Sexning mexanik va ko’tarish-transport jihozlari
G’ildiraklar sexida asosan yuqori darajada ixtisoslashtirilgan jihozlar qo’llanialadi, ular yordamida faqat ma’lum bir belgilangan operatsiyalar bajariladi. Bu jihozlar, odatda, murakkab gidravlik va elektrik boshqarish sxemalariga ega. Bosim ostida o’rnatish bo’limi 400 hamda 630 t kuch bilan bosim beruvchi gidravlik presslar bilan jihozlangan. Bosim berilishi va siljishga bosim ostida sinash jarayonlari grafiklarini yozish uchun presslar o’ziyozar manometrlar bilan, kuzatuv nazorati uchun esa ishchi manometrlar bilan jihozlangan. Bandajlar bo’limida bandajlarning tirgak burtlarini siqish uchun maxsus press o’rnatilgan. G’ildirak juftliklari aylanish yuzalari profiliga ishlov berish uchun 1836 va 1836A turlardagi g’ildirak-tokarlik stanoklari mavjud. G’ildirak juftliklari o’qlari sheykalariga ixtisoslashgan bosim ostida aylantirish va silliqlash stanoklarida ishlov beriladi. Bandajlarga ishlov berish 1400 mmli planshaybali karuselli stanoklarda ishlov beriladi.
Payvandlash bo’limida g’ildirak markazlari gupchaklarini flyus qatlami ostida avtomatik payvandlab qoplash uchun maxsus qurilma mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |