Qo’llanilishi: GB (xafaqonlik) va uning ҳurujlarida (kriz). Preparat Qo’llashni to’xtatish asta-sekin amalga oshiriladi, chunki bekor Qilish sindromi rivojlanadi (uyQusizlik, gipertenziv kriz).
METILDOFA– organizmda α-metilnoradrenalinga aylanadi, u esa klofelinga o’xshab MNSdagi α-adrenoresteptorlarni Qo’zG’atadi va Qon bosimini boshqarishda ishtirok etuvchi neyronlar faolligini susaytiradi. Metildofa MNSga tinchlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi va uyQu chaqiradi. MITdan ichilganda, preparatning 50%gachasi so’riladi.Gipotenziv ta’siri 4-5soatdan so’ng boshlanib, bir sutkagacha davom etadi.OGir ҳollarda metildofani tomir orQali kiritish mumkin.Odatda metildofani bemorlar yaxshi Qabul Qiladilar, lekin ba’zan depressiya, parkinsonizm, dispepsiya, ogiz Qurishi kabi noxush ta’sirlar rivojlanishi mumkin.Kamdan-kam ҳollarda agranulostitoz, trombostitopeniya, gemolitik anemiya bo’ladi.
APRESSIN – diazoksid va minoksidilga o’xshab, asosan rezistiv tomirlarni (arteriolalarni) va mayda arteriyalarni kengaytiruvchi vositalarga kiradi. Preparat periferik tomirlarning umumiy Qarshiligini va Qon bosimini pasaytiradi. Preparat reflektor taxikardiya chaqiradi.MITdan yaxshi so’riladi.Ta’sir kuchi 1 soatdan keyin eng yuQori bo’ladi.So’rilgan apressinni 80-90% oqsillar bilan boglanadi.Organizmda astetillanadi.
Noxush ta’siri: dispepsiya, revmatoid artrit va Qizil bo’richa kabi o’zgarishlar.
DIAZOKSID– preparat arteriolalar tonusini tushiradi.Yurak ishini susaytiradi. Tomirga kiritilgandan keyin tez va kuchli darajada Qon bosimini tushiradi. Ta’siri 12-18soat davom etadi.Xafaqonlik xastaligi ҳurujini bartaraf etishda Qo’llaniladi.
Noxush ta’siri: Na+ionlarini va suvni organizmdan chiqarilishini susaytiradi. Giperglikemiya, giperurekimiya rivojlantiradi.
MINOKSIDIL – diazoksidga o’xshab, tomirlarning silliq mushaklari kaliy kanallarining agonisti xisoblanadi.Venalarga kam ta’sir etadi. Periferik tomirlarning umumiy Qarshiligini kamaytiradi, taxikardiya va yurakning minutlik ҳajmini oshiradi. MITdan yaxshi so’riladi (90%), ko’p Qismi (90%) jigarda parchalanib, o’ziga nisbatan farmakologik faol metabolitlar ҳosil bo’ladi.Ta’siri 30 minutdan keyin boshlanadi.Metabolitlari asosan (97%) peshob bilan chiqadi(24- 48 ba’zan 75soat). Plastentadan o’tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |