Гидротехника қурилишида махсус ва мотаж ишлари. Режа: Махсус ишлар турлари ва уларни бажариш технологиялари. Монтаж ишларини бажариш технологиялари


Download 398.93 Kb.
bet1/3
Sana03.11.2023
Hajmi398.93 Kb.
#1741871
  1   2   3
Bog'liq
7-12-ma\'ruza (1)

MAVZU: GIDROTEXNIKA QURILISHIDA GIDROIZOLYATSIYA ISHLARI TEXNOLOGIYASI.

MAVZU: GIDROTEXNIKA QURILISHIDA GIDROIZOLYATSIYA ISHLARI TEXNOLOGIYASI.

Reja:

1. Gidroizolyatsiya turlari.

2. Gidroizolyatsiyaning sifati ustidan nazorat.

3. Gidroizolyatsiya ishlarini qabul qilib olish.


GIDROIZOLYATSIYA ISHLARI.
Gidrotexnika qurilishida gidroizolyatsiya gidrotexnika inshootlarining elementlari (to‘g‘onlarning ponurlar va ekranlari, bosimli suv o‘tkazgichlar va rezervuarlarning beton va temir - beton devorlari va x.k.) suv o‘tkazmasligini ta’minlash, shuningdek beton, temir-beton va temir konstruksiyalarni agressiv suvlar ta’sirida yemirilishdan himoyalash uchun qo‘llaniladi.
Gidroizolyatsiya o‘z vazifasiga ko‘ra filtratsiyaga qarshi hamda korroziyaga qarshi bo‘ladi. Gidroizolyatsiyaning bu turlari inshootni tabiiy omillarni zararli ta’siridan himoya qiladi.
Bo’yoqli gidroizolyatsiya umumiy qalinligi bir necha millimetrga yetadigan, bo‘yash usulida bajariladigan ko‘p qatlamli suv o‘tkazmaydigan qoplama. Bo‘yash yo‘li bilan namdan muhofazalanadigan sirt moy dog‘lari, chang va kirdan, sachragan beton va korroziya izlaridan tozalanib, tekislanadi va sovuq usulda xomaki bo‘yash amalga oshiriladi. Qurigan sirtga qaynoq yoki sovuq mum bir necha qavat qilib suriladi.
Gidroizolyatsiya keng qo‘llaniladigan turlari:
Buyoqli gidroizolyatsiya

Yelimli gidroizolyatsiya

Suvoqli gidroizolyatsiya

Shimdiriladigan gidroizolyatsiya
Buyoqli gidroizolyatsiya – umumiy qalinligi bir necha millimetrga etadigan, bo‘yash usulida bajariladigan ko‘p qatlamli suv o‘tkazmaydigan qoplama. Bo‘yash yo‘li bilan namdan muxofazalanadigan sirt moy dog‘lari, chang va kirdan, sachragan beton va korroziya izlaridan tozalanib, tekislanadi va sovuq usulda xomaki bo‘yash amalga oshiriladi. qurigan sirtga qaynoq yoki sovuq mum bir necha йavat qilib suriladi.
Yelimli gidroizolyatsiya to‘g‘onlarning ponurlarida hamda yer osti va suv ostidagi binolarning sirtqi devorlarini ximoyalash uchun qo‘llaniladi.

Download 398.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling