Гимнастика спорт турлари назарияси ва услубияти кафедраси мавзу: gimnastika mashg'ulotining taminlash tizimi чирчиқ 2019 йил reja


Yetarli darajada baland ovozda gapiring, so‘ng takrorlang


Download 43.01 Kb.
bet12/29
Sana02.01.2022
Hajmi43.01 Kb.
#189990
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
Bog'liq
1.Gim mashg'ulot ta'minlash tizimi. 3kurs

Yetarli darajada baland ovozda gapiring, so‘ng takrorlang.

Hamma sizni eshitishi uchun buryruq ohangida (komanda) gapiring. Aniq, kuchli ovoz e’tiboni jalb qiladi va xurmatni oshiradi. Bo‘linuvchi va kuchsiz gap – bo‘shashtiradi. Sportchi bilan yakkama-yakka shaxsiy muammolar haqida gaplashganingizda ovozni yumshoqlashtirish mumkin va xatto to‘g‘ri bo‘ladi. Ammo sizning ko‘pchilik xabarlaringiz butun jamoaga tegishli, shuning uchun sizni yaxshi eshitishayotganligiga amin bo‘ling. Xursand ovoz sportchilarga ularning shug‘ullanishlari sizga yoqqanligini bildiradi va ularni ruhini ko‘taradi. Kichik ogohlantirish: o‘ta baland ovoz bilan oshirib yubormang, bu sportchilarni chiqishlardan chalg‘itadi.

Sizning ovozingiz har doim baland va aniq bo‘lishiga qaramay, bir martada ogngga o‘tirmaydi. Bo‘ to‘g‘ri, ayniqsa gimnastikachilar siz nimani gapirayotganingizni tushunmasalar. Zerikarli takrorlashlardan qochish va fikrni etkazish uchun uni biroz boshqacha shaklda ifodalang. Masalan, mashqni boshidan tushuntirganingizda o‘quvchilarga “Qo‘llar bilan ishlang!” iborasini qo‘llang. Agar ular tushunmagan bo‘lsalar, “qo‘llarni yuqoriga (bosh ustiga) ko‘taring!” deyish mumkin. Xabarning ikkinchi varianti, ehtimol birinchisida tushunmaganlarga etib boradi.

MURABBIYGA MASLAXAT: Sizga tanish va tushunarli terminlar, yodda tuting, sizning o‘quvchilaringizga mutloq noma’lum bo‘lishi mumkin, ayniqsa bu kichik yoshdagi yoki boshlovchi bolalar bo‘lsa. O‘quvchilarga mos so‘zlardan foydalaning. 12-14 yoshli bolalar “toaonlarni qo‘tar” yoki “oyoqlarni tarang horlda ushla” kabi iboralarni tushunadilar, 8-9 yoshli bolalarni esa biroz chalg‘itadi. Ayrim vaziyatlarda, o‘quvchilar so‘zni “ko‘rishi” va tushunishi, uning gimnastikaga qaday aloqasi borigini anglashlari uchun ularga nimalarnidir ko‘rsatish kerak bo‘lib qoladi.

Izchil bo‘ling.

Odamlar ko‘pincha bir narsani gapiradi, boshqani nazarda tutadi. Misol uchun sargazm notasi “barakalla” so‘zining ahamiyatini to‘liq qarama-qarshisini bildiradi. Ko‘chma ma’noli so‘zlardan foydalanmang, ya’ni ma’nosi yashirin. Sizning ovozingiz toni foydalanayotgan so‘zlaringizga mos kelishi kerak. O‘zingizga qarshi chiqmang, bo‘lmasa sizni noto‘g‘ri tushunishlari mumkin.

Yana siz doimiy terminologiyadan foydalanishga intiling. Ko‘pgina gimnastika terminlari bir hil yoki o‘xshash elementlarni anglatadi. Masalan, bitta murabbiy “qo‘llarda tik turish orqali orqaga dumbaloq oshish” teminini qo‘llashi, boshqasi esa “orqaga do‘mbaloq oshib qo‘llarda tik turish”ni ishlatadi. Mayli ikkalasi ham to‘g‘ri bo‘lsin, biroq izchil bo‘lish uchun murabbiylar shtabining barcha a’zolari mavsun oldidan bir hil terminlarni qo‘llashni kelishishlari va shartnomadan qochmaliklari.


Download 43.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling