Gidrostatika Richagiing kichik yelkasiga 300 n kuch, katta yelkasiga 20 n kuch ta’sir qiladi. Kichik elkaning uzunligi cm. Katta yelkaning uzunligini aniqlang. Javob
Download 80.04 Kb.
|
5. Gidrostatika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Javob
5. Gidrostatika 1. Richagiing kichik yelkasiga 300 N kuch, katta yelkasiga 20 N kuch ta’sir qiladi. Kichik elkaning uzunligi 5 cm. Katta yelkaning uzunligini aniqlang. Javob: _______________________________________ (m). 2. Richagning uchlariga 40 va 240 N kuch ta’sir qiladi, tayanch nuktasidan kichik kuchgacha bo‘lgan oraliq 6 cm. Agar richag muvozanatda bo‘lsa, richagning uzunligini aniqlang. Javob: _______________________________________ (m). 3. Rasmga qarang va savollarga javob bering: a) qanday blok tasvirlangan? Javob: _______________________________ b) arqonning uchi 10 cm ga yuqoriga ko‘tarilsa, yuk necha cm ga ko‘tariladi? Javob: _________________________________ (cm). 4. Qo‘zg‘almas blok orqali zanjir o‘tkazilgan (rasmga.q) Yuk tekis ko‘tarilganda kaysi holda dinamometr kam kuchni ko‘rsatadi? Javob: ________________________________________________ 5. Massasi m=50 kg bo‘lgan ettinchi sinf o‘quvchisi polda turibdi. Uning polga berayotgan posimini aniqlang, agar uning polga tegib turgan poyabzali tagining yuzasi S=150 cm2 bo‘lsa. Koeffitsiyent g=10 N/kg. 6. Mix F=20 N bosim kuchi bilan p=10 MPa ga teng bosim hosil qilishi uchun mixning uchi qanday yuzaga ega bo‘lishi kerak? Javob: ____________________________ (m2). 7. Agar bosim kuchi 2 marta ortsa, sirt yuzasi esa 6 marta kamaysa, bosim necha marta o‘zgaradi? Javob: ____________________________ 8. Tutash idishlarga suv va kerosin quyishdi. Agar suyuqliklarning bo‘linish sathidan yuqorida joylashgan suv ustunining balandligi h=7,2 cm bo‘lsa, kerosin ustunining balandligini aniqlang. Suvning zichligi 1000 kg/m3, kerosinning zichligi 0,8 g/cm3. Javob: ____________________________ (cm). 9. Gidravlik pressning S1=5 cm2 yuzli porsheniga F1=100 N kuch ta’sir qiladi. Shu pressning S2=200 cm2 yuzli porsheniga qanday (kN) kuch ta’sir qiladi? Javob: ____________________________ (N). 10. Atmosfera bosimining qanday qiymatida, stol ustida yotgan, sirtining yuzasi S=4 dm2 bo‘lgan kitob muqovasiga F=3, 6 kN bosim kuchi ta’sir qiladi? Javob: ____________________________ (kPa). 11. Tog‘ etagida barometr p1=750 mmHg bosimni, uning cho‘qqisida esa p2=740 mmHg bosimni ko‘rsatadi. Bu tog‘ning balandligini aniqlang. Javob: ____________________________ (m). 12. Agar monometrda simob ishlatilgan bo‘lsa, kolbadagi gaz bosimini aniqlang (rasmga.q). Bu manometr bilan bosimning qanday qiymatini o‘lchash mumkin. Javob: ____________________________ (Pa). Download 80.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling