Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to'G'risidagi qonun bandlarini o'rganish reja
Download 39.76 Kb.
|
GIDROTEXNIKA INSHOOTLARINING XAVFSIZLIGI TO\'G\'RISIDAGI QONUN BANDLARINI O\'RGANISH
GIDROTEXNIKA INSHOOTLARINING XAVFSIZLIGI TO'G'RISIDAGI QONUN BANDLARINI O'RGANISH Reja: Kirish Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to`g`risidagi qonun hujjatlari Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta'minlash quyidagi asosiy talablarga binoan amalga oshiriladi: KIRISH Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida [OKOZ:1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.12.00 Gidrotexnik va suv xo‘jaligi inshootlari. Gidrotexnik inshootlar xavfsizligini ta’minlash]O’zbekiston Respublikasi SZ:1.Tabiiy resurslar / Suv va suvdan foydalanish] qonuni ishlab chiqildi. Ushbu Qonunning maqsadi gidrotexnika inshootlarini loyihalashtirish, qurish, foydalanishga topshirish, ulardan foydalanish, ularni rekonstruksiya qilish, tiklash, konservatsiyalash va tugatiщda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishdir. Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi ustidan davlat nazorati maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi, u: gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi qoidalari va mezonlarini ishlab chiqishni va tasdiqlashni tashkil etadi; gidrotexnika inshootining xavfsizligi deklaratsiyasini tasdiqlaydi va xavfsizlik deklaratsiyalarining mazmuniga va ularni tayyorlash uslubiga qo‘shimcha talablarni belgilaydi; manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda gidrotexnika inshootlari texnik holatining puxtaligini va ular ishining xavfsizligini ekspertizadan o‘tkazadi; gidrotexnika inshootlarini joylashtirish, gidrotexnika inshootlarini loyihalashtirish topshiriqlarini, ularni qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini kelishib olishda, gidrotexnika inshootlarining qurilishi sifatini nazorat qilishda, ularni foydalanishga qabul qilishda, shuningdek, gidrotexnika inshootlaridan foydalanish qoidalarini kelishib olishda qatnashadi; gidrotexnika inshootlarining holatini hamda ular holatining gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi deklaratsiyalariga muvofiqligini tekshirishni tashkil etadi; gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta'minlash to‘g‘risida ko‘rsatmalar beradi, shuningdek gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi normalari va qoidalari qo‘pol ravishda buzilgan hollarda xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan obektlar jumlasiga kiruvchi gidrotexnika inshootlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanish faoliyatini to‘xtatib turish va tugatish haqida takliflar kiritadi; gidrotexnika inshootlari hududlaridan, daryolar o‘zanlari va to‘g‘onning ularga tutash bo‘lgan quyi hamda yuqori hududlaridan xo‘jalik faoliyati yoki boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun foydalanishga (suvni muhofaza qilish zonalarida yer uchastkalari berish bundan mustasno) yoki boshqa faoliyat uchun gidrotexnika inshootlarida avariya xavfini oshirmagan hollarda foydalanishga rozilik beradi; gidrotexnika inshootlariga kirish, gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi bo‘yicha hujjatlar va materiallar bilan tanishish; gidrotexnika inshootlarini loyihalash, qurish, foydalanish va xavfsizlik nazorati bilan bog‘liq mutaxassislar va mansabdor shaxslarning malakasini oshirishga yordam ko‘rsatadi; daryolarning o‘zanlarida va to‘g‘onning ularga tutash quyi va yuqori hududlarida suv xo‘jaligi obektlaridan foydalanishni amalga oshiruvchi yoxud xo‘jalik faoliyati yoki boshqa faoliyat yurituvchi tashkilotlarning faoliyatini, agar bunday faoliyat gidrotexnika inshootlarining xavfsizligiga yomon ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa, taqiqlaydi yoki cheklab qo‘yadi. Tadbirkorlik sub'yektlarining faoliyatini taqiqlash va cheklash sud tartibida amalga oshiriladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda faoliyatni o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga cheklash hollari mustasno; gidrotexnika inshootlarining muhofaza qilinishini tashkil etish ustidan nazoratni amalga oshiradi; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Maxsus vakolatli organning gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta'minlash to‘g‘risidagi ko‘rsatmalari foydalanuvchi tashkilotlar ijro etishi uchun majburiydir. Download 39.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling