Giyohvandlikda qo`llanilayotgan narkotik moddalarga quyidagilar kiradi


Download 35.5 Kb.
Sana06.01.2023
Hajmi35.5 Kb.
#1080914
Bog'liq
Narkotik moddalar


Narkotik moddalar

Giyohvandlikda qo`llanilayotgan narkotik moddalarga quyidagilar kiradi:


Ko`knor - bo`yi bir metrga yetadigan ko`kimtir bir yillik o`t o`simlikdir. Uning gullari yirik, binafsha , pushti va oqish rangli, ko’sakchasi yirik, bochkasimon va silliq, urug`lari mayda, ko`p va seryog` bo`ladi. Ko`sakchasi ko’kligida ko`ndalangiga tilinganda oqimtir sutsimon shira chiqib, havoda quyilib, qo`ng`ir tus oladi. Shu modda «Opiy» yoki «chakida» deb ataladi. Shu tarzda yig`ib olingan opiydan farmatsevtika sanoatida morfin, kodein, geroin, pantopon, omnopon, dionin kabi narkotik moddalar tayyorlanadi. Opiy (chakida)dan qo`lbola usulda qora dori ham tayyorlanadi.
Morfin - giyohvandlikda eng ko`p qo`llaniladigan narkotik hisoblanadi. Morfinni birinchi marta ko`knordan Napoleon armiyasining kimyogari Sigen 1806 yilda tayyorlagan. Uni teri ostiga in‘eksiya usulida qo`llashni ingliz vrachi Vud kashf etgan. Morfin tibbiyotda og`ir bemorlarda, shikastlanganlarda og`riq qoldirish uchun qo`llanadi. U odamga kayf berish xususiyatiga ega, shu sababli giyohvandlar in‘eksiya usulini ko`p qo`llaydilar. Ko`knordan qo`lbola qora dori tayyorlab uni giyohvandlar choyga eritib iste‘mol qiladilar.
Geroin - birinchi marta 1896 yilda Germaniyada morfindan tayyorlangan. U bronxial astma (nafas qisish), ruhiy kasalliklarni davolash maqsadida ishlab chiqarilgan. Lekin keyinchalik geroinni giyohvandlar keng qo`llay boshladilar. Geroin morfinga nisbatan bir olinadigan ko`knor o`simligi ekilgan.Mutaxassislarning hisob-kitobiga ko`ra 2004 yilda bu hududdan 4-5 tonna qoradori olingan. Bu esa jahon bo`yicha yetishtiriladigan hosilning to`rtdan uch qismini tashkil etadi.
Afg`oniston narkotiklarni ishlab chiqarish va boshqa mamlakatlarga tarqatish bo`yicha jahonda birinchi o`rinda turadi. Bu mamlakatda ko`knor (opiy) ning prekursor deb ataluvchi kimyoviy moddalar aralashmasidan yarimsintetik geroin tayyorlanadi.Bu mamlakatda bunday geroinni ishlab chiqaradigan 100 dan ortiq laboratoriyalar mavjud.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma`lumotiga ko`ra jahon miqyosida hamma ishlab chiqarilgan giyohvand moddalarning atigi 10 foizi bojxona va ichki ishlar xodimlari tomonidan qo`lga olinar ekan.Qolgan qismi esa puxta o`ylangan maxfiy yo`llar orqali giyohvandlarga yetkaziladi.
Mazkur anjumanda o`qotar qurollar va giyohvand moddalarning noqonuniy savdosiga qarshi kurashga qaratilgan seminarda 120 dan ortiq mamlakat vakillari giyohvand moddalar noqonuniy savdosining iqtisodiyotga ochiqdan-ochiq va yashirin tarzda yetkazayotgan zarari bilan bog`liq masalalarni muhokama etildi.
Giyohvand moddalar savdosi ayrim xududlarda qurolli mojarolar kelib chiqishi, iqtisodiy tushkunlik, jamiyatning qashshoqlashuvi hamda jinoyatchilik avj olishiga sabab bo`layotir. Birgina misol, dunyodagi o`ttizdan ortiq qurolli mojaro davom etayotgan xududlardagi urushlar giyohvand moddalarning noqonuniy savdosidan tushgan daromad evaziga moliyalashtirilar ekan.
Keltirilgan ma`lumotlarda aytilishicha, giyohvand modda iste`mol qilayotgan shaxs to`laydigan pulning atigi bir foizi og`uni yetishtirgan dehqonga tegadi.Daromadning qolgan 99 foiziga esa dunyo miqyosida noqonuniy savdoda ishtirok etayotgan jinoiy guruhlar egalik qiladi.
Ushbu Xalqaro anjumanda ta`kidlashicha giyohvand moddalar savdosining keng tarmoq otishi yana bir kulfat hisoblangan OITS ning tobora ko`p tarqalishiga sabab bo`lmoqda.Bu esa jamiyatda ijtimoiy – iqtisodiy muammolarni keltirib chiqarayotir.
Ta`kidlash joizki, O`zbekiston hukumati, giyohvand moddalarning noqonuniy savdosiga qarshi kurashda dunyo hamjamiyati, xalqaro tashkilotlar bilan faol hamkorlik qilib kelayotir. Chunki mazkur muammoning oqibatlari O`zbekiston uchun begona emas. Qo`shni Afg`oniston chorak asrlik urush tufayli dunyoda eng ko`p giyohvand modda yetishtiriladigan mamlakatga aylandi. Markaziy Osiyo og`uning Yevropa mamlakatlariga yetkazilishida asosiy karvon namoyon qilgan bo`ladi.
10. Eng muhimi yoshlar chekishga o`rganmasliklari uchun, bu illatning zararli oqibatlari haqida oldindan batafsil tushunchaga ega bo`lishlari lozim.
Download 35.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling