Gistologiya javoblari
Download 154.37 Kb.
|
Gistologiya javoblari
Effektor nerv oxirlari. Neyroneffektor sinasplar h a r a k a t l a n t i r u v c h i va sekretor turlarga bo`linadi. Ularning presinaptik qismi bo`lib effektor neyronning aksoni, post-sinaptik qismi bo`lib esa mushak tolasi, silliq mushak hujayralari yoki bez hujayralar hisoblanadi. Effektor nerv oxirlari ( teriuatio neuromuscularis ) ichida harakatlantiruvchi yoki motor nerv oxirlari yaxshi o`rganilgan
Ular somatik yoki vegetativ nerv sistemasidagi neyronlar neyritlarining oxirgi apparatlari bo`lib, nerv impulslarini bevosita ishchi organlarga yetkazib beradi. Harakatlantiruvchi tanacha nerv o`q silindrining oxirgi tolalaridan va mushak tolasining o`zgargan mos qismlaridan tashkil topgan (104-rasm). Miyelinli nerv oxiri mushak tolasiga yetib kelgandan so`ng miyelin qavatini yo`qotadi, mushak sarkolemmasiga botib kiradi. Mushak tolasida o`q silindr bir-necha mayda oxirgi tolalarga tarmoqlanadi va ko`p miqdorda mitoxondriyalar va pufakchalar saqlovchi sinaptik qismni hosiya qiladi. Nerv tolasining mayda tarmoqlari mushak to`qimasining sarkolemmasi bilan o`raladi. Mushak tolasining sarkolemmasi. postsinaptik qismni hosil qilib, u va presinaptik qism (aksolemma) orasida sinaps bo`shlig`i (yorig`i) hosil bo`ladi. Bu bo`shliqdan ikkilamchi sinaps yoriqlari radial holatda turli tomon-ga yo`naladi. Ikkilamchi yoriqlar postsinaptik qismning (sarkolemmaning) burmalari hisobiga hosil bo`ladi. Nerv tolasi bo`yicha tarqalgan impuls ta’sirida sinaptik pufakchalardagi mediator sinaptik bo`shlig`iga chiqadi va postsinaptik qismda depolyarizatsiya hosil qiladi. Nerv impulsi ko`ndalang-targ`il mushak bo`ylab tarqalishida mushak tolasining T-sistemalari muhim o`rin tutadi. Effektor nerv oxirlariga silliq mushak hujayrasida (yoki hujayralarida) tugaydigan nerv oxirlari va sekretor nerv oxirlari ham kiradi. Sekretor nervlar bez oxirgi bo`limlaridagi sekretor hujayralarning bazal membranasi sohasida tugaydi) (terminatio neurosecretoris) Download 154.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling