Aks aloqani taqdim etish.
SHu vaqtgacha biz xabarlarni jo‘natish va qabul qilishni alohida-alohida muxokama qildik. Gapirayotgan va tinglayotgan suxbat davomida bir necha bor o‘rin almashishini bilamiz. Bir kishi boshqasiga xabarlarni jo‘natib muloqot qilishni boshlaydi, u esa o‘z navbatida ularni qabul qiladi. So‘ng tinglayotgan dastlabki xabarlarga javob qaytarib, jo‘natuvchiga aylanadi. Bu kabi og‘zaki va noog‘zaki reaksiyalarni aks aloqa deb ataladi.
Gimnastikachilar sizdan aks aloqani doim kutadi. Sizga ularning chiqishlari yoqyaptimi, ularning fikrlariga qo‘shilasizmi va ularning intilishlaridan mamnunmisiz bilishni istaydilar. Siz turlicha javob berishingiz mumkin va sizning javobingiz o‘quvchilarga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Hammadan yaxshisi ular ijobiy aks aloqaga e’tibor beradilar.
Gimnastikachilar yaxshi chiqish qilsalar yoki o‘zlarini yaxshi tutsalar ularni maqtash – ularni shunday holatni takrorlashga (yoki takrorlashga urinib ko‘rish) majbur qilishning eng samarali usuli. Harakatlarga ijobiy reaksiya, ayniqsa yoshlarni murakkab elementlar ustida ishlashlariga undaydi. SHunday qilib, ginastikachilarga qilgan xatolari uchun baqirib, ularga sa’biy aks aloqa qilish o‘rniga, siz ular nimani yaxshi bajarganligi va nimani yanada yaxshilash kerakligini tushuntirib ijobiysini taklif qiling. Gohida sizni reaksiyangizni ifodalovchi usul, uni pozitivga aylantiradi. Masalan, “qo‘nayotganingda qadam tashlama” o‘rniga “Oyoqlarni biroz bukib qo‘n. Ko‘krakni baland ko‘tar, qo‘llar esa – ko‘krak darajasida” iborani ishlatishingiz mumkin. O‘shanda gimnastikachilarnimani qilish mumkin emas, nimani qilish kerakligiga e’tibor beradilar.
Idobiy aks aloqa og‘zaki yoki noog‘zaki bo‘lishi mumkin. YOsh sportchiga , ayniqsa jamoadosh o‘rtoqlari oldida u yaxshi chiqqanligini aytish – uni o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustaxkamlash uchun eng yaxshi usul. Elkasiga urib qo‘yish yoki “besh tashla” taklifi esa gimnastikachining chiqishini siz yaxshi baholaganingiz to‘g‘risida xabar qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |