Гидрометрик маълумотлар ҳар турли бўлганда йиллик оқим меъёрини аниқлаш


Download 13.35 Kb.
bet4/5
Sana20.10.2023
Hajmi13.35 Kb.
#1714104
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tog\' jinslari

Choʼkindi togʼ jinslari.
Ular yer yuzasida ilgari mavjud boʼlgan togʼ jinslari va minerallarning nurashi, soʼngra bu maxsulotlarning mexanik va kimyoviy yoʼl bilan yotqizilishi hamda oʼsimlik va organizmlarning hayot faoliyati yoki chirishi natijasida hosil boʼladi.
Choʼkindi jinslarni gidrogeologik va injener-geologik tadqiqotlarda oʼrganish muxim, chunki bularda yer osti suvlarining asosiy qismi joylashadi.
Choʼkindi jinslar hosil boʼlish sharoitiga koʼra uch guruxga boʼlinadi:
1. boʼlakli (mexaniq) jinslar; 2. kimyoviy jinslar; 3. organik jinslar.
Boʼlakli jinslar mexanik choʼkindilardan hosil boʼladi. Bularga shagʼal, qum, gillar kiradi.
Mexanik choʼkindi togʼ jinslarining oʼlchamlari:
Mexanik togʼ jinslarining nomlari
Xarsang toshlar > 200 mm
Katta shagʼallar 100 – 200 mm
Oʼrta shagʼallar 40 – 100 mm
Mayda shagʼallar 2 – 40 mm
Qum zarralari 0,05 - 2,0 mm
Chang zarralari 0,005 - 0,05 mm
Gil zarralari > 0,005 mm
Metamorfik (oʼzgargan) togʼ jinslari.
Magmatik va choʼkindi togʼ jinslarining yuqori xarorat va gazli birikmalar taʼsirida chuqur oʼzgarishlarga uchragan jinslar metamorfik togʼ jinslari deyiladi.
Mavjud togʼ jinslarining yuqori xarorat, katta bosim, gazsimon va issiq suv eritmalari taʼsiridan oʼzgarishi metamorfizm jarayoni deb ataladi. Metamorfizmga barcha magmatik va choʼkindi jinslar uchraydi. Bundan tashqari metamorfizmga metamorfik togʼ jinslarining oʼzi qaytadan uchrashi mumkin. Bunday jinslarni metamorflashgan jinslar deb ataladi. Masalan Kola yarim orolidagi belomoridlar bir necha bor metamorfizmga uchragan. Metamorfizm jarayonida togʼ jinslarining mineral va kimyoviy tarkibi, ichki tuzilish va dastlab yotgan xolati oʼzgarishlarga uchraydi.

TOG` JINSLARINI HOSIL QILUVCHI MINERALLARNI O`RGANISH
MAVZUSI BOYICHA АSSISMENT PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR


Download 13.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling