo deb, havzaga yoqqan yog‘inlardan hosil bo‘lgan yer usti va yer osti suvlari hisobiga to‘yinib, tabiiy o‘zanda oquvchi suv massalariga aytiladi. Daryolar okeanlar, dengizlar yoki ko‘llarga kelib quyiladi. Ayrim hollarda ularga yetib bormasligi ham mumkin. O‘z suvini okeanlarga, dengizlarga va ko‘llarga quyadigan daryolar bosh daryo hisoblanadi. Bosh daryoga quyiladigan daryolar esa uning irmoqlari bo‘ladi. Bosh daryo va uning irmoqlari birgalikda daryo sistemasini tashkil etadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI Богословский В.В. Основы гидрологии суши. –Минск: Изд-во БГУ, 1974. Расулов А.Р., Ҳикматов Ф.Ҳ. Умумий гидрология. –Тошкент: Университет, 1995. Расулов А.Р., Ҳикматов Ф.Ҳ., Айтбоев Д.П. Гидрология асослари.-Тошкент Университет, 2003. Чеботарев А.И. Общая гидрология. - Л. Гидрометеоиздат, 1975. Ҳикматов Ф.Ҳ., Айтбоев Д.П., Ҳайитов Ё.Қ. Умумий гидрологиядан амалий машғулотлар. – Тошкент: Университет, 2004. Шульц В.Л., Машрапов Р.М. Ўрта Осиё гидрографияси.-Тошкент Ўқитувчи, 1968. Ҳикматов Ф,Ҳ., Айтбоев Д.П. Кўлшунослик // Ўқув қўлланма.- Тошкент Университет, 2002. Ҳикматов Ф.Ҳ., Якубов М.А., Айтбаев Д.П. Ўзан жараёнлари ва ўзан оқими динамикаси. –Тошкент: Университет, 2004. “Умумий гидрология” фани бўйича тайёрланган ўқув услубий мажмуа.- Тошкент: Университет, 2011. ЎзМУ ички тармоғи. www.undp.uz (Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Тараққиёт Дастур Веб-сайти) 12. www.gwpcacena.org 13. www.Ziyo.net Download 357.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling