Гимнастика спорт турлари назарияси ва услубияти кафедраси мавзу: gimnastika mashg'ulotining taminlash tizimi чирчиқ 2019 йил reja


Download 43.01 Kb.
bet3/29
Sana02.01.2022
Hajmi43.01 Kb.
#189990
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
1.Gim mashg'ulot ta'minlash tizimi. 3kurs

JISMONIY TAYYORGARLIK

Gimnastikachilar o‘z darajalariga ko‘ra, etarlicha jismonan tayyor (yoki tayyorlanish) bo‘lishlari kerak. Ular muvofiq kardiorespirator chidamkorlik va mushak shakliga ega bo‘lishlar lozim.

Kardioresperator chidamkorlik – organizmni mushak qisqarishlari uchun kislorod zaxirasini samarali qo‘llash qobilyati. Sportchilar shakl olayotganda, ularning tanasi mushaklarga kislorodni ancha samarali etkazib beradi va karbonat angidrid va boshqa chiqindilarni chiqarib tashlaydi. Gohida gimnastika juda katta zg‘riqishni talab qiladi. Tengdoshlariga nisbatan uncha baquvvat bo‘lmagan yoshlar ortda qolmaslikka urinib tez-tez zo‘riqadilar, bu esa o‘z navbatida, engil bosh aylanishiga, ko‘ngil aynishiga, charchoq va jaroxatlanishlarga olib kelishi mumkin.

Shuni yodda tutishga harakat qiling, bolalar shug‘ullanishi, o‘qishi va roxatlanishlari kerak. Demak, gimnastikachilar mashg‘ulotning har bir bekatida faol, diqqatli va mashg‘ul bo‘lishlari kerak. Agar shunday bo‘lsa, ular mavsum davomida mashg‘ulotlarda qatnashib kardioresperator chidamkorlikni ancha yuqori darajasiga erishadilar. Biroq, past kardioresperator chidamkorlikka ko‘proq ahamiyat berish va gimnastikachilarga shakl olishda ortiqcha harakatlar qilishlariga ruxsat bermaslik kerak. Siz, o‘ta harsillagan ko‘rinishli yoshlarga jismoniy tayyorgarlikni yaxshilash uchun mashg‘ulotlardan tashqari shug‘ullanishlarini (nazorat ostida) maslaxat bera olasizmi?

Mushaklar shakli kuch, mushak chidamkorligi, quvvat, tezkorlik va egiluvchanlikni o‘z ichiga oladi. Fitnesning bu turi jismoniy etuklik hamda tayyorgarlikning turli usullariga bog‘liq. Sizning o‘quvchilaringiz mushak shaklida ko‘proq ancha katta tartibsizlikni namoyish qiladilar. To‘g‘ri shakldagi gimnastikachilar kam jaroxatlanadilar, agar jaroxatlansalar, unda qoida bo‘yicha ahamiyatsiz bo‘lishi mumkin. Jaroxatlanishdan keyin mushak shakli yaxshi sportchilar tezroq tiklanadilar.

MURABBIYGA MASLAXATLAR. Kichik yoshdagi sprtchilar qaerda pauza qilishni bilmasliklari mumkin, shuning uchun siz mashg‘ulot rejasiga majburiy tanaffuslarni kiritishingiz kerak. Bundan tashqari, mashg‘ulotlar vaqtida har doim qo‘l ostida suv bo‘lishi lozim. Hamma sportchilarda suyuqlikka bo‘lgan talab turlicha, agar suvga engil erishilsa, ular chanqoqni qondirish uchun mashg‘ulotlarda pauzani qisqartirib, zaruriyat tug‘ilganda ichiadilar.

Yaxshi shakl va jaroxatdan ogohlantirishning boshqa ikkita bo‘g‘imi – chigil yozdi mashqlari va o‘rnini bosuvchi mashqlar (zamimka). YOsh tana odatda juda egiluvchan bo‘lib, harakatsizlik tufayli ular qattiq bo‘lib qolishi mumkin. CHigil yozdi mashqlari har bir mushak guruhlariga etib borishi va og‘ir faoliyatga tayyorlash uchun yurak qisqarish chastotasini ko‘tarishi kerak. Gimnastikachilar engil yugkrish arqonda sakrashlar, engil sakrashlar va bo‘shashtiruvchi harakatlarni uyg‘unlashtirib 5-10 daqiqa chigil yozdi mashqlari bilan shug‘ullanadilar.mashg‘ulot oxiriga etganda yurak qisqarish chastotasini trusscha yugurish yoki yurish yordamida sekinlashtirish lozim. So‘ng kelgusi mashg‘ulot yoki musobaqagacha mushaklarni qotib qolishidan qochish uchun ularni besh daqiqa cho‘zilish mashqlari bilan shug‘ullanishlarini so‘rang.




Download 43.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling