Gimnastik saf mashqlari tasnifi Saf mashqlarida turish va xolatlar Saf mashqlarini o’tkazish tartibi


Download 255.08 Kb.
bet3/3
Sana21.10.2023
Hajmi255.08 Kb.
#1714897
1   2   3
Bog'liq
Gimnastik saf mashqlari tasnifi Saf mashqlarida turish va xolatl

Muvozanat saqlashlar.

1 – o`ng ( chap ) oyoqda; 2 – o`ng ( chap ) oyoqda oldinga engashtirib; 3 - o`ng ( chap ) oyoqda yonlanmasiga; 4 - o`ng ( chap ) oyoqda orqalama; 5 – frontal; 6 – oyoqni ushlab, o`ng ( chap ) oyoqda muvozanat saqlash.




UMUMRIVOJLANTIRUVCHI MASHQLAR.

Bunday mashqlardan turli dastlabki holatlardan o`quvchilar organizmiga ta`sir ko`rsatuvchi hamda mashqlarni bajarish malakasi va ko`nikmalarini hosil qilish maqsadida foydaniladi.


Rostlangan qo`llarni harakatlantirishga o`rgatishni bir qo`lni alohida harakat qildirishdan boshlab, keyin ikkinchi qo`lni harakatlantirishga o`tgan ma`qul. Harakat bajarilayotganda, ya`ni bir qo`l harakat qilayotganda gavdaning boshqa qismlari qo`shilib harakatlantirmasligiga e`tibor beriladi. Harakatlar aniq bajarilishiga erishmoq kerak. Masalan, “ O`ng qo`l
oldinda ” holatida turish kerak bo`lsa, qo`l yelka balandligida bo`lib, kaft ichkariga qaragan, barmoqlari rostlangan va hokazo bo`lishi kerak.
Mashq shug`ullanuvchilarga qarab turgan holda ko`rsatiladi. Mashqni ko`rsatishni boshlash uchun “ Dastlabki holatni egallash !” so`ngra menga qarab turib “ Mashqni boshlang ” buyrug`i beriladi. o`qituvchi mashqni guruh bilan birgalikda 2 – 3 marta takrorlaydi.
Umumrivojlantiruvchi mashqlarni boshlang`ich sinf o`quvchilari bilan birgalikda bajarganda barcha harakatlar buyruq asosida emas, balki topshiriq bo`yicha bajariladi. O`qituvchi “ Menga o`xshab dastlabki holatni egallanglar diqqat bilan qo`l, gavda, oyoqlarimga qaranglar ”, “ Mashqni men bilan birga boshlang ! ”, “ Menga o`xshab bajaringlar ! ” deb aytadi.
Mashqni bajarishni tugallash uchun “ Mashqni tugating ! ” topshirig`i beriladi.
O`qituvchi mashq boshlashdan oldin egallanadigan dastlabki holatni aytadi va har bir sanoqda nima qilish kerakligini tushuntiradi. Keyin u “ Dastlabki holatni egallang ! ” degan buyruqni beradi. Ijroni tekshiradi va navbatdagi mashqni ( agar zarur bo`lsa, qaysi tomonga yoki qaysi qo`l yoki oyoqdan boshlashni aytib) “ Boshlang ! ” degan buyruqni beradi. Harakat davomida sanab boradi va qo`llar yuqoriga, oldinga engashing, to`g`riling, nafas oling kabi metodik ko`rsatmalardan foydalaniladi.
O`quvchi mashqni ko`rsatish bilan barobar uni qanday bajarish lozimligini tushuntiradi, murakkab joylariga diqqat bilan e’tibor berishni ta`kidlaydilar.
So’ngra, tushuntira borib o`rgatishni qo`llaniladigan buyruqlar orqali dastlabki holatni “ Egallang ” yoki mashqni “ Bajaring ”, yo “ Tugallang ” degan buyruqlarni beradi.
Umumrivojlantiruvchi mashqlarni o`rgatishga “ Dastlabki holatni
egallang ! ” buyrug`ini so’ng, mashqni bajarish uchun buyruqlar beradi. Masalan, “ cho`qqayib tayaning – bir ! ”, “ Tayanib yoting – ikki ! ”,
“ Qo`llarni buking – uch ! ” va hokazo. Har bir holatni bajarganda noaniqliklarni shaxsan tuzatadi, metodik ko`rsatmalar beradi.
Mashqlar oson va murakkabligiga qarab, ba`zida qismlarga ajratib bajariladi, so`ng mashq yaxlit, lekin past sur`atda va keyin borib odatdagidek sur`atda bajarish taklif etiladi.
Alohida mashqlarni tanlash va umumrivojlantiruvchi mashqlar majmuasini tuzishdan oldin bu mashqlar kimlarga mo`ljallanganligini va qanday maqsadda qo`llanilishini aniq bilish zarur. Chunki tanlanadigan mashqlarning mazmuni, ularning bu majmuada belgilanadigan vazifaga bog`liqdir. Umumrivojlantiruvchi mashqlar yordamida hal qilinadigan xususiy vazifalarga muvofiq badantarbiya mashg`ulotlari turli shakllarda ( ertalabki badantarbiya, jismoniy tarbiya daqiqalari, gimnastika darsi, atletika gimnastika va hokazo ) o`tkaziladi.
Mashqlar majmuasini tuzganda mashg`ulot o`tkaziladigan vaqt, shug`ullanuvchilarning yoshi, jinsi va jismoniy tayyorgarligi hisobga olinishi kerak. Hal qilinadigan vazifaga ko`ra, ularning soni gigienik gimnastika majmuasida 8 tadan 15 tagacha, ritmik gimnastika majmuasida 50-65 ta bo`lish mumkin.
Mashqlar majmuasini tuzganda ularni quyidagicha navbatlantirish:

  • Gavdani to`g`ri tutish, kerilib cho`zilish.

  • Qo`llarni aylantirish va siltash mashqlarini bajarish.

  • O`tirib turish.

  • Gavdani oldinga, orqaga, yon tomonlarga engashtirishlar va aylanma harakatlar bajarish.

  • Boshni yon tomonlarga, oldinga engashtirish va burish.

  • Tayanib yotgan holatda qo`llani bukib – yozish.

  • O`tirgan va yotgan holatlarda oyoqlarni ko`tarish.

  • Oyoqlarni oldinga, orqaga va yon tomonlarga siltash.

  • Turgan joydan yurish va yugurish tartibida navbatlashtirish maqsadga muvofiqdir.

Mashqlar majmuasidagi mashqlarni 4 – 8 martadan takrorlash, ya`ni kuchni rivojlantiruvchi mashqlarni asosiy ish bajaruvchi mushak guruhlarida toliqish sezilgunga qadar, qayishqoqlikni rivojlantiruvchi mashqlarni esa yengil – elpi og`riq sezguncha bajarish mumkin.
M avzu: Saf mashqlari; bir kishilik qatordan ikki kishilik qatorga saflanish.
Xarakatli o’yin.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsad: Saf mashqlari;bir kishilikqatordan ikki kishilik qatorga saflanish haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy maqsad:Dars jarayonida ahillik,o’zaro hurmat,vaziyatni to’g’ri baholay 0lish fazilatlarini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilar harakat sifatlari va harakat fazilatlarini tarbiyalash, chidamlilik va irodaviylikni tarbiyalash, kuchni tarbiyalash, malaka va ko’nikmalarini tekshirish
Dars jihozi: Sekundomer, hushtak, to’plar, to’siqlar, bayroqchalar, metr, sakrash anjomlari, arg’amchi, voleybol, futbol, basketbol to’plari va to’rlari. Ko’rgazma va boshqa kerakli jihozlar.
№ Dars mazmuni Miqdori Tashkiliy uslubiy ko’rsatmalar
O’quvchilarni saflash,bildirisishnoma qabul qilish, salomlashish, yo’qlama qilish,joyda turib burilishlar;o’ngga,chapga,orqaga yangi mavzu bayoni, yurish usullaridan;qo’llar belda oyoqni uchida yurish,tovonda yurish,oyoqlarni ichqi tomoni bilan yurish,oyoqlarni tashqi tomoni yurish ,yarim o’tirgan holda yurish,to’liq o’tirgan holda yurish,yurishdan yugirishga o’tish ,maydon bo’ylab ikki marta yengil yugurish va joyida harakatda (buyumlar bilan va buyumlarsiz) qo’l, elka kamari, bel oyoqlarga va umumiy tana uchun URM
O’quvchilar sog’ligi va formasiga e’tibor berish.
URM bajarayotganda ko’rsatmalar berib boorish
Tayyorlov qism 1-mashq D.X. oyoqlar elka kengligida qo'llar belda. 1 4ga chapdan o'nga qarab boshlarni aylantirish.
1 -4ga o’ngdan chapga qarab ayiantirish.
2-mashq D.X. qo'liar elkada. 1-4ga qollarni orqaga, 1- 4ga qo'llarni oldinga aylantiramiz.
3 – m a s h q D.X. qo’llar oldinda qaychi xolatda 1-2 almashtirib silkitish
4-mashq qo’llar belda 1-o’ng tomonga egilish 2 D.X. 3chap tomonga 4 D.X
5 mashq oyoqlar elka kengligidan kengroq qo’llarni 1 qo’llarni o’ng oyoqqa tekkizish 2o’rtaga 3 chap oyoqqa 4 D.X
6 m a s h q D.X. asosiy tik turish. 1 -ga qo'llar oldinga uzatilgan egilib oyoqlarga tekkizamis
4-mashq D.X. qo'llar bukilgan holatda ko'krak oldida. 1 -2 ga qollarni bukilgan holatda orqaga yoyamiz 3-4ga qo'llarni yoyib gavdani o'nga 8-16 marta
8-16 marta
8-16 marta
Asosiy qism tekizamiz.2 D.X 3-4 qaytarish
7-mashq.Qollar belda ong va chap oyoqda 20 martadan ikkala oyoqda 30 marttadan sakrashn .


Xulosa
Saf mashqlari; bir kishilik qatordan ikki kishilik qatorga saflanish.Xarakatli o’yin.
Bir kishilik qatordan ikki kishilik qatorga hamda Saf mashqlari; bir kishilik qatordan ikki kishilik qatorga qayta saflanish uchun o’quvchilar zal (maydoncha )ning o’rtasiga yetganda”o’rtadan yuring !”buyrug’i beriladi.O’qituvchi qator markazi orqali o’tib qarama-qarshi tomonning o’rtasiga yetganda uni to’xtatadi o’qituvchi “Chapga va o’nnga bittadan aylanib yuring!”buyrug’i berilganda qay tartibdsa qayta saflanish kerakligini tushuntiradi.Bunda birinchi raqamli o’quvchi o’ngga,uchinchi raqamli o’quvchi chapga o’tadi va hakazo. Qatorlar uchrashgach ,ular yana to’xtatiladi va o’quvchilarga “ikki kishilik markazdan yuring!”buyrug’i berilganda qanday yurish kerakligi tushuntiriladi.Qayta saflanish harakatlari yaxshi o’zlashtirilgandan so’ng o’qituvchi tushuntirish uchun ularni to’xtatib o’tirmay birdaniga buyruq
. beriladi”.-Chap va o’ngdan aylanib bittadan yuring!”-“Markazdan bitta qatordan yuring!”.Shunga o’xshash mashqlar bir kishilik qatordan to’rt kishilik qatorga o’tish va aksincha,saflanishda ham qo’llaniladi.
Xarakatli o’yin.”Qatorda koptok poygasi o’yini”sinf ikki guruhga bo’linadi,o’yin qatnashchilari ikkita qatorga turadilar.O’qituvchining ishorasi bo’yicha o’yinchilar koptokni zanjirga o’xshab ong tomondan uzatadilar.Oxirgi o’yinchi koptokni olib,o’ng tomondan yugurib borib qatorning boshida turiladi va yana to’pni o’ng tomondan uzatadi.O’yin boshlagan o’yinchi,qatorning oxiriga,oldiga turgan o’yinchi koptokni olib,yugurib borib qatorning boshiga turgandan keyin o’yin tugaydi.Koptokni uzatishni birinchi bo’lib tugatgan guruh g’olib bo’ladi.

Adabiyotlar





  1. Gimnastika va u’tish metodikasi. Jismoniy tarbiya oliygohlari uchun darslik. V.M.Smolevskiy taxririda. M., FiS.,1987.

  2. Gimnastika.Jismoniy tarbiya institutlari uchun darslik. U’zbek tiliga tarjima. A.I.efimenko.T., «U’qituvchi», 1982.

  3. Gimnastikaga oid atamalar. A.T.Brikin, M., FiS, 1987.

  4. Umum ta`lim maktablarining 1-9 sinf u’quvchilarini. Jismoniy tarbiyalash kompleks programmasi. «U’qituvchi», T.,2002.

  5. Gimnastika darsining samaradorligini oshirish usullari. Metodik qu’llanma. T.,1995.

Download 255.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling