Gidrotexnika inshootlarini sinflanishi Gidrotexnika inshootlari qurilishining qisqacha tarixi
Download 0.52 Mb.
|
Eslatma:
Ichki suv yo‘llari, ichki suv yo‘llaridagi ko‘prik osti o‘lchamlari loyihalashning asosiy me’yorlari asosida tasniflanadi. Bosimli front tarkibidagi va Yuqori magistralli va bosh suv yo‘llari gidrotexnika inshootlari sinflari 2.3-jadvaldagi qiymatlar bir birlikka ko‘tariladi. Bosimli front tarkibidagi baliq o‘tkazuvchi inshootlar sinfi suv dimlash inshootlari kabi qabul qilinadi. Oqimni boshqa joyga ko‘chiruvchi nasos stansiyalar inshootlari tuguni sinfi ushbu tizimning xalq xo‘jaligidagi ahamiyatiga ko‘ra belgilanadi. Xo‘jalik - ichimlik va ishlab chiqarish suv ta’minoti tizimlari ishonchlilik kategoriyasi QMQ ko‘rsatmalari bo‘yicha belgilanadi. Agar quvvati 1,5 mln kVt dan kichik bo‘lgan gidravlik yoki issiqlik elektr stansiyalari tizimdan ajratib qo‘yilganda va yirik aholi punktlari yoki sanoat korxonalari, transport va shu kabilarga xizmat ko‘rsatishda elektr energiyasi bilan ta’minlashdagi uzilishlar oqibatlari miqyosini hisobga olish mumkin bo‘lsa, elektr stansiyasi tarkibidagi 2.2 - jadval bilan aniqlanadigan asosiy gidrotexnika inshootlarini sinfini ko‘tarish mumkin. Asosiy gidrotexnika inshootlari sinfini (IV sinfdan tashqari) quyidagi hollarda bir birlikka kamaytirish mumkin: 1) bosimli front hosil qilishda ishtirok etmaydigan (GES binosi, bosimli derivatsiya va turbina quvurlari va tenglashtiruvchi kameralardan tashqari) I va II sinf inshootlari; 2) ekspluatatsiya sharoitlari energetik, kema o‘tkazuvchi va meliorativ inshootlarni ta’mirlashda gidrouzel ishlashiga imkon yaratuvchi; 3) meliorativ tizimlardagi inshootlar xizmat qilish muddati chegaralangan va 10 yildan oshmaydigan (bu inshoot esa tizimni ekspluatatsiya qilish davrida boshqasi bilan almashtiriladi). Asoslanishi kerak bo‘ladigan vaqtinchalik inshootlarni agar bu inshootlar buzilishi qurilish maydoni, aholi punktlari va korxonalariga katastrofik xarakterdagi talofatlarga olib kelsa yoki I, II, III sinflarning inshootlarini sekinlashishiga (to‘xtashiga) sabab bo‘lsa, IV sinfga kiritish mumkin. Asoslanishi kerak bo‘lgan suv to‘sgichlar (peremichkalar) va qurilish tunnellarini III sinfga kiritishga yo‘l qo‘yiladi. jadval Meliorativ tizimlardagi inshootlar sinfi
Inshoot sinfiga ko‘ra, amaldagi me’yoriy hujjatlar asosida qidiruv va loyiha ishlarining tarkibi va loyiha topshirig‘ining hajmi aniqlanadi, mustahkamlik va turg‘unlik hisoblaridagi zahira koeffitsientlari qabul qilinadi, hisobiy suv sarflari belgilanadi, qurilishda ishlatiladigan materiallarning turi va sifati aniqlanadi. 50>50> Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling