Ayrim shifoxonalardagi palatalarga bo’lgan gigiyenik talablar.
Xonalar
|
Havo
harorati
|
Havo almashinish karraligi
Havo berish Havo so’rish
|
Kattalar palatasi
|
20-220C
|
1 koykaga 80m3
|
Ikki karralik
|
Tireotoksikozli bemorlar
uchun palata
|
20-210C
|
1 koykaga 80m3
|
Ikki karralik
|
Jarrohlik, jarrohlikdan keyingi, tug’ish zallari, kuyganlar palatasi,
jonlantirish palatasi
|
22-230C
|
Soatiga 10 karradan kam bo’lmaslik
|
Yangi tug’ilgan, chala tug’ilgan, ko’krak
yoshidagi bolalar palatalari
|
25-270C
|
1 ta koyka uchun 80m3
|
Yuqumli kasalliklar
bo’limi palatalari
|
22-240C
|
2,5
|
2,5
|
Xodimlarning xonasi
|
23-240C
|
1
|
1
|
Diagnostik laboratoriyalar
|
22-230C
|
1
|
3
|
Sanitar ishlov berish
|
24-250C
|
3
|
5
|
Murda saqlash xonasi
|
20C
|
-
|
3
|
Hojatxona
|
18-200C
|
|
Palatalardagi tabiiy havo almashinish palatani sektsiyasini joylashishiga bog’liq bo’ladi. Ular havo almashinish sharoitini yaxshilaydi va bemorlarni kunduz kunlari bo’ladigan joylari sifatida xizmat kiladi.
Xonalar orientatsiya juda katta ahamiyatga ega bo’lib, xonalarning yoritilishi va insolyatsion tartibini ta’minlaydi va eng muvofiq mikroiqlim sharoitlarini yaratishga imkon beradi. Xona va binolarning orientatsiyasi geografik kengliklarga muvofiq tavsiya etiladi. Palatalar bemorlarning kunduzgi bo’ladigan xonalari janub, janubiy-sharq, sharq, tarafga qarashi lozim. Jarrohlik, reanimatsiya xonalari shimolga YoKq1:4, shimol-sharqqa, sektsion laboratoriya va qo’shimcha xonalardagi YoKq1:7, 1:6 bo’lishi kerak.
Maksimal insolyatsion tartib, orientatsiyasi janubiy sharq (g’arb), quyosh tushish maydoni 80%. Bunday orientatsiya bolalar bo’limi, sil kasalligi, reabilitatsiya, revmatologiya bo’limlaridagi palatalarga tavsiya etiladi.
O’rtacha insolyatsion tartib – janubiy-sharq, quyoshning xona sathiga tushish vaqti 3-5 soat, maydoni 40-50 %. Bunday insolyatsion tartib o’tkir jarrohlik kasalligiga uchragan va boshqa o’tkir turdagi kasalliklarga tavsiya etiladi.
Minimal insolyatsion tartibda shimoliy-g’arb (sharq) holatlarida bo’lib quyosh nurining tushish vaqti 3-soatdan kam. Bu og’ir bemorlar palatasi, onkologik bemorlar uchun jihozlangan palatalar, reanimatsiya bo’limlar uchun tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |