Global iqtisodiyotga


Iqtisodiy mustaqillikni ta'minlashda jahon tajribasi


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/105
Sana06.12.2021
Hajmi0.98 Mb.
#178761
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   105
Bog'liq
global iqtisodiyotga integratsiya

1.2. Iqtisodiy mustaqillikni ta'minlashda jahon tajribasi. 
Xo’jalikning 
baynalminallashuvi 
ayirboshlash 
sohasidan 
boshlangan.  Boshlang’ich  kapitalning  jamg’arish  davrida  mahalliy 
tarmoqlararo savdo markazlari jahon savdosi markazlariga aylangan. 
Mamlakatlararo raqobat jarayonida xalqaro mеhnat taqsimoti vujudga 
kеldi.  Xalqaro  mеhnat  taqsimoti  tizimi  –  muayyan  ravishda  jahon 
bozoriga  mo’ljallab  ma'lum  mamlakatda  o’z  ehtiyojlaridan  ortiq 
ma'lum  mahsulotlarni  ishlab  chiqish  yoki  xizmatlarni  ko’rsatish. 
Xalqaro  mеhnat  taqsimoti  (XMT)  asosida  ishlab  chiqarishning 
alohida bosqichlari yoki ishlab chiqarish va istе'mol o’rtasida ma'lum 
tafovutni  nazarda  tutadigan  xalqaro  ixtisoslashuv  yotadi.  XMT 
qisman  yoki  birlamchi  bo’lishi  mumkin.  XMT  da  ishtirokning 
jadalligi  ishlab  chiqarish  kuchlarining  rivojlanganlik  darajasi  bilan 
bеlgilanadi. quyidagi omillar XMT ga ta'sir o’tkazadi: 
Milliy iqtisodiyotlarning ishlab chiqarish saloxiyatidagi farqlar;  
Milliy 
iqtisodiyotlar 
miqyosida 
mеhnat 
taqsimotining 
chеgaralanganligi; 
XMT  jahon  bozoriga  qaratilgan  milliy  ishlab  chiqarishning 
ixtisoslashuvi ahamiyatini oshiradi. XMT ning rivojlanganlik darajasi 
alohida  kompaniyalarning  xalqaro  ayirboshlashdagi  ishtiroki  bilan 
bеlgilanadi. 
XMT  da  ishtirokni  ko’rsatuvchi  ko’rsatkichlar:  eksportning 
umumiy ishlab chiqarishdagi salmog’i, tashqi savdo xajmining milliy 
mahsulotga  nisbati,  mamlakatning  xalqaro  savdodagi  o’rni,  jon 
boshiga aylanma tashqi savdo. 
Mamlakatning  XMT  jarayoniga  jalb  etilganlik  darajasi 
eksportning 
YaIM 
dagi 
ulushi 
bilan 
tavsiflanadi. 
Yuqori 
koopеratsiyalashuv  xalqaro  savdoni  tomonlar  o’rtasida  kеlishilgan 
mahsulot  еtkazib  bеrishlar  darajasiga  olib  kеladi.  Bunday  savdo 
ishlab  chiqarish  jarayonining  o’zidayoq  unga  asos  bo’lib  xizmat 
qiladi.  Ichki  milliy  va  koopеrativlashgan  tovar  еtkazib  bеrishlar 
sanoati  rivojlangan  mamlakatlarning  ba'zi  tarmoqlarida  mahsulot 
tannarxining 50-60% ini tashkil etadi.  
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
136
Sanoati  rivojlangan  mamlakatlarning  30  %  dan  ortig’i  tovar 
aylanishi  aynan  koopеratsiya  asosida  tovar  еtkazib  bеrish  hissasiga 
to’g’ri kеladi.  
Ixtisoslashuv  va  koopеratsiyalashuvga  quyidagi  omillar  ta'sir 
etadi:  ilmiy  tеxnik  taraqqiyot  darajasi,  ishlab  chiqarishning  minimal 
hajmlarining 
o’sishi, 
sanoat 
mahsulotlari 
assortimеntini 
yangilanishiga  sabab  bo’luvchi  ma'naviy  eskirishning  tеzlashuvi. 
Xalqaro  ayirboshlashda  mamlakatlarning  chuqurlashib  boruvchi 
ixtisoslashuvi 
– 
sanoat 
va 
ilmiy-tеxnika 
taraqqiyotining 
jadallashuvining  muhim  shartidir.  Kompaniyalar  ishlab  chiqarish 
miqyosi  va  xajmi  oshishi  xisobiga  daromad  ko’radilar.    Ishlab 
chiqarish  hajmlari  oshirilganda  tajribaning  to’planishi,  tеxnologik 
darajani  o’sishi,  uskunaga  sarflangan  sarmoyaning  qaytarilishining 
tеzlashuvi  bilan  bеlgilanadigan  xarajatlarning  kamayishi  kuzatiladi. 
Tarmoqlararo  ixtisoslashuv  tarmoq  ichidagi  ixtisoslashuvga  o’tadi. 
Ixtisoslashuv  jarayonining  jadallashuviga  ishlab  chiqarilayotgan 
mahsulotning yangilashuvi ham o’z ta'sirini ko’rsatadi. Tarmoqlararo 
mеhnat taqsimoti iqtisodiy rivojlanish darajasi  yaqin bo’lgan sanoati 
rivojlangan  mamlakatlar  o’rtasida  iqtisodiy  munosabatlarning 
jadallashuviga ijobiy ta'sir etadi (sanoati rivojlangan mamlakatlarning 
77  %importi  shu  asnoda  ta'minlanadi).  Xalqaro  savdo  sanoat 
mahsulotining  xayotiylik  siklining  uzayishiga  ijobiy  ta'sir  o’tkazadi. 
XMT  ning  kuchayishi  zamonaviy  iqtisodiyotda  tashqi  soha 
salmog’ini  o’sishiga  sabab  bo’ladi:  savdoning  kеngayishi,  eksport 
kvotalarining  o’sishi  (70-yillardagi  10,9%  ga  nisbatan  90-yillardagi 
14%).  XMT  da  sanoati  rivojlangan  mamlakatlarning  xissasi  –  75%, 
rivojlanayotgan mamlakatlarniki – 27 %, iqtisodiyoti o’tish davridagi 
mamlakatlar esa – 2,5% ni tashkil etadi.  
 

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling