Giroskop nima va u qayerda ishlatiladi?


Download 34.14 Kb.
bet2/2
Sana03.10.2023
Hajmi34.14 Kb.
#1690937
1   2
Bog'liq
Giroskop nima va u qayerda ishlatiladi

GIROSKOP
GIROSKOP (giro… va…skop) — aylanish oʻqi fazoda oʻz yoʻnalishini oʻzgartira oladigan tez aylanuvchi qattiq jism. Aylanish oʻqi fazoda erkin aylana olishi uchun Giroskopni kardanli osmaga mahkamlab qoʻyish kerak (q. Kardanli mexanizm). Osma markaziga nisbatan Giroskop istalgan yoʻnalishda burilishi, uning aylanish oʻqi doiraviy konussimon sirt yasab harakatlanishi (q. Pretsessiya) mumkin. Keyingi xususiyati navigatsiya asboblari — girokompas, girovertikal va b. ga asbob qilib olingan. Giroskopning har qanday holda ham fazoda oʻz oʻqi yoʻnalishini oʻzgarishsiz saqlay olishi xossasidan samolyot, raketa, dengiz kemalari, torpedolar va b. harakatini avtomatik tarzda saqlash uchun foydalaniladi (mas, avtopilot). Kemalarda matroslarning osma toʻrkrovatlari Giroskop xossasiga asoslangan (kema qanchalik chayqalmasin matroslar bemalol uxlab ketishaveradi). Samolyotning kursdan ogʻganligini aniqlaydigan asbob yoʻnalish Giroskopi, yaʼni giropolukompas deb ataladi. U avtopilotlarda qoʻllaniladi.
Download 34.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling