Boshqa odamlar bilan xabarlashish.
Xabarlarni jo‘natish va qabul qilishdan, aks aloqani ta’minlashdan tashqari, murabbiyning ishi murabbiylar shtabi a’zolari, ota-onalar, muxlislar, xakamlar va raqib jamoa murabbiylari bilan o‘zaro munosabatlarni o‘z ichiga oladi. Agar siz bu odamlar bilan samarali muloqotga kirisha olmasangiz, sizning karerangiz noxush va uzoqqa cho‘zilmaydi.
Trenerlar shtabi.
Dastlabki mashg‘ulotni o‘tkazishdan oldin, murabbiylar shtabi bir yil oldinga uning har bir a’zosi majburiyatlari va rolini muxokama qilish uchun yig‘ilishlari kerak. Murabbiylar sonidan kelib chiqib, ularning majburiyatlarini turlichi bo‘lish mumkin. Masalan, bitta murabbiy qo‘shpoyalarda va tayanib sakrashda gimnastikachilar bilan ishga javob beradi, boshqasi esa – yakkacho‘pga va erkin mashqlarga. Bosh murabbiy jamoa uchun asosiy javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi, biroq yordamchi murabbiylar o‘z yo‘nalishida ish uchun kattaroq javobgarlikni olishi mumkin.
Mavsumoldi yig‘ilishda murabbiylar shtabi terminologiya, mashg‘ulotlar rejasi, musobaqalar kunini tashkil etish, mashg‘ulotlarda va turnirlarda muloqot usullari hamda tadbirlar jadvalini muxokama qilish kerak. Sizning shtabingiz murabbiylari yagona frontda chiqishlari va bir ovozda gaplashishlari lozim. Ularning barchasi murabbiylikka o‘xshash qarashlarga ega bo‘lishlari va gimnastikachilar, ularning ota-onalari va bir birlari bilan o‘zaro munosabatda bo‘lish strotegiyasini o‘tkazishlari kerak. Kelishmovchiliklarni gimnastika zalidan tashqarida muxokama qilish va har bir murabbiy shtab a’zolari bir to‘xtamga kelishlari uchun o‘z fiqrini ochiq bayon etishi kerak.1
Do'stlaringiz bilan baham: |