MURABBIYNING MAJBURIYATLARI
Har qanday darajada shug‘ullantirish – koleso bajarish yoki orqaga salto ijro etishda sportchini straxovka qilishga o‘rgatishga nisbatan ancha katta ish. SHug‘ullantirish – sizga ishongan ota-onalar oldida juda katta javobgarlikni qabul qilishni anglatadi. Gimnastika murabbiyi bo‘lib, siz quyidagilarni bajarishingiz kerak:
Mashg‘ulotlar havfsizilini ta’minlashingiz kerak.
Gimnastika bilan shug‘ullanish havf-hatar bilan chambarchas bog‘liq. Murabbiy sifatida siz uni minimumga etkazishingiz kerak. Bunga erishish usullaridan biri bu – bino, snaryadlar va mashg‘ulot hamda musobaqalar uchun qo‘llaniladigan boshqa jihozlarni muntazam tekshirishingiz kerak. Havfsizlikni ta’minlash, nazorat va ta’lim, gimnastikachilarga texnika havfsizligi, ehtimoldagi havf-hatardan qochish yoki uzoqlashish, birinchi yordam vositalariga doimiy foydalana olish va favqulotda holatlarda harakat rejasiga ega bo‘lish to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib borishni ham nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |