Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to`G`risida 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Gidrotexnika inshootlarining


Download 24.86 Kb.
bet3/6
Sana06.02.2023
Hajmi24.86 Kb.
#1170902
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
GIDROTEXNIKA INSHOOTLARINING 15 modda

6-modda. Gidrotexnika inshootlarining
xavfsizligi ustidan davlat nazorati
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xo`jaligi ob’ektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli organ hisoblanadi, u:
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi qoidalari va mezonlarini ishlab chiqadi;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda gidrotexnika inshootlari texnik holatining puxtaligini va ular ishining xavfsizligini еkspertizadan o`tkazadi;
gidrotexnika inshootlarini joylashtirish, gidrotexnika inshootlarini loyihalashtirish topshiriqlarini, ularni qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini kelishib olishda, gidrotexnika inshootlarining qurilishi sifatini nazorat qilishda, ularni foydalanishga qabul qilishda, shuningdek gidrotexnika inshootlaridan foydalanish qoidalarini kelishib olishda qatnashadi;
gidrotexnika inshootlarining holatini hamda ular holatining gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi deklaratsiyalariga muvofiqligini tekshirishni tashkil еtadi;
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlash to`g`risida ko`rsatmalar beradi, shuningdek gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi normalari va qoidalari qo`pol ravishda buzilgan hollarda xavflilik darajasi yuqori bo`lgan ob’ektlar jumlasiga kiruvchi gidrotexnika inshootlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanish faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyalarning amal qilishini to`xtatib turish va tugatish haqida takliflar kiritadi;
gidrotexnika inshootlari hududlaridan, daryolar o`zanlari va to`g`onning ularga tutash bo`lgan quyi hamda yuqori hududlaridan xo`jalik faoliyati yoki boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun foydalanishga (suvni muhofaza qilish zonalarida yer uchastkalari berish bundan mustasno) rozilik beradi;
daryolarning o`zanlarida va to`g`onning ularga tutash quyi va yuqori hududlarida suv xo`jaligi ob’ektlaridan foydalanishni amalga oshiruvchi yoxud xo`jalik faoliyati yoki boshqa faoliyat yurituvchi tashkilotlarning faoliyatini, agar bunday faoliyat gidrotexnika inshootlarining xavfsizligiga yomon ta’sir ko`rsatishi mumkin bo`lsa, taqiqlaydi yoki cheklab qo`yadi. Tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini taqiqlash va cheklash sud tartibida amalga oshiriladi, bundan favqulodda vaziyatlar, еpidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog`liq holda faoliyatni o`n ish kunidan ko`p bo`lmagan muddatga cheklash hollari mustasno;
gidrotexnika inshootlarining muhofaza qilinishini tashkil еtish ustidan nazoratni amalga oshiradi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Maxsus vakolatli organning gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlash to`g`risidagi ko`rsatmalari foydalanuvchi tashkilotlar ijro еtishi uchun majburiydir.

7-modda. Gidrotexnika inshootlarining kadastri


Gidrotexnika inshootlari O`zbekiston Respublikasi Gidrotexnika inshootlarining kadastriga (bundan buyon matnda Kadastr deb yuritiladi) kiritiladi.
Kadastrni yuritish tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

8-modda. Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini



Download 24.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling