Gipo va lot oxygenium kislorod, an oksiya, kislorod tanqisligi


Download 51.5 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.03.2020
Hajmi51.5 Kb.
background image
B…

Qidir


Gipoksiya

Gipoksiya (gipo... va lot. oxygenium —

kislorod), an oksiya, kislorod tanqisligi —

organizmda yoki ayrim aʼzo va

toʻqimalarda kislorod yetishmasligi yoki

qabul qilinishining buzilishidan kelib

chiqadigan kasallik holati. G. nafas

olinayotgan havoda kislorod

yetishmaganida (mas, balandlikka


background image
koʻtarilganda), yer ostida ishlaganda,

nafas yoʻllariga yot jismlar tiqilib

qolganda, bronxlar spazmida va b.

hollarda roʻy berishi mumkin. G. juda koʻp

kuzatiladi va turli-tuman nosogʻlom

(patologik) jarayonlar asosini tashkil

etadi. G. oʻtkir, bir lahza (oniy) hamda

surunkali boʻlishi mumkin. Yengil G.da

ham xuddi mastlikka oʻxshash qoʻzgʻalish

holati, oliy nerv faoliyati, yurak va nafas

sistemasida sezilarli oʻzgarishlar sodir

boʻladi. Birdan roʻy bergan G.da bosh

ogʻrigʻi, bosh aylanishi, koʻngil aynishi,

yurak va nafas faoliyatining izdan chiqishi

kuzatiladi. Hatto qisqa muddat bosh

background image
miyaning kislorod bilan taʼminlanmasligi

ogʻir oqibatlarga olib kelishi ham mumkin.

Oʻtkir G. koʻp qon yoʻqotilganda, miokard

infarq-mujxa va b. ogʻir holatlarda,

shuningdek, qonning toʻqimalarga

kislorod tashish xususiyati buzilishiga

olib keluvchi is gazi bilan zaharlanganda

roʻy beradi. Surunkali G. yurak

faoliyatining zaiflashishi va

toʻqimalarning qon bilan

taʼminlanmasligiga sabab boʻladigan

yurak poroklari, kardioskleroz kasalligida

paydo boʻlishi mumkin. Baʼzi vitaminlar

yetishmasligi ham G.ga sabab boʻla

oladi. G.ning oldini olish uchun unga

background image
chidamlilikni oshiradigan maxsus

mashgʻulotlar olib boriladi. Davo asosan

G.ga sabab boʻlgan omillarni bartaraf

etishdan iborat.

OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Tibbiyotga oid ushbu maqola chaladir. Siz

uni boyitib, Vikipediyaga yordam

berishingiz mumkin.

Adabiyotlar


background image
  So‘nggi tahrir 5 oylar avval IluvatarBot tomonidan amalga oshirildi  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).


"

https://uz.wikipedia.org/w/index

.php?

title=Gipoksiya&oldid=2055781



dan olindi 



Download 51.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling