Глицирризин кислотаси, структураси, ҳисобланган структуралари


Nuklein kislotalarning uchlamchi strukturasi


Download 4.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/55
Sana17.10.2023
Hajmi4.66 Mb.
#1706774
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   55
Bog'liq
c portal guldu uz SUPRAMOLEKULYAR BIRIKMALAR KIMYOSIGA KIRISH (2)

Nuklein kislotalarning uchlamchi strukturasi
DNK molekulasini toʻqima nukleazalari va gidrodinamik destruksiyaga 
yuqori sezgirligi sababli koʻpincha manbalardan DNK nativ molekulasini ajratib 
olish juda qiyindir. Shu sababdan jarohatlanmagan holda virus, mitoxondriya va 
xloroplastlar DNKlarini jarohatlamasdan ajratib olishga muvaffaq boʻlingan. Bu 
molekulalarni fizik (xususan, kristallografiya), fizik-kimyoviy usullar bilan 
tekshirish DNK qoʻsh spiralini ba‘zi qismlarida superspiral yoki ochiq halqali 
shakl hosil qilishi mumkinligi koʻrsatildi. Chiziqli DNK halqali shakldan hosil 
boʻlishi yoki shunday holda tabiatda mavjud boʻlishi mumkin ekan. Ba‘zi 
viruslarda chiziqli va halqali shakldagi bir zanjirli DNK topilgan. 
Bakteriya yoki hayvonlar hujayra mitoxondriyalari DNK molekulasi halqali 
shaklining hosil boʻlishi ularda ochiq oxirlarini kovalent bogʻlanishi natijasida 
vujudga keladi. Ma‘lumki, superspiral struktura DNK molekulasini – 
xromosomada ixcham joylashishiga imkon beradi.
Odam xromosomasida DNK molekulasi choʻzilgan shaklida 8 sm uzunlik 
oʻrniga 5 nm uzunlikda joylashadi. DNK molekulasi superspirallik darajasini 
ma‘lum sharoitlarda sedimentatsiya konstantasini oʻzgarishi bilan aniqlaniladi. 
Zanjirlarni birida yoki qoʻsh spiralni ikkala zanjirida DNK ta‘sirida yoki 


91 
interkalyatsilovchi birikmalar bilan ishlov berilganda DNK superspiralligini buzish 
mumkin. Interkalyatsiya antibiotik va boʻyovchi moddalar ta‘sirida vujudga kelishi 
mumkin (31-rasm).
31-rasm. Nuklein kislotalarning uchlamchi strukturasi.
T-RNK nativ molekulasi deyarli bir xil uchlamchi strukturaga ega. U ―beda 
bargi‖ yassi strukturasidan, molekula turli qismlarini buklanishi hisobiga, juda 
ixchamligi bilan farqlanadi. Ba‘zi viruslarda (reovirus, oʻsimlik oʻsimtalari yara 
viruslari va boshqalar) DNK strukturasi kabi bir xil tipdagi tabiiy ikki zanjirli RNK 
mavduddir. pH muhit, ion ta‘sirlar va haroratni fiziologik darajalarida mRNK, 
rRNK bir zanjirli strukturalari qoʻsh spiral hosil qilishi mumkin, bu esa ularni 
uchlamchi strukturasini ta‘minlab beradi. 

Download 4.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling