Giyohvandlik umr zavoli Mundarija: Kirish I bob. Giyohvandlik haqida tushuncha


Download 1.93 Mb.
bet1/2
Sana30.04.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1407890
  1   2
Bog'liq
Giyohvandlik haqida tushuncha.


Giyohvandlik umr zavoli
Mundarija:
Kirish…………………………………………………………………………2
I bob. Giyohvandlik haqida tushuncha…………………………………….5

    1. Giyohvandlikning sabablari, belgilari, kechish davrlari…………...6

    2. Giyohvandda abstinensiya holati…………………………………...12

    3. Giyohvandlikning oqibati…………………………………………...14

II bob. Giyohvandning ijtimoiy qiyofasi………………………………….17
2.1. Giyohvandni davolash………………………………………………19
2.2. Giyohvandlikning oldini olish……………………………………...20
2.3. Biz giyohvantlikka qarshimiz………………………………………22
Xulosa……………………………………………………………………….25
Foydalanilgan adabiyot…………………………………………………….26


Kirish

Giyohvandlik, narkomaniya, bangilik — narkotik moddalarga oʻrganib qolish, ruju qilish, aniqrogʻi tabiiy yoki sintetik zaharli moddalar (ayrim dori moddalari)ni vaqtincha yoki surunkasiga isteʼmol qilish natijasida kelib chiqadigan kasallik holati. G. organizm somatik va ruhiy holatining chuqur oʻzgarishiga sabab boʻladi va giyohvandni tanazzulga olib boradi. G.da oʻzini toʻxtatib boʻlmaydigan darajada giyohvand moddalarni isteʼmol qilish mayli paydo boʻladi, giyohvand moddaning miqdoriga nisbatan ehtiyoj, ruhiy va jismoniy bogʻliqlik ortib boradi. G. asta-sekin boshlanib, surunkali davom etadi. Giyohvand moddalar dastlab xushnudlik, dimogʻchogʻlik (qarang Eyforiya), xotirjamlik hissini uygʻotib, kayf qildiradi, keyin bora-bora bu kasallikka aylanadi. G. 2 zaylda avj olishi mumkin. Birinchi holda vrach buyurgan va bemorning ruhi hamda kayfiyatini oshirish xususiyatiga ega boʻlgan dorilarni uzoq vaqt va notoʻgʻri qabul qilish; ogʻriq, uyqusizlik va boshqa dardlardan qutilish maqsadida dori miqdori (dozasi)ni oshirib borish; darddan tuzalib doriga unchalik ehtiyoj boʻlmasa ham, uni qabul qilaverish natijasida dorining narkotik taʼsiri va miqdori orta borib, pirovardida giyohvand moddaga moyillik kuchayib, u humor qiladigan boʻlib qoladi. Ikkinchi hol ongli ravishda kayf qilish maqsadida giyohvand moddalarga oʻrganishdir.
Giyohvandlikka odatda, irodasi kuchsiz, oʻzini tiya olmaydigan, oʻtkir sezgilarni oʻzida sinab koʻrishga qiziquvchan, ruhan zaif va oʻta xudbin kishilar beriluvchan boʻladi. Yoshlar tarbiyasidagi nuqson va kamchiliklar, giyohvand moddalarni isteʼmol qilib yuruvchi katta yoshdagilarga taklid va havas, oiladagi noxush sharoit (ota-onaning ichkilikboz yoki giyohvand boʻlishi) hamda giyohvand moddalarning oson topilishi yoki qoʻl ostida boʻlishi ham Giyohvandlikkasabab boʻlishi mumkin. Giyohvandlikkamubtalo boʻlganlarda xastalik borgan sari kuchaya borib, odatda, kutilmagan yomon oqibatlarga olib keladi. G. eyforiyasida, yaʼni kayfi chogʻlikda 2 bosqich kuzatiladi: qisqa muddatli —1-5 daqiqa davom etadigan oʻtkir hissiyotli bosqich (haqiqiy eyforiya) va uzoq (1—3 soat) choʻziladigan boʻshashish, tinchlanish davri. Bu bosqichlarning qisqa yoki uzoq boʻlishi qanday giyohvand modda qabul qilinganiga va miqdoriga bogʻliq. G.ning hamma turi ham oʻz rivojida giyohvand moddalarga oʻrganib qolish yoʻli bilan G. sindromining shakllanishiga olib keladi. Bu sindromning rivojlanishida ham 3 bosqich farqlanadi: 1) giyohvand moddaga nisbatan organizm reaktivligining oʻzgarishi va ruhiy bogʻlanishning paydo boʻlishi; 2) xumor (abstinent) sindromi koʻrinishida jismoniy bogʻlanishning yuzaga kelishi; 3) organizm barcha sistemalarining zaiflashishi (tolerantlikning pasayishi, yaʼni giyohvand moddalarning avvalgi miqdorini koʻtara olmaslik, xumorning surunkali davom etishi va ayrim hollarda polinarkomaniya ning vujudga kelishi). Giyohvandlikka mubtalo boʻlgan kishi giyohvand moddalarni qayta-qayta va koʻproq miqdorda isteʼmol kila boshlaydi. Keyinchalik esa giyohvand moddalarsiz turolmaydigan boʻlib qoladi. Bunday ahvoldan qutilish va oʻzini bir oz yengil his qilish uchun yana giyohvand moddaga ruju qiladi va oxir-oqibat giyohvand moddalarga hirs qoʻyish kelib chiqadi. Organizmning dastlabki himoya reflekslari (koʻngil aynishi, qusish) yoʻqoladi. Bu davrda organizmda giyohvand moddalarga nisbatan moyillik shu darajada kuchayib ketadiki, goʻyo bu moddalar avvalgi taʼsir kuchini yoʻqotgandek boʻlib qoladi, endi avvalgidek eyforiya (kayf) holatini his qilish, xumorni tarqatish uchun oʻsha moddadan koʻproq miqdorda qabul qilgisi keladi. Oldiniga giyohvand modda birmuncha yoqimsiz taʼsir koʻrsatgan boʻlsa, keyinchalik goʻyoki uning holatini "normallashtirganga" oʻxshaydi, bemor oʻzini birmuncha yaxshi his qiladi, ish qobiliyati, ruhi goʻyo tetiklashadi, pirovardida u haqiqiy giyohvand boʻlib qoladi. Giyohvandlarda avval ruhiy oʻzgarishlar (tajanglik, kayfiyat buzuqligi, xotira pasayishi) paydo boʻlgan boʻlsa, keyinchalik jismoniy oʻzgarishlar —jismoniy bogʻlanib qolish sindromi (terlash, yurak urishi, ogʻiz qurishi, ozib ketish, qoʻl-oyoqning titrashi va boshqalar) roʻy beradi. Agar giyohvand oʻz vaqtida narkotik moddani qabul qilmasa, organizmda kuchli ruhiy va jismoniy oʻzgarishlar, yaʼni giyohvandlikka xos ogʻir holat — xumorlik (qarang Abstinensiya) sindromi paydo boʻladi. G. opiomaniya (afyun qabul qilish), morfinizm, geroinizm koʻrinishida boʻladi. G.ning nashavandlik, kokainizm, nikotinizm (tamakiga ruju qilish), teizm (achchiq choy ichish) va boshqa turlari ham uchraydi. Ikki yoki undan ortiq xil giyohvand moddani surunkali qabul qilish —pol i narkomaniya deyiladi. G.ning hamma turida ham organizm zaharlanadi va u juda ogʻir kechadi.


Giyohvandlik haqida tushuncha.

Giyohvandlik—turli xil giyoh moddalari ya‘ni, narkotiklar ta‘siriga odam organizmining o`rganib qolishi natijasida yuzaga keladigan og`ir kasallikdir.
Giyohvandlikning xalqaro atamasi narkomaniya deyilib, bu so`z yunoncha «narke» — karaxtlik, harakatsizlik, «maniya»-aqldan ozish ma‘nosini anglatadi. Chunonchi, narkotik moddani qabul qilgan odam karaxt bo`lib, harakatsizlanib fikrlash, aqliy faoliyat qobiliyatlarini yo`qotadi.
Odam organizmining biologik xususiyatlaridan biri shundan iboratki, u ba‘zi moddalarni ketma-ket, bir necha marta qabul qilishi natijasida ularning ta‘siriga o`rganib qoladi. Oqibatda, u mazkur moddani muntazam ravishda qabul qilib turishga intiladi, bu moddani qabul qilmagan paytda o`zini yomon his etadi, ya‘ni odam bu moddaga nisbatan mu‘te bo`lib qoladi.
Odam organizmining o`rganib, mu‘te bo`lib qolish xususiyati ayniqsa narkotik moddalarga nisbatan kuchli bo`ladi. Buning oqibatida odamda giyohvandlik (narkomaniya) kasalligi vujudga keladi. Shuningdek, spirtli ichimliklarga o`rganib qolish tufayli piyonistalik (alkogolizm), tamaki (sigaret)ga, nosga o`rganib qolish natijasida kashandalik holatlari yuzaga keladi.

XX asrning oxirgi choragida avj olgan giyohvandlik XXI-asrning vabosiga aylanib borayotgani birlashgan millatlar tashkilotining 1998 yilning iyun oyidagi sessiyasida e`tirof etildi va bu ijtimoiy illatga qarshi kurashni kuchaytirish bo`yicha qaror qabul qilindi.Shu bois hozirgi kunda jahon mamlakatlari, jumladan O`zbekiston Respublikasi keng jamoatchiligi oldiga qo`yilgan eng dolzarb muammolardan biri giyohvandlikning oldini olishdan iboratdir.


Giyohvandlikning sabablari, belgilari, kechish davrlari.

Giyohvandlikni yuzaga kelishi bir nechta sabablarga bog`liq. Ulardan quyidagilarni misol sifatida ko`rsatish mumkin.
Giyohvandlikni yuzaga keltiruvchi birinchi ko`p uchraydigan sabab o`smirlarga xosdir. O`smirlar ulfatvozlikka ishqiboz bo`ladilar. Ular 3-4 nafar bo`lib suhbatlashib, ko`chalarda sayr qilishga qiziqadilar. Shu ulfatvozlik jarayonida o`smirlar guruhi orasiga bironta tajribali giyohvand qo`shilib qolsa, u boshqalarga giyoh moddasini qabul qilishni bepul muruvvat qiladi. Giyoh moddasini 2-3-4 marta qabul qilgan o`smir, uning ta‘siriga o`rganib qoladi. Natijada u giyohvandga aylanadi va giyoh moddasini qabul qilmasa chiday olmay qoladi. Ya‘ni xumor tutadi.
Kuzatuvlarda isbotlanishiga ko`ra, bitta giyohvand bir yilda o`rtacha 5 nafar sog`lom o`smir yoshlarni giyohvandlikka o`rgatadi. Giyohvand odam xudbin bo`ladi. U o`zining kasalligini iloji boricha ko`proq odamlarga yuqtirishga harakat qiladi. Buning uchun tajribali giyohvand o`smir yoshdagilar bilan o`rtoq kirishga, ularning guruhiga qo`shilib olishga intiladi. Chunki, u qanchalik ko`proq yoshlarni giyohvandlikka o`rgatsa, giyoh moddani sotib olish va qabul qilish uchun unga shunchalik yaxshi imkoniyat tug`iladi. Giyohvandlikka yangi o`rgangan har bir o`smir tajribali giyohvand uchun pul manba‘i hisoblanadi, ya‘ni u avvaliga ota-onasidan olgan puliga giyoh moddasini sotib olib, uni o`rgatgan «ustozi» bilan baham ko`radi. Keyinchalik ota-onasidan olgan puli yetishmaydi, chunki giyohvand organizmini giyoh moddasiga ehtiyoji haftadan-haftaga, oydan-oyga oshib boradi.
Bu ehtiyojni qondirish uchun avvaliga o`smir o`z uyidagi buyumlarni o`g`irlab sotishga, keyinchalik esa boshqalarning uyini o`g`irlashga, kissavurlikka va boshqa qonunbuzarlik yo`llari orqali pul topib, narkotik sotib olish va qabul qilishga majbur bo`ladi. Shunday qilib giyohvand changaliga tasodifan kirib qolgan sog`lom o`smir ikki-uch oy davomida ashaddiy giyohvandga aylanadi.
Rigalik tajribali o`qituvchi I. Litvinovning fikricha giyohvandlik o`smirlarning oilasida, maktabda tarbiyaviy ishlarning kamchiligi natijasidir. Toshkentlik jurnalist N. Petrovskayaning «Literaturnaya gazeta» ning 1986 yil 20 avgust sonidagi maqolasida shunday deyilgan. «Bola tarbiyasiga ijobiy yondoshgan juda ko`plab madaniyatli oilalarni bilaman. Afsuski, shunday oilalarning bolalari ham o`smirlik davriga yetganida giyohvandlik dardiga giriftor bo`lganlar. Demak, giyohvandlikka berilish sababi faqat bolaning oiladagi tarbiyasiga bog’liq emas. Bola yosh davrida uning har bir hatti-harakatini nazorat qilish, unga to`liq hajmda tarbiyaviy ta‘sir o`tkazish ota-onaga bog’liq, ammo bola o`smirlik davriga yetganda u boshqa o`smirlar, hamda o`zidan yoshi kattaroq, yigitlar davrasiga kiradi. Shunda u tasodifan giyohvand odam changaliga tushib qolishi mumkin,



Giyohvandlikka asosan irodasi kuchsiz, boshqa giyohvandlarning gapiga kiruvchilar beriladi. Giyoh moddasini 2-3 marta qabul qilib, uning zararli ekanligini his eta turib, baribir zaharni qabul qilishni davom ettiruvchi odam irodasiz hisoblanadi.«Uchitelskaya gazeta»sining 1988 yildagi sonida Oleg obro`li oila farzandi maktabda a‘lo o’qigan, o`qish bilan birgalikda musiqaga qiziqqan, gitara chalgan, bolalar ansamblida qatnashgan. Maktabning 9-sinfini tugatgach, yozgi kanikul davrida ansambl tarkibida Qora dengizga boradi. U yerda notanish yigit quritilgan o`tga o`xshash narsani tamaki sifatida chekadi va Olegga ham chekishni tavsiya qiladi. Shu sabab nasha chekishga o`rganib qoladi. O`zining irodasizligi tufayli bu og`udan voz kecha olmaydi. Maktabni zo`r-bazo`r tamomlab, giyohvandga aylanib qoladi. Maqola yozilgan paytda u 22 yoshda, odamiylik xususiyatini butunlay yo`qotgan ashaddiy giyohvand qiyofasiga kirib qolgan bo`ladi.


Giyohvandlikka eng beriluvchanlik 15-25 yoshdagi o`smirlar va yoshlarda uchraydi. O’smir avvaliga tamaki chekish, spirtli ichimlik iste‘mol qilish. turli xil kimyoviy moddalar hidini hidlash (toksikomoniya) kabi zararli odatlarga o`rganadi, so`ngra biror noqulay guruhga qo`shilib qoladida, giyohvandlikka o`rganadi. Aksariyat o`smirlar ota-ona, tarbiyachi, o`qituvchilarning doimiy nazoratidan qutulish, mustaqil ish tutish maqsadida ijtimoiy jihatdan noqulay odamlarga yaqinlashib «do`stlashib» giyohvandlikka o`rganib qolganlarini o`zlari ongli ravishda sezmay, his etmay qoladilar.
Giyohvandlikni yuzaga keltiruvchi ikkinchi sabab odam o`zining kundalik hayotida (oilada), o`qish joyida, ish joyida sodir bo`lgan ruhiy va moddiy qiyinchiliklar tufayli buzilgan kayfiyatini giyoh modda yordamida ko`tarishga intilish va shu moddani bir necha kun qabul qilishi natijasida unga o`rganib qolishidir.
Giyohvandlikni yuzaga keltiruvchi uchinchi sabab-juda kuchli og`riq beruvchi kasallikni, shikastlanishni davolash jarayonida og`riqni kamaytirish va bemorni tinchlantirib, uxlatish maqsadida og`riq qoldiruvchi narkotik moddalarni uzoq muddat (2-3 hafta) davomida qo`llash natijasida bemor shu narkotikka o`rganib qoladi va u giyohvandga (narkomanga) aylanadi. Shuning uchun keyingi yillarda narkotik moddalarni og`riq qoldiruvchi maqsadida qo`llash qattiq nazorat ostiga olingan.
Narkotik qabul qilgan paytda odamda kayf qilish holati vujudga keladi. Bu holat ikki xil belgilar bilan namoyon bo`ladi:
1. Kayfning qo`zg`aluvchanlik turi.
2. Kayfning bo`shashuvchanlik turi.
Kayfning qo`zg`aluvchanlik turida narkotik qabul qilingandan keyin odam ko`p harakat qiladi, ko`p gapiradi, gaplari qovushmaydi, savolga ma‘noli javob qaytaraolmaydi. Tez jahli chiqadi, atrofdagilarga qo`pol muomalada bo`ladi, asossiz janjal chiqaradi. yoki aksincha. kayfiyati yaxshi bo`lib, o`z-o`zidan kulaveradi, atrofdagilarga mehribonlik qiladi, qo`lidagi yaxshi narsalarni saxiylik bilan ulashadi.
Kayfning bo`shashish turida narkotik qabul qilgandan keyin odam karaxt bo`ladi, bo`shashadi, kam harakat qiladi, uni uyqu bosadi, kam gapiradi, gaplari mazmunsiz bo`ladi. Tanasini tutish muvozanati buziladi, yurganda galdiraydi, atrofdagi voqealarga befarq bo`ladi, u hech narsa bilan qiziqmaydi. yotib uxlaydi.
Kayfni qo`zg`alish yoki bo`shashish turlarining har ikkalasida quyidagi qo`shimcha belgilar ko`zga tashlanadi: rangi qizaradi, ko`p terlaydi, ko`zlarining pardasi xiralashadi (yaltirab turmaydi) ko`ziga qon quyiladi, ya‘ni ko`z oq pardasining qon tomirlari kengayib, ko`zlari qizaradi, ko`z qorachiqlari kengayadi, ularning yorug`lik ta‘sirida kengayib-torayish reaksiyasi buziladi (normada ko`z qorachig`i yorug`lik ta‘sirida torayadi, qorong`ulikda kengayadi). Bu belgilar giyohvandning yaqin odamlarini bezovta qilishi kasallikning boshlanish davridayoq chora ko`rishga undashi lozim.
Giyohvand o`smir yuzida, boshqa o`smirlarga nisbatan, husunbuzar donachalar ko`p bo`ladi, ko`z osti terisi shishib, osilib qoladi, ko`zning oq pardasi va tishlari sarg`ayadi, tishlari chiriy boshlaydi, xotirasi pasayadi, mashg`ulotlarga qiziqmay qo`yadi, she‘r yodlay olmaydi, matematika masala larini yecha olmaydi, natijada o`zlashtirishi pasayadi.Darslarga, to`garak va sport mashg`ulotlariga, jamoatchilik tadbirlariga qatnashmaydi. Uning asosiy fikri pul topish, narkotik sotib olib qabul qilishga qaratiladi. Pul topish uchun o`smir avval o`zining buyumlarini sotadi, so`ngra uyidagi buyumlarni ota-onasidan yashirib sotadi, hatto qarindoshlar, qo`shnilar va begonalarning uyini o`g`irlashga ham jur‘at qiladi.
Giyohvandlik kasalligi quyidagi 3 davrda kechadi:
Birinchi davr - odam organizmi reaktivligining o`zgarishi, ya‘ni odamning narkotik moddaga moslashishi bilan xarakterlanadi. Giyohvandlikning boshlanish davrida odam narkotik modda qabul qilganida kayfiyati oshgandek, yaxshi dam olgandek, hordiq chiqargandek bo`ladi. Shuning uchun kundan-kunga odam organizmining narkotikka moslashuvi oshib boradi. O`zi belgilagan vaqtda narkotikni qabul qilishga intiladi. Birinchi davrda zarur chora-tadbirlar yordamida odamni giyohvandlik kasalligidan davolash ya‘ni qutqarish mumkin.
Ikkinchi davr - giyohvandning narkotikka ruhiy bog`lanishi, ya‘ni ruhiy mu‘teligining yuzaga kelishi bilan xarakterlanadi. Bu davrda giyohvand organizmining narkotikka o`rganib-moslashib qolishi birinchi davrga nisbatan yanada kuchayadi. Narkotik qabul qilganida bemorning kayfiyati vaqtincha yaxshilanadi. Qabul qilish muddati kechiksa kayfiyati buziladi, dunyo uning ko`ziga torayib qolgandek tuyuladi. Bu davrda giyohvandlik kasalligiga xos ruhiy buzilish belgilari paydo bo`ladi. Bemor narkotik qabul qilganida o`zini tetik, kayfiyati yuqori, bardam his etadi, kuchi oshadi, ish qobiliyati yaxshilanadi. Narkotikni qabul qilish muddati kechiksa giyohvandning ruhiyati buziladi, kayfiyati yomonlashadi. ish qobiliyati yo`qoladi. Shuning uchun u har qanday yo`l bilan bo`lsa ham narkotik topib. uni qabul qilish uchun barcha imkoniyatini safarbar qiladi. Chunki narkotik giyohvand uchun hayotiy zaruriyatga aylanadi. U narkotik topish va qabul qilish uchun, or-nomusi, vijdonidan voz kechadi. Giyohvand eng yaqin odamlariga nisbatan ham mehr oqibatini yo`qotadi. Narkotik sotib olishga pul topish uchun boshqalarga yolg`on gapiradi, tovlamachilik va o`g`irlik qiladi: U fikrlash, aql idrok bilan ish tutish qobiliyatini mutloq yo`qotadi, ya‘ni ruhiy jihatdan nogironga aylanadi. Ikkinchi davrda giyohvandni davolash ancha murakkab va qiyin bo`ladi.
Uchinchi davr - giyohvandning narkotikka nisbatan nafaqat ruhiy, balki jismoniy jihatdan mu‘teligining oshishi bilan xarakterlanadi. Bu davrda giyohvandlik kasalligi juda chuqurlashadi. Giyohvandning yurak, o`pka, me`da-ichak, jigar, buyrak, nerv, endokrin va boshqa a`zolarida surunkali kasalliklar yuzaga kelganligi sababli uning nafaqat aqliy, balki jismoniy ish qobiliyati ham yo`qoladi. U ozgina harakat qilsa yuragi o`ynaydi, nafasi qisadi. Giyohvand oziadi, ranglari oqaradi, kamqonlik yuzaga keladi. Giyohvandning aqliy va jismoniy ish qobiliyati butunlay yo`qoladi, u nogironga aylanadi. Bemor narkotiksiz mutloq yashay olmaydigan bo`lib qoladi. Ovqat iste‘mol qilmasa ham narkotikni topish va qabul qilishga barcha imkoniyatini sarflaydi. Lekin, birinchi va ikkinchi davrlarda narkotik qabul qilishi bilanoq bemorning ruhiy va jismoniy ish qobiliyati yaxshilangan bo`lsa, uchinchi davrda narkotik qabul qilganda ham ish qobiliyati yaxshilanmaydi. Chunki uning hamma to`qima va a`zolari narkotik bilan og`ir zaharlangani uchun bu a`zolarning faoliyati chuqur buzilgan bo`ladi. Uchinchi davrda giyohvandni davolash va sog`lomlashtirish juda qiyin bo`ladi.


Giyohvandda abstinensiya holati.

Agar giyohvand o`z ixtiyori bilan yoki majburiy ravishda narkotik qabul qilishni to`xtatsa birinchi kunning oxiri va ikkinchi kunning boshida unda abstinensiya holati vujudga keladi.
Abstinensiya giyohvandlikka xos bo`lgan juda og`ir kasallik holatidir. Oddiy xalq tilida aytganda o`rgangan narkotikni qabul qilmaslik natijasida giyohvandning xumori tutadi. Bu holat nafaqat giyohvandda, balki toksikomanda, nos otuvchida, tamaki chekuvchida, spirtli ichimlikni muntazam iste‘mol qilishga o`rgangan piyonistalarda ham yuzaga keladi.
Abstinensiya holati quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi:
Abstinensiyaning birinchi kuni bemor tez-tez esnaydi, ko`zidan yosh oqadi, og`zidan so`lak ajralishi ko`payadi, burundan suv kelib, tez-tez aksiradi.
Abstinensiyaning ikkinchi kuni bemorning tana harorati ko`tariladi, u qaltiraydi, ko`p terlaydi, oyoq-qo`l bo`g`imlari qotib qolganday bo`lib harakatlanish qiyinlashadi.

Abstinensiyaning uchinchi kuni bemorning ko`ngli aynib qusadi, ichi ketadi, jag’ muskullari tirishib og`riydi, og`zini ochib-yopish qiyinlashadi, qo`l-oyoq muskullari tirishadi va og`riydi.


Abstinensiyaning to`rtinchi-beshinchi kunlari bemorning ruhiyati buziladi, ko`ziga qurqinchli narsalar ko`rinadi, qulog`iga qo`rqinchli tovushlar eshitiladi (ya‘ni ko`rish va eshitish galyutsinatsiyalari yuzaga keladi), u baqiradi, so`kinadi, “narkotik beringlar” deb yalinadi, “bermasalariig o`ldiraman” deb qo`liga to`g`ri kelgan narsani otadi, boshini devorga urib yig`laydi.
Abstinensiyaning oltinchi-yettinchi kunlari bemor ruhiyatining buzilishi cho`qqisiga yetadi.U fikrlash qobiliyatini butunlay yo`qotadi, ya‘ni jinni odamga o`xshab qoladi.Shifoxona yoki uyida qamab qo`yilgan bo`lsa eshik-derazani sindirib qochishga harakat qiladi, yo`lini to`sgan yoki ushlamoqchi bo`lgan odamni qo`liga tushgan narsa bilan uradi, hatto o`ldirishdan ham toymaydi.
Shifoxona yoki uyidan chiqib qochgan giyohvand bemor narkotik topish va qabul qilish uchun o`zining sheriklari yoki narkotik sotuvchining oldiga boradi. Agar u narkotikni pulsiz yoki qarzga topa olmasa pul topish uchun o`g`irlik qiladi.
Irodasi kuchli, bu kasallikdan tuzalishni ahd qilgan giyohvand abstinensiya holatining qiyinchiliklariga bardosh beradi, og`riqlarga chidaydi va nihoyat sakkizinchi – o`ninchi kunlardan boshlab ahvoli yaxshilana boshlaydi, ya‘ni ruhiyati tinchlanadi, fikrlash qobiliyati tiklanadi, atrofdagilar bilan sog` odamdek muomala qiladi. Jag`, qo`l-oyoq muskullarining tirishib og`rishi, ko`ngil aynishi, tanasining harorati va kasallikning boshqa belgilari asta-sekin barham topadi.
Agar bemorga tibbiy yordam ko`rsatilsa abstinensiya holati yengilroq o`tadi, u tezroq tuzaladi. Lekin muntazam ravishda parvarish va nazorat qilish zarur. Bundan keyin ham bir yil davomida u nazorat qilinadi, uning ruhiyatini tinchlantirishga qaratilgan suhbatlar o`tkaziladi, oldingi sheriklari va narkotik sotuvchi bilan uchrashmasligiga qaratilgan chora-tadbirlar ko`rish lozim.
Giyohvandlikning oqibati.

Giyohvandlik asr vabosidir. Bu o`ta og`ir xastalik dunyodagi barcha mamlakatlarda ayniqsa yoshlar orasida tez sur‘atlar bilan keng tarqalmoqda. Ma‘lumotlarga ko`ra, Rossiyada har yuz odamga taxminan 5 ta giyohvand to`g`ri keladi, Amerikada undan ham ko`proq. Giyohvandlik juda og`ir xastalik va ijtimoiy illat bo`lib, u quyidagi yomon oqibatlarga olib keladi.


Birinchidan, giyohvandlik kasaliga duchor bo`lgan odamnnig eng avvalo ruhiyati buziladi. U oilasida, jamiyatda sodir bo`layotgan voqealarga befarq bo`lib qoladi, hayotiy muhim masalalarni idrok qilish, mas‘uliyatni his etish, fikrlash qobiliyatlarini yo`qotadi. Giyohvand ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari, oilasi, bolalariga nisbatan mehr-oqibatsiz bo`lib qoladi. Giyohvand yoshlar o`qishdan soviydi, dars mashg`ulotlariga qatnashmay qo`yadi, fanlarni o`zlashtirishi pasayadi, o`qishga borish o`rniga boshqa giyohvandlarga qo`shilib vaqtini ko`chada, xilvat joylarda o`tkazadi, u o`zining tashqi qiyofasiga mutlaqo e‘tibor bermay qo`yadi, ya‘ni soch-soqolni o`z vaqtida oldirmaydi, kir bo`lgan kiyimlarni o`z hohishi bilan almashtirmaydi.

Giyohvandda yuqorida aytilgan ruhiy buzilishlar, ya‘ni aql-idrok, fikrlash qobiliyatining yo`qolishi uning bosh miyasi nerv hujayralarining narkotik bilan zaharlanishi oqibatidir.




Ikkinchidan, giyohvand ruhiyatining buzilnshi, uning ijtimoiy jihatdan buzilishiga olib keladi. Giyohvandning asosiy maqsadi, intilishi, hayotining mazmuni narkotik topish va qabul qilishga qaratiladi. Chunki uning organizmi narkotikka o`rganib, unga qaram, mu‘te bo`lib qoladi. U o`zini narkotiksiz yashay olmaydigandek his etadi. Giyohvand narkotikni har kuni belgilangan vaqtida muntazam ravishda qabul qilishi uchun ko`p pul kerak bo`ladi. Pul topish uchun yolg`on gapiradi, aldab qarz so`raydi, tovlamachilik, firibgarlik qiladi. Uyidagi buyumlarni sotadi, so’ngra qavm-qarindoshlari, qo`shnilarning pulini, buyumlarini o`g`irlaydi, asta-sekin o`z sheriklari bilan guruh bo`lib katta o`g`irlik qilish yo`liga o`tadi, jinoyatchiga aylanadi.


Uchinchidan, giyohvand bir necha yil davomida narkotik qabul qilishi tufayli surunkali zaharlanib, nafaqat ruhiy, balki jismoniy jihatdan ham nogironga aylanadi. Uning yurak, o`pka, jigar, buyrak, me`da-ichak kabi hayotiy muhim a`zolarida surunkali kasalliklar vujudga keladi. U ozroq harakat qilganida nafasi qisadi, yuragi o`ynaydi, lablari ko`karadi, jigar va buyrak sohalarida og`riq paydo bo`ladi. Shunday qilib, yuqorida aytilgan ruhiy nogironlikka jismoniy nogironlik ham qo`shiladi, va mehnat qilish layoqatini butunlay yo`qotadi. Hozirgi kunda giyohvandlarning aksariyati narkotikni in‘eksiya (ukol) orqali qabul qiladi. Bitta shprits va igna bilan bir necha giyohvandlar bir-birlariga in`eksiya qiladilar. Buning natijasida ularning bittasidagi yuqumli kasallik boshqalariga ham yuqadi. Shu sababdan giyohvandlar orasida OITS, yuqumli gepatit (sariq kasalligi) keyingi yillarda ko`p tarqalmoqda. Bu ham giyohvandning fojiasidir.
Statistik ma‘lumotlarga ko`ra, giyohvand narkotik qabul qilishni boshlagandan keyin ko`pi bilan 20-25 yil umr ko`radi va ko`pchilik giyohvandlar 30-40 yosh atrofida hayotdan ko`z yumadi, uning keyingi yillardagi hayoti azob-uqubatda, xor zorlikda, ruhiy va jismoniy nogironlikda o`tadi.
Bugungi kunda butun dunyoda giyohvandlik illati tufayli turli davosiz dardlar yuzaga kelayapti.OITS (SPID), jigar sirrozi, sil, o`sma kasalliklari, me`da-ichak xastaligi va homilaning mayib-majrih tig`ilishi ham ko`proq giyohvandlarda kuzatiladi.
Giyohvandlik balosiga yo`liqib, boshi berk ko`chaga kirib qolgan iymoni, irodasi sust, o`z nafsining quliga aylangan ayrim kishilar bilan suhbatlashganimizda, bu illatning naqadar jirkanch, yovuz ekanligiga yana bir bor amin bo`ldik.
Giyohvandning ijtimoiy qiyofasi.

Zararli odatlar (kashandalik, spirtli ichimliklar)


Giyohvandlikka duchor bo`lgan odamning xulq-atvori, tashqi qiyofasining o`zgarishlariga qarab kasallikni o`z vaqtida aniqlab, tarbiyaviy va davolash tadbirlarini o`tkazishda quyidagi ma‘lumotlar yordam beradi.
1. Giyohvandlik yo`liga kirgan o’smirning xulq-atvori birdaniga o`zgaradi. O’qishdan ko`ngli soviydi, sababsiz dars qoldiradi, o`zlashtirishi yomonlashadi, dars paytida uxlab o`tiradi, muomalasi qo`pollashadi.
2. Ishlaydigan o`smir yoki yigit giyohvandlikka duchor bo`lsa, uning ishga qiziqishi yo`qoladi, ish qobiliyati pasaya boshlaydi, ishda xatolarga yo`l qo`yadi, sababsiz ishga kelmaydi yoki kechikib keladi, vaqtidan oldin ketadi:
3. Giyohvand cho`ntagida xaltachaga solingan ko`knor (opium) urug`i va barglari selofan xaltaga solingan qoradori, ampulada dori, shprits va ignalar, tabletkalar bo`ladi.
4. Giyohvand o`ziga tanqidiy ko`z bilan qarash qobiliyatini yo`qotadi. Uning kiyimlari g`ijim, kir, yirtiq, soch va soqoli o`sgan, umuman tashqi qiyofasi ko`rimsiz holatda bo`ladi.
5. Aksariyat giyohvandlarning tashqi qiyofasida yoshiga nisbatan erta qarish belgilari paydo bo`ladi: terisi quruqlashgan, yuzida tirishlar, sochi rangsizlanadi, erta oqaradi va to`kiladi, tirnoqlari sinuvchan bo`lib qoladi.Terisi oqimtir sarg`ich, qovoqlari shishgan, terisida tez-tez yiringli donachalar paydo bo`ladi.
6. Narkotikni in`yeksiya qilish orqali qabul qiladigan giyohvandlarning bilak, bo`yin, oyoqning shiq sohasidagi vena tomirlari bo`ylab terisida igna sanchilgan o`rni bo`ladi.
7. Giyohvandda ijtimoiy faollik umuman yo`qoladi.U hech narsaga qiziqmaydi.Ota-ona, aka-uka, oila, farzand muammolari uniig hayoliga kelmaydi. Uning asosiy intilishi pul topib narkotik sotib olish, uni o`z vaqtida qabul qilishdan iborat bo`ladi. Narkotik sotib olish uchun har kuni pul topish kerak. Pulni esa ishlab topa olmaydi. Shu sababli o`g`irlik, tovlamachilik qiladi. U obro`, sharm-hayo, uyalish. vijdon kabi umuminsoniy qadriyatlarni butunlay unutadi.
8. Giyohvandlar guruhi odamlar ko`zi tushmaydigan xilvat joylarda to`planib kayf qilishadi, chol-devorlarda, qurilib bitmagan binolarda, ko`p qavatli uylarning yerto`lasida, daraxtlar panasida va hakozo.Giyohvandlar guruhi to`plangan joyni chetdan turib kuzatganda vaqti-vaqti bilan kulgi, xursandchilik shovqini, urushish, so`kinish shovqinlari o`rni almashib turadi.


Giyohvandni davolash.

Barcha mamlakatlarda giyohvandlarni davolash uchun maxsus narkologik shifoxonalar yoki markazlar tashkil etilgan.
AQSH, Isroil, Xitoy, Rossiya va boshqa mamlakatlarning har birida o`ziga xos davolash uslubi qo`llanadi. Masalan, AQSHda giyohvand bemorga u o`rgangan narkotik miqdorini asta-sekin kamaytirib davolash uslubi qo`llanadi.
Isroilning narkologik shifoxonalarida giyohvandni davolashda narkotik miqdorini kamaytirish bilan birgalikda uni mehnatga jalb etish uslubi qo`llanadi.
Tibetda budparast rohib (monax)lar bemorga tog`da o`sadigan ayrim o`tlardan damlama tayyorlab ichiradilar va bambuk daraxtidan tayyorlangan qamchi bilan maxsus usulda savalaydilar.
Ukrainada giyohvandlarni davolash uchun «ijtimoiy davolash markazi» tashkil etilgan. Mazkur markazda davolash jarayonida giyohvandga narkotik berilmaydi. Unda abstinensiya (xumor) holati yuzaga kelishi bilanoq bemor organizmini zahardan tozalash va ahvolini yengillashtirishga qaratilgan tadbirlar o`tkaziladi. Bemor abstinensiya holatidan chiqqandan so`ng ijtimony davolash usuli qo`llaniladi. Bunda narkotikning zarari, uni qabul qilmasa ham odamning yashashi mumkinligi, buning uchun irodani mustahkamlash zarurligi kabi tushunchalar bemor ongiga muntazam ravishda singdiriladi. Davolash jarayonida psixiatr, narkolog vrachlar, psixologlar, ijtimoiy ta‘minot sohasining mutaxassislari, bemorning yaqin odamlari birgalikda ishtirok etishadi.
Bizning mamlakatimiz narkolgik shifoxonalarida davolash jarayoni quyidagi tartibda olib boriladi:
1. Bemor abstinensiya holatidan turli xil dorilar yordamida chiqariladi.
2. Abstinensiya holatidan chiqqan bemor ruhiyatini tinchlantirishga qaratilgan tadbirlar o`tkaziladi:
3. Bemorning umumiy quvvatini tiklashga qaratilgan tadbirlar, quvvatni oshiruvchi dorilar, vitaminlar qo`llaniladi:
Giyohvandlikning oldini olish.

Ko`pchilik olimlar, jamoat arboblarining fikricha, hozirgi kunda jahon mamlakatlarining hukumatlari va keng jamoatchilik oldida ikkita eng muhim, eng dolzarb vazifa turibdi, u ham bo`lsa insoniyatni giyohvandlik va OITS kasalligidan halos qilishdir.
Giyohvandlik har bir shaxs, oila, jamiyat taqdiri uchun eng og`ir illat ekanligini e‘tiborga olib, jahondagi barcha mamlakatlarning hukumatlari, jumladan O’zbekiston hukumati tomonidan narkotikni taqiqlash to`g`risida maxsus qonun qabul qilingan. Qonunga ko`ra, narkotik moddalarni ekish, ishlab chiqarish, saqlash, tarqatish, sotish, qabul qilish man etiladi. Shuningdek, qonunda narkotikning tibbiy va ijtimoiy zarari bo`yicha aholi orasida keng miqyosda tushuntirish ishlarini olib borish har bir fuqaroning burchi ekanligi qayd etilgan.
Giyohvandlikka qarshi kurashda xalq ta‘limi, sog`liqni saqlash, huquq idoralari, ijtimoiy soha vakillari, yoshlar tashkilotlari va keng jamoatchilik hamkorlikda ishtirok etishlari lozim. Giyohvandlikning oldini olish maktabdan boshlanishi zarur. Chunki keyingi yillarda giyohvandlik maktab yoshidagi bolalar va o`smirlar orasida keng tarqalmoqda. Masalan, Rossiyada keyingi 10 yilda katta yoshdagi giyohvandlar orasida o`lim 12 marta ko`paygan bo`lsa, giyohvand bolalar va o`smirlar orasida 42 marta ko`paygan. Shu sababli Rossiya Davlat Dumasi 1998 yilning oxirida «Rossiyada bolalar va o`smirlar orasida narkomaniya va toksikomaniyaning oldini olishning shoshilinch tadbirlari bo`yicha» qaror qabul qilgan. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish maxsus komissiyasini tashkil etgan.
Bolalar va o`smirlar orasida giyohvandlikning oldini olish masalasi avvalo ular ongida sog`lom turmush tarzini shakllantirishni talab etadi. O`sayotgan yosh avlod o`z sog`lig`ining naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligini ongli ravishda tushunishi kerak. Bolalar va o`smirlarni sog`lomlashtirish maqsadida keyingi yillarda Ukraina maktablarida «Valeologiya» - (sog`liq) fanini o`qitish joriy etilgan.
O`zbekiston Respublikasida yoshlar sog`ligini mustahkamlash, barkamol avlodni tarbiyalash bo`yicha ko`pgina tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, «Sog`lom avlod uchun» xalqaro jamg`armasi, «Ekosan» fondi va Sog`liqni saqlash vazirligi taklifiga binoan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinilg 1993 yil 3-dekabrdagi 589-sonli qarori bilan «Yosh avlodni sog`lomlashtirish muammolarini majmuali hal etish» ning kengaytirilgan dasturi tasdiqlangan. Mazkur dastur bo`yicha keng ko`lamda ish olib borilmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi, Oliy va o`rta maxsus ta‘lim vazirliklarining ko`rsatmalariga asosan 1998-1999 o`quv yilidan boshlab barcha maktablar, oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlarida o`quvchilar va talabalar orasida «Giyohvandlikka qarshi kurash» maxsus kursi o`qitilishining joriy etilishi yoshlarda sog`lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan muhim tadbirdir.
Giyohvandlikning oldini olish va bu ijtimoiy illatga qarshi kurashishda mamlakatimizning har bir fuqarosi quyidagi tushunchalarga ega bo`lishi zarur.
- Giyohvandlikni O`zbekiston qonuni asosida man etilganligini bilish;
- Narkotiklarni uyda, yotoqxonada, mehmonxonada, cho`ntagida, buyumlar ichida saqlash man etilganligini bilish;
- Narkotiklarni sotish, bepul in‘ometish, ularni qabul qilishni taklif etish yoki zo`rlash jinoyat ekanligi haqidagi tushunchaga ega bo`lish;
- O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining XIX— bobida bayon etilgan «Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish» jinoyat ekanligini bilish;
- Mazkur Kodeksning 270—271—272—273—274—275-276-moddalarida narkotik moddalarni ekish, ishlab chiqarish, sotish, tarqatish, saqlash, iste‘mol qilgani uchun jinoiy javobgarlikka tortish bayon etilgan.


Biz giyohvandlikka qarshimiz

BMT Bosh Assambleyasining 1987 yil 7 dekabrda qabul qilgan rezolyutsiyasiga (№42/112). binoan har yili 26 iyunda Xalqaro giyohvandlik va bangifurushlikka qarshi kurash kuni (International Day against Drug Abuse and Illicit Trafficking) nishonlanadi. Har yitli o‘tkazilaldigan tadbirlarga aloxida nom beriladi. Bu yilgi shior “Avvalambor eshiting” deb nomlangan. 
Tahlilchilarning fikricha, giyohvand moddalarning keng tarqalishi bir qator ijtimoiy muammolarga sabab bo‘ladi. Jumladan, demografik fojealarni keltirib chiqaradi, ijtimoiy-iqtisodiy hayotda jinoyatchilik ko‘zga tashlanadi. BMTning jinoyatchilik va giyohvand moddalar ustidan nazorat boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2015 yilda giyohvandlikka ruju qo‘yganlar so‘nggi dunyoda 300 million kishidan oshib ketdi. Eng ko‘p iste’mol qilinadigani nasha ekani aytiladi. 
Jahonda qayd qilinadigan o‘limlarning 43ta sababidan giyohvandlik oqibatida sodir bo‘ladigan o‘lim 19 o‘rinda turadi. Giyohvandlikka qarshi kurashda ilk bor bundan yuz yillar muqaddam hamkorlik qilina boshlandi. 1909 yilning fevral oyida 13ta davlat vakillari Osiyoda giyohvand moddalar yetishtirilishiga qarshi kurash maqsadida Shanxayda to‘planishdi. O‘shanda Shanxay komissiya tashkil etilgshan edi. 
BMT Bosh Assambleyasining tan olishicha, ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, jahonda giyohvand moddalar noqonuniy savdosi muammoligicha qolmoqda. Bu muammo hamon jiddiy tahdid sifatida ko‘riladi. 
Ma’lumotlarga ko‘ra, 15 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lganlar orasida qayd etiladigan o‘limlarning 1,3 foizi giyohvandlik oqibatida yuz berar ekan. Bir yilda 211 mingta o‘lim aynan giyohvandlik oqibatida kelib chiqadi. Yevropada giyohvandlik oqibatida halok bo‘layotganlarning o‘rtacha yoshi 35 yoshni tashkil qiladi. Mutaxassislarning so‘zlariga qaraganda giyohvandlik oqibatida 1,6 million kishi VICHga mubtalo bo‘ladi. 7,2 million kishi esa gepatit C virusini yuqtirib oladi. 1,2 million kishi gepatit B virusiga chalinadi.
Giyohvand moddalarni iste’mol qilish bilan bog‘liq xastaliklarga uchraganlar soni dunyo bo‘yicha 29 milion kishidan ortib ketgan. BMT giyohvandlik va jinoyatchilik ustidan nazorat boshqarmasi e’lon qilgan yillik hisobotda qayd etilishicha, "so‘nggi 6 yilda ilk marotaba bu borada nomutanosib o‘sish kuzatilmoqda". Hujjatda ta’kidlanishicha, sayyora katta yoshli aholisining 5 foizi, ya’ni 250 million kishi, taqiqlangan moddalarni kamida bir marta iste’mol qiladi. "Bundan tashqari, 12 million kishi giyohvand moddalarni tomiridan qabul qiladi", - deyiladi Hisobotda. Geroin giyohvandligi Shimoliy Amerika, G‘arbiy va Markaziy Yevropada tobora avj olmoqda. Kannabis moddasi eng taqiqlangan, ammo keng tarqalgan giyohvand moddasi bo‘lib qolmoqda. Uni 2014 yilda 250 million kishidan 183 millioni kamida bir marta tatib ko‘rgan. Shu bilan birga, BMT boshqarmasi, asosan G‘arb mamlakatlarida marixuanadan foydalanish hollari tobora ortib borayotganidan xavotir bildirgan.
Bangifurushlik va giyohvand moddalar iste’moli so‘zsiz aholi sog‘lig‘i va jamoat xavfsizligiga taxdid sifatida ko‘riladi. Bir qator mamlakatlarda bu illat jamiyatning barqaror rivojlanishiga xalaqit berayotganidan aslo ko‘z yumib bo‘lmaydi. 
Jumladan, bangilarni davolash uchun katta miqdorda mablag‘lar sarflanadi. Bu mablag‘lar davlat budjetidan ajratiladi. Mutaxassislprning xisob kitoblariga qaraganda, bugungi kunda har olti giyohvandning bittasi davolanish imkoniyatiga ega ekan. Ularni davolanishi uchun bir yilda o‘rtacha 35 milliard dollar sarflanadi. Bangilarni davolash uchun ajratiladigan sarf-xarajatlar o‘z yo‘liga. Ammo ularning jamiyat xayotiga tahdid solishlarini ham aslo yoddan chiqarish kerak emas. Shu sababli ham bangilar sog‘liqni saqlash tizimidan tashqari ijtimoiy hayotga xam muammo yaratuvchi sifatida tan olinadi. 
Bangilarning qurboni har bir kishi bo‘lishi mumkin. Giyohvandlikka mubtalo bo‘lish nafaqat bir shaxsning muammosi balki, ularning oilasi, jamimyat uchun ham bosh-og‘rig‘idir.
So‘nggi yillarda jahon mamlakatlarida giyohvandlikka qarshi keng qamrovli kurash olib boriloqda. uning uchun turli tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bunda ijtimoiy reklamalardan ham keng foydalanilmoqda. Eng muhimi sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish yo‘lida ko‘p ishlar amalga oshirilmoqda. 
Giyohvandlikka qarshi kurash doirasida giyoxvand moddalarni noqonuniy savdosiga chek qo‘yish ham asosiy vazifalardan hisoblanadi. Transmilliy giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashda xalqaro xuquqni muhofaza qilish tashkilotlari, jumladan Interpol, Yevropol, Jahon Bojxona tashkiloti kabi tashkilotlar hamkorlikda faoliyat yuritishmoqda. Ekspertlarning fikricha, giyohvand moddalar noqonuniy savdo aylanmasi bir yilda 300 milliard dollardan 800 milliard dollarni tashkil qiladi. 
Giyohvand moddalar savdosi va uyushgan jinoyatchilik Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlarining iqtisodiy, siyosiy barqarorligiga katta xavf solmoqda. 
Giyohvandlik zamonaviy hayotning eng xavfli ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Har kuni giyohvandlik deb atalmish qo‘rqinchli qarmoqqa minglab odamlar tushib qolmoqda. 
Bugun giyohvandlik girdobiga mubtalo bo‘layotganlarga qarata bir og‘iz gap aytish kerak. Hayot go‘zal, yashash yaxshi. Har qanday muammoni hal qilish mumkin. Shu sababli o‘zingizni chohga tashlamang. Agar siz o‘lim suyuqligi solingan shpritsni qo‘lingizga olar ekansiz, kelajagingizni umrbod qorong‘ulik qa’riga tashlashingizni unutmang. Unutmang qo‘lingizga giyohvand modda berilar ekan, siz yo‘q degan qatiy so‘zni ayting. Shundagina tirik qolasiz.
Xulosa

Xastalikning davosi topilib, muammo to‘la bartaraf etilmagan ekan, mavzuga xulosa yasab, so‘nggi nuqtani qo‘yishga hali erta. Lekin giyohvantlikka qarshi tashkil etilayotgan chora-tadbirlar bo‘yicha mulohaza bildirish mavridi keldi, deb hisoblaymiz.
O`zbekiston Respublikasida yoshlar sog`ligini mustahkamlash, barkamol avlodni tarbiyalash bo`yicha ko`pgina tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, «Sog`lom avlod uchun» xalqaro jamg`armasi, «Ekosan» fondi va Sog`liqni saqlash vazirligi taklifiga binoan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinilg 1993 yil 3-dekabrdagi 589-sonli qarori bilan «Yosh avlodni sog`lomlashtirish muammolarini majmuali hal etish» ning kengaytirilgan dasturi tasdiqlangan. Mazkur dastur bo`yicha keng ko`lamda ish olib borilmoqda.
Giyohvandlikning oldini olish va bu ijtimoiy illatga qarshi kurashishda mamlakatimizning har bir fuqarosi quyidagi tushunchalarga ega bo`lishi zarur.
- Giyohvandlikni O`zbekiston qonuni asosida man etilganligini bilish;
- Narkotiklarni uyda, yotoqxonada, mehmonxonada, cho`ntagida, buyumlar ichida saqlash man etilganligini bilish;
- Narkotiklarni sotish, bepul in`om etish, ularni qabul qilishni taklif etish yoki zo`rlash jinoyat ekanligi haqidagi tushunchaga ega bo`lish;
- O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining XIX-bobida bayon etilgan «Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish» jinoyat ekanligini bilish;


Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling