Глицирризин кислотаси, структураси, ҳисобланган структуралари


 RNK tuzilishining xususiyatlari


Download 4.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/55
Sana17.10.2023
Hajmi4.66 Mb.
#1706774
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   55
Bog'liq
c portal guldu uz SUPRAMOLEKULYAR BIRIKMALAR KIMYOSIGA KIRISH (2)

4.4. RNK tuzilishining xususiyatlari
Tuzilishi va funksiyalarning xususiyatlari jihatidan RNKning uchta asosiy turi 
tafovut qilinadi.
1. Ribosoma RNKlari (rRNK ) — ribosomalarning tarkibiy qismlaridir. rRNK 
ulushiga hujayradagi butun RNK ning taxminan 80 % toʻgʻri keladi; rRNK ning 
uch turi: molekulyar massasi 1,5 mln. atrofida boʻladigan 28 S rRNK (nukleotid 
qoldiqlarining soni
taxminan 4000 ta); molekulyar massasi 700000 atrofida boʻladigan 18 S-rRNK; 
molekulyar massasi 30 000 atrofida (nukleotidlarning qoldigʻi taxminan 100 ta) 
boʻladigan 5 S-rRNK mavjud.

Transport RNKlar (tRNK) hujayradagi butun RNKning taxminan 15%ni 
tashkil etadi. tRNKning birlamchi strukturasi bilan bir-biridan farq qiladigan necha 
oʻnlab turi bor. tRNKning molekulyar massasi 25000 atrofida. tRNK birlamchi 
strukturasining xarakterli xususiyati molekulalarida odatdagidan monomerlaridan 
tashqari minor nukleotidlar deb ataluvchi (kam miqdorlarda boʻladigan) 
monomerlar ham borligidir. Minor nukleotidlar tarkibida odatdan tashqari asoslar 
(masalan: metillangan asoslar) boʻladi; Psevdouridilat kislotada asos bilan riboza 
qoldigʻi oʻrtasidagi bogʻ odatdan tashqari (N – C emas , balki C –C dir);

Matritsa RNK (mRNK) hujayradagi barcha RNK ning taxminan 2%ni 
tashkil etadi. Birlamchi strukturasi jihatidan bir-biridan farq qiladigan juda ham 
koʻp miqdordagi — organizmda turli oqsillar qancha boʻlsa, shuncha miqdorda 
mRNK bor. Matritsa RNKlarini axborot RNKlari, ya‘ni informatsion RNKlar 
(mRNK) deb ham aytiladi. 
RNKning ikkilamchi strukturasi RNK molekulalari DNKdan farq qilib, 
bitta polinukleotid zanjiridan tuzilgandir. Lekin bu zanjirda bir-biriga 
komplementar boʻlgan qismlar borki, ular qoʻsh spirallar hosil qilib oʻzaro ta‘sir 


89 
eta oladi. Bunda A…U va G …S nukleotid juftlari birikadi. Spirallangan qismlarda 
(bularni shpilkalar deb ataladi) odatda kam miqdordagi nukleotid juftlari boʻladi 
(20-30 tacha) va ular spiral boʻlmagan qismlari bilan navbatlashib keladi.
Transport RNKlarning ikkilamchi strukturasi xarakterlidir. Bu RNKlarda spiral 
holiga kelgan toʻrtta qismi va bir zanjirli uchta (ba‘zida toʻrtta) qovuzlogʻi boʻladi. 
Ana shunday struktura tekislikda tasvirlanganida ―beda bargi‖ga oʻxshash shakl 
yuzaga keladi
(30(a)-rasm).
Hujayrada boʻladigan necha oʻnlab turli-tuman tRNK larning hammasi fazoviy 
strukturasi bir xilda boʻlgani holda, lekin tafsilotlari jihatidan bir-biridan farq 
qiladi (30(b)-rasm). Barcha transport RNK larida ribosoma, aminokislota va 
fermentlar bilan bogʻlanadigan qismlar, shuningdek, antikodon deb nomlangan 
uchta nukleotid ketma-ketligi (triplet) mavjuddir.
a)
b) 
30-rasm. a) tRNKning ikkilamchi strukturasining sxemasi: minor nukleotidlar 
alohida qilib ajratilmagan. b) tRNKning ikkilamchi strukturasi: fazoviy modelida 
ba‘zi nukleotidlarning raqamlari k‘orsatilgan. 


90 
Antikodon 
mRNK 
dagi 
(kodon) 
uch 
nukleotidlar 
ketma-ketligiga 
komplementardir. tRNK ayrim qismlarini vazifasi oxirigacha ochilmagan. 
Psevdouridil qovuzloq aminoatsil – tRNK ribosoma bilan bogʻlanishini 
ta‘minlaydi, digidrouridil qovuzloq esa, eHtimol, sayt (joy) sifatida spetsifik 
aminoatsil – tRNK – sintetazani – tanib olish uchun zarurdir. Bundan tashqari, 
yana qoʻshimcha qovuzloq boʻlib, uning tarkibi turli tRNK molekulalarida turlicha 
boʻlib, vazifasi noma‘lum. Antikodon qovuzloqni funksiyasi toʻliq ochilgan. U 7 
nukleotitdan iborat: uchtasi markaziy oʻrinni egallab, yuqori spetsifik antikodonni 
hosil qiladi. Uni ikki tomonida 2 tadan nukleotid joylashgan boʻlib, 
modifikatsiyalangan purin va oʻzgaruvchan asos bir tomonda joylashgan, ikkinchi 
tomonda esa ikkita pirimidin asoslari boʻladi.

Download 4.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling