Gigiyena. Harbiy gigiyena. Tibbiy ekologiya


Download 0.7 Mb.
bet10/13
Sana25.04.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1396728
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Gigiena Loyiha matireallash ochiq dars 2023 (2)

Kasalxonadagi koykalar soni

1 koyka uchun yer maydoni m2 da

Markazlashgan

Markazlashmagan

50

300

400

75-100

200

300

150-200

150

200

300-400

125

150

500-600

100

125

800-1000

80

110

Kasalxona uchastkasidagi qurilishlarning zichligi 15% dan oshmasligi kerak. 60% dan kam bo’lmagan maydon ko’kalamzorlashtirilgan zona bo’lishi kerak. Kasalxona ichidagi bog’-park zonasi bir koyka uchun 25m2. Kasalxona uchastkasini zonalarga bo’lishda shamollar guliga e’tibor qaratilishi lozim.


Kasalxona territoriyasida yuqumsiz davolash, yuqumli davolash, poliklinika, bog’-park va h.k. tashkil etilishi kerak. Kasalxonaga kirish yo’llari davolash korpuslariga alohida, patologik anatomiya korpuslariga alohida bo’lishi kerak. Bino va xo’jalik bo’limiga bitta bo’lishi ruxsat etiladi. Kasalxona uchastkasiga kirish oldida avtomashinalar turishi uchun maydoncha tashkil etiladi.
Binolar orasidagi masofa 25-30 m dan kam bo’lmasligi kerak, amma binolar ko’p qavatli bo’lsa, yonma-yon joylashgan binoning eng balandini 2,5-3 martalik balandiligidan kam bo’lmasligi talab etiladi. Kasalxona uchun ajratilgan yer uchastkasida binolarning o’zaro joylashishi shunday bo’lishi kerak-ki, yuqumli kasalliklar bo’limlari yuqumsiz kasalliklar bo’limlaridan qat’iyan ajratilishi lozim. Kasalxona tarkibidagi hamma binolarni qurish uchun ajratiladigan yer maydoni umumiy maydonning 12-15% dan oshmasligi kerak. Binolarning orientatsiyasiga katta e’tibor qaratish lozim, ayniqsa kasalxona tarkibiga kiruvchi ayrim xonalar uchun, chunonchi intensiv terapiya palatalari uchun g’arbiy orientatsiyaga umuman yo’l qo’yilmasligi kerak, xuddi shunday talab 3 yoshgacha bo’lgan bolalar palatalari bo’limi, bolalarning o’ynash xonalari va h.k. Bizning respublikamizda jarrohlik, jonlantirish zallari, sektsion xonalar uchun shimoliy, shimoli-sharqiy, shimoli-g’arbiy orientalarning bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Qolgan barcha xonalarning derazalari dunyoning hamma tomonlariga qarab qurilishi mumkin, ammo IV iqlim kengligi sharoitida xonalardagi mikroiqlimni yaxshilash uchun yozgi binolar, terassa, ayvonlar, lodjiyalarni qurish va jihozlashni nazarda tutish kerak. Ruhiy kasalliklar va onkologik bemorlarni davolash bo’limlari yoki shifoxonalari bundan mustasno.
Kasalxona uchastkasining tevarak atrofi yoki perimetri bo’ylab yashil o’simliklar tasmasini (zonasini) tashkil etish lozim, buning uchun yashil o’simliklar ekilgan tasma maydonining kengligi 10-15 m ni tashkil etmog’i kerak, kasalxona uchastkasining o’zida esa yashil o’simliklarning zonasi uchun kam deganda 60% yer maydoni ajratilishi kerak.
Patologo-anatomik korpus yoki o’likxona davolash korpuslaridan alohidalanishi kerak, oshxona va davolash korpuslaridan 30m uzoqlikda joylashtirilishi kerak.
Kasalxonaning asosiy qismi bo’lib palatalar sektsiyasi hisoblanadi. Sektsiya bir xildagi kasallikni davolash uchun ajratilgan kompleks bo’lib, palatali, koridor va xo’jalik xonalari hamda hojatxonadan tashkil topgan. Koykalar sonini undan oshirish davolash-yordamchi xonalarga yuklamani juda oshirib yuboradi. Hozirgi kunda palatalar sektsiyasidagi koykalar ikki martaga qisqartirish amalga oshirilmoqda. Palatalarga to’rttadan ortiq bemorni joylashtirish maqsadga muvofiq emas, lekin sektsiya tarkibida 2-1 koykali palata, 1-2 koykaga mo’ljallangan bo’lishi kerak.
Yuqumsiz kasalliklar davolanadigan palatalar uchun sanitar me’yorlari quyidagicha bo’lishini nazarda tutadi:
1 koykali palataning maydoni 9m2 2 o’rinli palatada 1 koyka uchun ajratiladigan maydon 7m2dan ortiq, palataning balandligi 3m, 1 koyka uchun 20 m3 (3.1.2- jadval).
alarda koykalar deraza oynalari bilan devorga parallel holda joylashtiriladi, krovat bilan tashqi devor o’rtasidagi masofa 0,9m, krovatlar oralig’idagi masofa esa 0,8-1m ni tashkil etadi.
Har bir palataga issiq va sovuq suv beradigan qo’l yuvish chig’anoqlari o’rnatilishi lozim. Devorlarning pardozi va pol yuzalari ularning tozaligini saqlash uchun ishlov berishga qulay qilib jihozlanadi. Devorlarning bo’yog’i silliq, yaltiramaydigan, yorug’ ranglarda bo’lishi talab etiladi (janubiy rumblarga qarab qurilgan palata devorlarining bo’yoq ranglari sovuq tonlarda ya’ni ko’k-yashil, shimoliy orientatsiyadagi palatalar uchun esa sariq ranglar).
Palatalarning devorlari 0,8m balandlikda moyli bo’yoq bilan bo’yalashi kerak.Bemorlarni sifatli davolashdagi muhim sharoitlardan biri palatalarga toza havoning kirib turishi va oqilona yaratilgan mikroiqlim sharoitlari hisoblanadi.
Bir bemor uchun havoni shamollatish hajmi soatiga 40-50 m3 dan kam bo’lmasligi, havo almashtirish karraligi esa soatiga 2 tadan kam bo’lmasligi kerak. Bir soat davomida xona havosini ikki martalik almashtirish tashkil etilganda palatadagi havoning hajmi 1 ta bemor uchun 250-300 m3 atrofida bo’ladi.
Shifoxonalardagi palatalarga markazlashgan holda tozalangan havoni uzatish va xonadagi ifloslangan havoni so’rib chiqarish shamollatish moslamalari orqali amalga oshiriladi. Bunda qish kunlari beriladigan havo isitiladi, yoz kunlarida esa salqinlashtiriladi. Shamollatish qanday moslamaga ega bo’lmasin, deraza oynalarining hammasi framuga yoki deraza darchaisga ega bo’lishi lozim.
Havoning harorati, uni almashtirish karraligi bir soat davomida shu xonalarning qanday maqsadlarda foydalanilishiga bog’liq bo’ladi va bu me’yorlar SanQ va M-0292-11da o’z ifodasini topgandir (3.2.4-jadval).
3.2.4-jadval

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling