Gimnastika (yun gymnastike mashq qilaman) jismoniy mashqlar tizimi, jismoniy
Download 393.23 Kb. Pdf ko'rish
|
Gimnstika
Gimnastika (yun. gymnastike mashq qilaman) — jismoniy mashqlar tizimi, jismoniy tarbiyaning muhim turi. Kishilarning jismoniy jihatdan har tomonlama oʻsishiga va salomatligini mustahkamlashga, epchil, chaqqon, harakatchan boʻlishiga yordam beradi. Gimnastika oʻz vazifalari, xususiyatlari va metodik usullariga qarab quyidagi turlarga boʻlinadi: asosiy Gimnastika (gigiyenik va atletik gimnastika b-n birga), gimnastikaning amaliy turlari (shu jumladan ishlab chiqarish gimnastikasi), sport gimnastikasi, badiiy gimnastika va sport akrobatikasi.
Gimnastika mashqlari Yunonistonda jismoniy tarbiya tizimiga kirgan, yoshlarni Olimpiada oʻyinlariga tayyorlash vositasi boʻlib xizmat qilgan. 18-asr oxiri — 19-asr boshlaridan Yevropa mamlakatlarida turli gimnastika asboblarida mashqlar bajarish, 19-asr 2-yarmidan esa musobaqalar oʻtkazish rasm boʻladi. 1896-yildan gimnastika Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritildi (1928-yildan ayollar musobaqalari oʻtkaziladi). 1903-yildan erkaklarning, 1934-yildan ayollarning jahon birinchiligi oʻtkaziladi. Oʻzbekistonlik sport gimnastikachilari K. Joʻrayev, T. Karimov, E. Gʻiyozov, G. Gʻiyozov, T. Ibrohimov, Sh. Xonkeldiyev, A. Otaxonovlar turli musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashganlar. Oʻzbekiston gimnastikachilaridan G. Shamray ilk bor olimpiada chempioni unvoniga sazovor boʻldi (1952, Xelsinki). Oʻzbekistonlik S.Diomidov 18- va 19-Olimpiada oʻyinlarida sovrinli oʻrinlar oldi. Elvira Saadiy esa Myunxen olimpiadasining oltin medali (1972) va jahon chempioni unvoni (1974) bilann taqdirlandi. Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolaridan Oksana Chusovitina, R. Galiyeva katta shuhrat qozondil ar
Badiiy gimnastika – sport turi, buyum (tasma, koptok, halqa, argʻamchi) bilann va usiz turli nafis gimnastika va raqs mashqlarini musiqa ostida bajarish boʻyicha ayollar musobaqalari.
Xalqaro sport musobaqalarining hozirgi zamon dasturida koʻp kurash (bitta majburiy va buyumlar bilann uchta erkin mashqlar) hamda buyum bilan guruh boʻlib erkin mashqlari mavjud. Gʻoliblar koʻp kurashda, alohida va guruh boʻlib bajariladigan mashqlarda aniqlanadi. Sportchilarning mashqlari 10 balli tartib boʻyicha baholanadi. 40-yillardan badiiy gimnastika musobaqalari oʻtkazila boshlandi. 50-yyillar oxirida Xalqaro gimnastika federatsiyasi (FIJ) badiiy gimnastikani sport turi sifatida tan oldi. 1963-yildan toq yillari jahon chempionatlari oʻtkazilmoqda, 70-yillar boshidan Intervideniye Kubogi uchun yirik xalqaro musobaqalar tashkil qilinmoqda. 1984-yildan Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan.
Oʻzbekiston badiiy gimnastikachilari terma jamoasi 1991-yil Simferopolda oʻtgan ittifoq chempionatida 1-oʻrinni oldi. 1996-yil Osiyo chempionati (Xitoy)da, 1997-yil jahon chempionati (Germaniya)da ishtirok etdi (terma jamoa bosh ustozi A. Malkina, xoreograf V. Vasilyev, jamoa aʼzolari I. Zamyatina, T. Budarina, F. Sharipova, L. Meshcheryakova).
Akrobatika (yun. akrobotes —oyoq uchila yuraman, yuqoriga chiqaman)— 1) gimnastika shaklidagi jismoniy mashqlar turi. 2) sakrash, sport uskunalariga tayanib yoki ularsiz muvozanatni saqlab bajariladigan, kuch, epchillik namoyish qilinadigan va boshqa maxsus jismoniy mashqlar majmuasi, sport turi. Sport Akrobatikasi 20-asrning 30- yillarida paydo bo‘ldi. Bu sport turida sakrash mashqlari quyidagicha bajariladi: aylanishlar, do‘mbaloq oshishlar, salto. Bu harakatlarni bajarganda sportchi avvalo o‘z muvozanatini, so‘ng sheriklarining muvozanatini saqlashi zarur.
'Sport gimnastikasi' - sportning asosiy turlaridan biri. Ayollar va erkaklarning maxsus gimnastika anjomlari (snaryadlari)da va e in mashklar boʻyicha oʻtkaziluvchi musobaqalarni oʻz ichiga oladi. Katta jismoniy kuch, chaqqonlik, qoʻrqmaslik, harakatlarni muvofiqlashtirishda aniqlikni talab etadi. Zamonaviy S.g .ga 19-asr boshida nemis mutaxassisi F.L.Yan (F.L.Jahn) asos solgan. 1973 y. Xalqaro olimpiada qoʻmitasi tasdiqlagan zamonaviy S.g . dasturiga erkaklar oʻrtasida (erkin mashqlar, otda, halqalarda bajariladigan mashqlar, tayanib sakrash, muvoziy (parallel) qoʻshpoyada va yakkachoʻpda bajariluvchi mashklar) hamda ayollar oʻrtasida (tayanib sakrash, xodada, har xil balandliqsagi qoʻshpoyada bajariladigan va erkin mashklar) oʻtkaziladigan shaxsiy va jamoa birinchiliklari kiradi. Har bir mashqda majburiy (Xalqaro S.g . federatsiyasi tomonidan belgilanadigan) va erkin (rasmiy talablarni inobatga olib sportchilarning oʻzlari tuzadigan) kompozitsiya boʻladi. Mashklarning bajarilishi 10 balli tizim asosida baholanadi. Xalqaro S.g . federatsiyasi FIJ (1881 y. tuzilgan)ga 100 dan ortiq mamlakat aʼzo. 1896 yildan Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan, 1903 yildan jagʻon chempionatlari oʻtkazib kelinadi. Oʻzbekistonda S.g . keng rivojlanib bormoqda. Respublikada mazkur sport turiga ixtisoslashgan 7 ta bolalar va oʻsmirlar sport maktablari mavjud boʻlib, ularda 70 nafardan ziyod murabbiy 1000 dan ortiq oʻgʻilqizga ustozlik qiladi. Xalqaro toifadagi sport ustalari O. Chusovshpina, A. Gordeyeva 2004 y. Afinada boʻlib oʻtadigan 28yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etish uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritdilar. Xalqaro toifadagi sport ustalari A. Fokin, A. Markelov, Oʻzbekiston sport ustalari F. Xoʻjayev, A. Ninkova, B. Gayfulina, N. Jalilova, S. Akopyans, K. Hasanov, I. Rahmatov, R. Osimov, I. Ponamarev va boshqa mamlakatimiz hamda xorijda oʻtkazilayotgan yirik musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashib keladi. Download 393.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling