Gipertoniya kasalligi reabilitatsiyasida
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
DJT. Gipertoniya
Gipertoniya kasalligi reabilitatsiyasida qo'llaniladigan davolash kompleksi
• Gipertoniya kasalligida DJT. Gipertoniya kasalligi periferik qon tomirlarning torayishi natijasida arterial qon bosimining ko‘tarilishi bilan boradi. DJT tavsiya etilganda tomirlarning reaktivligiga normallashtiruvchi ta'sir etib, tomirlar tonusining pasayishiga olib keladi.
Qarshi ko‘rsatmalar : arterial bosimning 210/120 mm.sim.ust. va undan yuqori bo‘lishi;
gipertonik kriz; tez-tez bo‘ladigan ekstarsistola;
paraksizmal taxikardiya. DJTning vazifalari:
-tomirlar torayishini kamaytirish; -bosh miya po‘stlog‘ida qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarini normallashtirish;
-MNS, endokrin, yurak-qon tomir va boshqa sistemalarning korrelyativ faoliyatini yaxshilash;
-buzilgan qon tomir regulyasiyasini normallashtirish; -vestibulyar apparatining buzilgan funksiyasini normallashtirish;
-bemorlarning ruhiy-emotsional holatini yaxshilash; -moddalar almashinuvini yaxshilash;
-organizmni berilayotgan jismoniy yuklamalarga moslashtirish. • Davolovchi gimnastik muolajada jismoniy mashqlar ritmik hholatda sekin sur'atda, bo‘g‘imlarda katta amplitudali harakat bilan bajariladi. Mashg‘ulotning birinchi kunlarida individual, bemorning holati yaxshilanishi bilan kichik guruh va guruh holatlarida o‘tkaziladi. Muolaja kursining 1-yarmida (3-5 kun) DJT o‘tirgan va yotgan (krovatning bosh qismi ko‘tarilgan) dastlabki holatlarida o‘tkaziladi. Muolaja davomida kichik mushak guruhlariga, ideomotor (insultga xos o‘zgarishlar kuzatilganda), nafas mashqlari va bo‘shashtiruvchi mashqlar tavsiya etiladi. Bemorlarga statik mashqlar tavsiya etilmaydi. Davolashning 2-yarmida (6-8 kun) asosan o‘tirgan va turgan dastlabki holatlaridan foydalaniladi, muolaja davomida koordinatsiyaga, muvozanatga, bo‘shashtiruvchi, nafas – diafragmal, fiziologik mashqlar tavsiya etiladi. Koordinatsiyaga quyidagi mashqlar tavsiya etiladi – gimnastik snaryadlarni o‘ynatish, qiyinlashtirilgan yurish, qo‘llarning mos harakatiga asoslangan mashqlar (qo‘llar bilan bir vaqtning o‘zida bosh va qornini silash) berilishi mumkin. Muvozanatga mashqlar bajarilayotganda avval tayangan, keyin tayanmagan holatda bajariladi. Tavsiya etiladigan dinamik mashqlar gimnastik tayyoqcha, meditsinbol, sog‘lomlashtiruvchi narvonlar bilan bajariladi. Muolaja vaqtida bosh va tana uchun katta amplitudali keskin va tez bajariladigan harakatlar tavsiya etilmaydi (egilish, aylanish), shuningdek uzoq vaqt davom etuvchi statik kuchlanishli mashqlar berilmaydi. Muolajaning tugallanish qismida bo‘shashtiruvchi mashqlar tavsiya etiladi. Davolovchi gimnastik muolajadan tashqari ertalabki badan tarbiya, me'yorli yurish, sayr etish, terrenkur, yaqin turizm, sog‘lomlashtiruvchi yugurish shakllari, suzish, eshkak eshish, o‘yinlar – badminton, tennis, voleybol, trenajerlarda mashqlar, bosh va yoqa sohalarining massaji kabi vositalar tavsiya etiladi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling