Glassariy Sessiya


Download 15.53 Kb.
Sana12.03.2023
Hajmi15.53 Kb.
#1264574

Glassariy
1.Sessiya(lot. sessio — majlis, yig‘ilish) Ish, mashg‘uloti davriy ravishda amalga oshiriladigan vakolatli organlarning, sud yoki jamiyatlarning ish, yig‘ilish o‘tkazadigan davri.
2.Deputat(lot. deputatus — vakil qilingan, yuborilgan) Vakolatli davlat organiga saylangan kishi, vakil.
3.Afv etish – Sud hukmi bilan jazo tayinlangan biror shaxsni jinoiy
javobgarlikdan ozod qilish yoki berilgan jazoni yengillashtirish. Odatda afv davlat boshlig‘ining qarori bilan amalga kiritiladi.
4.Referendum – (lotincha – ma’lum qilinishi zarur bo‘lgan narsa) Davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan muhim masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan va ba’zan qonun qabul qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan umumxalq so‘rovi, ovoz berish yo‘li bilan xalq fikrini aniqlash.
5.Yurisdiksiya – (lotincha – sud qilish, sud jarayoni) Huquqiy masala-larni hal qilish, sudlov ishlarini olib borish huquqi. Muayyan davlat organi vakolatlari doirasidagi huquq sohasi.
6.Doktrina – (lotincha – ta’limot; o‘qimishlilik) Ilmiy yoki falsafiy ta’limot, nazariya; asosiy nazariy yoki siyosiy nuqtayi nazar.
7.Partiya – (lot. partio — bo‘lak, qism) G‘oyaviy jihatdan maslakdosh,
manfaatlari bir bo‘lgan kishilar guruhidan iborat, muayyan ijtimoiy guruh yoki qatlamlarning manfaatlarini himoya qiluvchi siyosiy tashkilot.
8.Modernizatsiya – (modern – zamonaviy) yangilanish, zamonaviy; davlat, jamiyat, iqtisodiyot, texnologiya va boshqa sohalarning yangi-lanishi, yangi uslublar, ixtirolarning qo‘llanishi asosidagi o‘zgarishlar.
9.Konsepsiya – biror sohani rivojlantirishga qaratilgan keng qamrovli
loyiha yoki qarashlar majmui.
10.Sanksiya – huquqshunoslikda huquqbuzarga nisbatan qoʻllaniladigan
va uning uchun muayyan oqibatlar keltiruvchi chora.
11.Strategiya – uzoqqa boruvchi ta’sir vositalari va uslublari; maqsadni
istiqbolli dinamik aniqlab olish.
12.Dotatsiya (lot. — tuhfa) – maʼlum harajatlarni qoplash uchun
iqtisodiyotning bir subʼyekta tomonidan ikkinchisiga qaytarib bermaslik sharti bilan pul mablagʻi berilishi.
13.Aeronavigatsiya – (lot. — kemada suzish) Uchish apparatlarini tegishli asbob va vositalar yordamida belgilangan yo‘ldan olib borish haqidagi fan; havo navigatsiyasi.
14.Magistral – (lot. — bosh, asosiy) asosiy yo‘l. Qatnov yo‘li, umuman, tarmoqlangan sistemalarning asosiy qismi.
15.Diversifikatsiya – (lot.diversificatio – o‘zgarish, xilma-xil) ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, iqtisodiy bankrotlikni oldini olish maqsadida ishlab chiqariladigan mahsulot assortimentining kengay-tirilishi, mahsulot sotiladigan bozorlarni o‘zgartirish yoki yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashish.
Download 15.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling