Гимнастика спорт турлари назарияси ва услубияти кафедраси мавзу: gimnastika mashg'ulotining taminlash tizimi чирчиқ 2019 йил reja


Download 43.01 Kb.
bet14/29
Sana02.01.2022
Hajmi43.01 Kb.
#189990
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29
Bog'liq
1.Gim mashg'ulot ta'minlash tizimi. 3kurs

Yuz ifodasi.

Insonning yuz ifodasi – uning fikrlariga eng yaxshi kalit. Gimnastikachilar buni biladilar va ularga so‘zdan nimalarni aytishingizni topishga urinib sizning yuzingizni o‘rganishga kirishadilar. Mamnunlik bepavolik niqobini yuzingizga tortib, ularni ahmoq qilishga urinmang. Ular baribir uni ostiga yashirganingizni ko‘ralilar va sizga ishonmay qo‘yadilar.

Jiddiy, “tosh” yuz ifodasi bolalar kanday chiqish qilganliklari to‘g‘risida ularga kerak bo‘lgan imo-ishorani bera olmaydi. Agar bolalar bu bilan to‘qnashib qolsalar, unda ular sizni norozi yoki zerikayotgan deb o‘ylashadi.kulishdan qo‘rqmang. Murabbiyning kulgusi o‘ziga ishonmagan sportchiga yordam berishi mumkin. Bundan tashqari, u o‘quvchilarga siz ular bilan shug‘ullanayotganingizdan xursandligingizni bildiradi. Biroq o‘ta berilib ketmang, unda ular to‘g‘ri tushunmasliklari ham mumkin, haqiqatdan ham siz ularning harakatlaridan mamnunimisiz yoki sababsiz kulyapsizmi.

Tana tili.

Agar siz mashg‘ulotga boshigiz egilgan qomatingiz bukilgan va elkalaringiz osilgan holatda kirib kelsangiz o‘quvchilar nima deb o‘ylaydi tasavvur qiling. Balki sizni charchagan, zerikkan yoki kayfiyati yo‘q deb tushunishlari ham mumkin. Agar siz musobaqani qip-qizil yuz, siqilgan iyaqlar va beldagi qo‘llar bilan kuzatsangizchi? Unda ulardan, xakamlardan yoki muhlislardan jaxlingiz chiqayotganligini, ehtimol, hammasi yoki ulardan ayrimlaridan degan o‘y gimnastikachining hayoliga keladi. Siz ularda bu kabi tassurot qoldirishni istamaysiz. Mana shuning uchun siz mexribon, ishonchli va kuchli ko‘rinishingiz kerak.



MURABBIYGA MASLAXATLAR: Siz murabbiysiz va tana tiliga e’tibor berishingiz kerak. Barcha yoshdagi sportchilar sizning adatlaringiz va harakatlaringizni takrorlaydilar, shuning uchun siz o‘quvchilar uchun yaxshi na’muna bo‘lishingiz lozim.

Jismoniy aloqa – tana tilining muhim qismlaridan biri. “Besh tashla” boshini silab qo‘yish yoki elkalaridan quchib qo‘yish – o‘quvchilarga mamnunlik, qayg‘urish, sevgi va xursandchilikni bildirishning eng yaxshi usullari. YOshlar ayniqsa bu kabi noog‘zaki xabarlarga muxtojdirlar. Baribir, umum qabul qilingan odob-ahloq va qonunlar doirasida qoling, lekin jismoniy aloqa vositasida ifodalanishi mumkin bo‘lgan xabarlarni uzatib qayg‘urayotkaningizni ko‘rsatishdan uyalmang. YOdda tuting, “Besh tashla” taklifi har doim qabul qilinadi va har dom o‘rnida.




Download 43.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling