Gistidin va uning xossalari


Gistidin- a- amino- β –imidazolilpropion kislota-Gis


Download 315.49 Kb.
bet4/5
Sana05.01.2022
Hajmi315.49 Kb.
#217939
1   2   3   4   5
Bog'liq
xo`jamov murod

Gistidin- a- amino- β –imidazolilpropion kislota-Gis

Aminokislotalarning umumiy xossalari Aminokislotalar xossasidan shuni takidlab o’tish kеrakki, ular amfotеr elеktrolitlar hisoblanadi va karboksil hamda aminoguruhlarning dissotsiatsiyasi hisobiga eritmada ionlashgan holatda bo’ladi. Aminokislotalarning alfa holatidagi funktsional guruhlari dissotsiatsialanadi. Tabiiy oqsillar tarkibidan ajratib olingan aminokislotalar asosan oq kristall moddalar bo’lib, odatdagi haroratda quruq holatda turg’indir. Ularning suvli eritmalari qisqa muddatda 100–200°C qizdirilganda buzilmaydi. Tеng miqdorda karboksil va aminoguruhi bo’lgan aminokislotalar elеktronеytral bo’ladi, biroq kislotali muhitda /karboksil guruhini dissotsiatsiyasi bartaraf qilinganda/ kationlar, ishqoriy muhitda esa anionlar bo’lib qoladi. Aminokislotalar suvdagi eritmalarida bir vaqtning o’zida ham musbat, ham manfiy ionlangan bo’lishi mumkin. Ularning bunday holati «svittеr-ion» dеb ataladi. Aminokislotalar ma’lum dipol holatiga ega.

СОО- R- CH NH3 + Aminokislotalarning eng muhim xossalaridan yana biri kristall holatida molеkulalari o’rtasida vodorod bog’lar mavjud bo’lishidir. Bu xodisa oqsillar strukturasining tashkil topishida muhim ahamiyatga ega. Tabiiy oqsillar tarkibida uchraydigan aminokislotalarning eng muhim xususiyati ularning amino guruhi /NH2/ doim a- holatida bo’lshidir. Agarda ikkita amino guruh bo’lsa, odatda ikkinchi aminoguruh har doim uglеrod zanjirining oxirida kеladi, bunga lizin, ornitin misol bo’ladi. Oqsil tarkibiga kiradigan aminokislotalar L–qator aminokislotalar hisoblanadi. L-Glitsin asimmetrik C–atomi bo’lmagani uchun optik faol emas. Glitsin muhim birikmalar: nuklein kislotalar, glutation, jift o’t kislotalarining sintezida, shuningdek benzoat kislotani zararsizlantirishda ishtirok etadi. L-Alanin dezaminlanishidan pirouzum kislota hosil bo’ladi. Organizmda - a – alanindan tashqari, β – alanin ham uchraydi, u muskulning ekstraktiv moddalarini, koenzim A ni, vitaminlardan pantotenat kislotaning tarkibiga kiradi. L-Serin sut oqsili – kazeinda ko’p miqdorda uchraydi. Moddalar almashinuvi jarayonlarida serinning fosforli efiri – fosfoserin ishtirok etadi.

L-Treonin almashmaydigan aminokislotalarga kiradi. L-Sistein oltingugurt tutuvchilardir. Molekulasida sulfgidril –SH guruhining bo’lishi unga oson oksidlanish va nurdan zararlanishda, mishyak, fosfor va boshqa zararli moddalardan zaharlanganda paydo bo’ladigan yuqori oksidlanish qobiliyatiga ega bo’lgan moddalardan organizmni himoya qilish qobiliyati mavjud. Oqsillarning uchlamchi qurilishida uchraydigan disulfid bog’ining –S-Sbo’lishidir. L-Metionin oson harakatchan metil guruhining bo’lishi bilan harakterlanadi. Ushbu guruhlar jigarning lipidli infiltratsiyasining oldini oluvchi lipotrop faktor – xolin, muskullarning ekstraktiv moddalari – kreatin, DNK ning tarkibiy qismi – timin, gormon – adrenalinning sintezida ishlatiladi.

L-Valin odam organizmida sintezlanmaydi, shuning uchun ovqat bilan kiritilib turilishi zarur.

L-Leysin oqsilning biosintezi uchun ishlatiladi. L-Glutamat va L-Aspartatlarning ahamiyati katta. Ular oqsilning biosintez jarayonlarida, ammiakni zararsizlantirishda, shu bilan bir qatorda miyada, boshqa aminokislotalarning hosil bo’lishida ishtirok etadi. Hosilalari - a – ketoglutarat va oksaloasetat esa energiya almashinuvidagi muhim substratlar hisoblanadi. Glutamatning hosilasi - γ –amino moykislota nerv sistemasidagi tormozlanish jarayonida ishtirok etadi. Glutamatning natriyli tuzi oziq ovqat sanoatida ovqat mahxsulotlarinig tamini yaxshilash uchun keng qo’llaniladi. Bu ikki aminokislota qon zardobidagi transaminazalarning faolligini (substrat sifatida) aniqlash uchun qo’llaniladi.

L-Lizin odam organizmida sintezlanmaydi, shuning uchun ovqat bilan doino kiritilib turilishi zarur. Lizinning yetishmasligi oqsil biosintez jarayonini buzilishiga, o’sishning to’xtashiga olib keladi.

L-Arginin oqsil sintezida ishtirok etadi. Organizimda ammiakni zararsizlantiradigan asosiy yo’l mochevinaning biosintez jarayonidagi komponentlaridan biri bo’lib hisoblanadi

L-Fenilalanin odam organizmida sintezlanmaydi, shuning uchun ovqat bilan kiritilib turilishi zarur. Oqsilning biosintezida ishtirok etadi.

L-Tirozin oqsillar biosintezda, bir qator gormonlar: qalqonsimon bez gormoni- tiroksinni, buyrak usti bezlari miya qavati gormonlari – adrenalin va noradrenalin va boshqalarning old moddalaridir.

L-Triptofan odam organizmida sintezlanmaydi, shuning uchun ovqat bilan kiritilib turilishi zarur. Oqsillar biosintezida, vitamin PP, nerv impulslarini o’tkazishni yengillashtiruvchi biogen amin – serotonin, tomirlarni toraytiradigan modda – triptamin va boshqalarning hosil bo’lishida ishtirok etadi.

L-Gistidin oqsil biosintezi va tomirlarni kengaytiruvchi hamda oshqozonda HCl sekretsiyasini oshiruvchi biogen amin – gistaminning hosil bo’lishi uchun ishlatiladi.



Xulosa.

O’zbekistonda akademik  S.Yu.Yunusov shogirdlari tomonidan oqchangal o’simligidan ajratib olingan nitrarin guruhi alkaloidlarini keltirish mumkin. Ularning birinchi vakili nitrarin(XXVI) yangi geterosiklik sistemaga ega bo’lib, o’z tarkibiga uch azot atomi va dimetilen ko’prikchasini kiritadi. Uni tuzilishini isbotlashda kimyoviy usullardan selen bilan degidrogenlash reaksiyasi samarali qo’llanilgan. Reaksiya mahsulotlarining tuzilishidan kelib chiqib, nitrarinning tuzilishi tiklangan. Fazoviy tuzilishini aniqlash uchun RSA usuli qo’llanilgan. Nitrarin C20H25N3 tarkibga ega bo’lib, optik aktivlikka ega emas. S.h. Nitrarin alkaloidi uchun 14,21-etano-16-azaioximban yoki geksagidropirido [2,3:1,4] 1,2,3,4,6,7,12,12b-oktagidroindolo [2,3-a] xinolizin tuzilishi berilgan. Rentgen spektrini olish uchun С20H25N3 2HCI  H2O monoklin kristallari olindi. Nitrarin dixlorgidratida aktiv vodorod atomlari vodorod bog’lanishni hosil qiladilar Halqalarni konformasiyasiga to’xtaladigan bo’lsak, AB indol sistemasi С-3 va С-6 atomlari bilan deyarli yassi tuzilishga ega. C tetragidropiridin halqa kuchli chetlanishli konformasiyaga ega bo’lib, shartli ravishda yarim kreslo sifatida qaralishi mumkin. Azatriptitsen sistemasidagi qo’shimcha dimetilen ko’prikcha hisobiga DFG halqalar faqat qayiq konformasiyasiga ega bo’ladilar. Chekkadagi E halqa triptitsen sistemasi bilan kondensatlanishi natijasida qayiq yoki yarimkreslo konformasiyasini oladi. Nitrarinda E halqa qayiq konformasiyasiga egadir. Aromatik bog’ni o’rtacha uzunligi 1.39 A0; C-C oddiy bog’ni uzunligi 1.53 A0; N-1 atomi uchun N-C bog’ni uzunligi 1.37A0 ; N-4 va N-16 uchun N-C bog’ni o’rtacha uzunligi 1.53A0 ni tashkil etadi. Bu qiymatlar va vodorod bog’larni taqsimlanishi dixlorgidratda N-4 va N-16 atomlarini protonlanganini ko’rsatadi.




Download 315.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling