Глицирризин кислотаси, структураси, ҳисобланган структуралари


Download 4.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/55
Sana17.10.2023
Hajmi4.66 Mb.
#1706774
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   55
Bog'liq
c portal guldu uz SUPRAMOLEKULYAR BIRIKMALAR KIMYOSIGA KIRISH (2)

(a) 
(b)
28-rasm. DNK ning ikkilamchi tuzilishi: (a) hajmli modeli; (b) juftlangan asoslar 
tuzilishi.
Djeyms Dyui Uotson -amerikalik biolog olim (ing.
James Dewey Watson) 1928- (94 
yosh) yilda Chikago, Illinoysda (AQSh) dunyoga kelgan. 1962-yilda F.Krik va Moris 
X.F.Uilkinslar bilan hamkorlikda 
DNKning qoʻsh spiral strukturasini kashf qilganligi uchun
fiziologiya va tibbiyot sohasi boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan. Nuklein 
kislotalarning molekulyar strukturasi modellashtirish sohasidagi (inson genomini toʻliq tahlil 
qilgan birinchi olim) tadqiqotlari dunyoga tanitgan. Ba‘zi dolri vositalarining inson 
organizmidan sekin -asta chiqib ketishi va boshqa metobolik xususiyatlarini oʻrgangan. 1994-
yilda M.V.Lomonosov nomidagi katta oltin medal bilan, 1997-yilda AQSh ning Milliy ilmiy
medaliga sazovor boʻlgan. 


84 
Frensis Garri Kompton Krik 
(
ing.
 Francis Harry Compton Crick) 1916-yilda 
Nortgempton shahrida (Angliya, Buyuk Britaniya) dunyoga kelgan 2004-yilda San-
Diego, Kaliforniyada (AQSh) vafot etgan. Britaniyalik molekulyar biolog, biofizik va 
neyrobiolog. 
1962-yilda Dj.Uotson va Moris X.F.Uilkinslar bilan birganlikda ―Nuklein kislotalarning 
molekulyar tuzilishi va ularning tirik tizimlarda ma‘lumot uzatishdagi ahamiyati haqidagi 
kashfiyotlari uchun‖ Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan.
Moris Xyu Frederik Uilkins (ing. Maurice Hugh Frederick Wilkins),
(1916 - 2004) 
— 
ingliz fizik, molekulyar biologi, 1962-yilda Dj.Uotson va F.Kriklar bilan birganlikda "Nuklein 
kislotalarning molekulyar tuzilishi va ularning tirik materiyadagi ma‘lumotlarni uzatishdagi 
ahamiyati haqidagi kashfiyotlari uchun" 1962-yilda Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan. U ilmiy 
bilimlarning fosforessensiya, izotoplarni ajratish, optik mikroskopiya va rentgen nurlanishini 
tahlil qilish kabi sohalariga hissa qoʻshdi, shuningdek, radarni takomillashtirdi. Moris Uilkins 
London universitetining Qirollik kollejida DNK tuzilishiga doir tadqiqoti bilan dunyoga tanildi. 

Download 4.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling