Gigiyena. Harbiy gigiyena. Tibbiy ekologiya
Download 0.7 Mb.
|
Gigiena Loyiha matireallash ochiq dars 2023 (2)
Mavzuga oid vaziyatli masalalar.
Aralash turdagi 500 o’ringa mo’ljallangan shahar kasalxonasi uchun 40000m2 yer maydoni ajratilgan. Kasalxona hududi quyidagi zonalarga ajratilgan: yuqumli kasalliklari uchun davolash korpuslari, yuqumli bo’lmagan kasalliklar uchun davolash korpuslar, poliklinika, patologo-anatomik korpus, xo’jalik bo’limi. Shuningdek har ikkala davolash korpuslariga bog’-park zonasi uchun 5000m2 maydoni ajratilgan. qurilish uchastkasining zichligi 25%, ko’kalamzorlashtirish zonasi 40%. Kasalxona uchastkasini gigiyenik baholang. 3000m2 maydonga ega 300 ta o’ringa mo’ljallangan shahar kasalxonasining yer uchastkasi quyidagi davolash va xo’jalik zonalariga ajratilgan. Qurilish uchastkasi- ning zichligi 25%, ko’kalamzorlashtirish zonasi 40%. 60% palatalarning oynasi shimol tarafga qaragan. Kasalxona uchastkasini va davolash korpuslarining orientatsiyasini gigiyenik baholang. Terapevtik bo’limning palata sektsiyasi 1 ta bir o’rinli, 2ta ikki o’rinli, 4 ta to’rt o’rinli va 3 ta olti o’rinli palatalardan tashkil topgan. 1ta o’rin uchun 8m2 maydon ajratilgan. Bemorlar koridorda joylashgan improvizatsiya qilingan oshxonada ovqatlanadilar, bu joy bir vaqtning o’zida bemorlarning kunduzi bo’ladigan joyi hisoblanadi. Bo’limning rejimini gigiyenik baholang. Tuman kasalxonasining bolalar bo’limida bir yoshdan katta bolalar uchun olti o’rinli va bir yoshgacha bo’lgan bolalar uchun esa to’rtta o’rinli palatalar mavjud. Bir o’rin uchun 5m2 maydon to’g’ri keladi. Bundan tashqari bo’limda 1ta shlyuzsiz bir o’rinli palata, onalar uchun palata, shifokor xonasi, koridor, hojatxona mavjud. Bolalar bo’limining loyihasini gigiyenik baholang. “Palataning asosiy gigiyenik ko’rsatkichlar” jadvalini tuzing va to’ldiring (terapiya, jarrohlik ginekologik, yuqumlik kasalliklar, bolalar bo’limlari uchun).
Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling