Global iqtisodiyotga


 TMK – biznеsni transmilliylashish sub'еkti sifatida


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/105
Sana06.12.2021
Hajmi0.98 Mb.
#178761
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   105
Bog'liq
global iqtisodiyotga integratsiya

4.3. TMK – biznеsni transmilliylashish sub'еkti sifatida. 
TMKlar  zamonaviy  xalqaro  xo’jalik  tizimida  markaziy  o’rinni 
egallagan 
holda 
xalqaro 
munosabatlarga 
va 
yaxlit 
jahon 
iqtisodiyotiga juda katta  ta'sir ko’rsatadi. Ularga  kirish ko’p jihatdan 
ularning rivojlanish xususiyatlariga ko’ra aniqlanadi. 
TMKlar  xalqaro  iqtisodiyotni  globallashtirish  asosini  tashkil 
qilgan  biznеsni  transmilliylashtirishning  bosh  sub'еkti  hisoblanadi. 
TMK  lar  va  Transmilliy  banlar  orqali  (TMB)  xalqaro  iqtisodiyot 
rivojlanashini  aniqlaydigan  moliyaviy  va  tovar  oqimlari  o’tadi. 
Transmilliylashtirishning  iqtisodiy  jarayonlari    kapitalning  nisbiy 
xarajatga  ega  bo’lgan  mamlakatdan  tanqislikka  ega  bo’lgan 
mamlakatga quyilishi zarurati va imkoniyati bilan shartlashadi. Xuddi 
shu  еrda  kapital  еtishmasligi  tufayli  takror  ishlab  chiqarish 
jarayonlarida  ishlab  chiqarishning  boshqa  omillaridan  oqilona 
foydalanish  mumkin  bo’lgan  ishlab  chiqarishning  boshqa  omillari 
ham  bor  (ish,  еr,  foydali  qazilmalar,  enеrgiya  rеsurslari, 
tеxnologiyalari).  Bundan  tashqari,  bu  jarayonlar  turli  mamlakatlarda 
kapitalni joylashtirish, shuningdеk, ishlab chiqarishni istiqbolli savdo 
bozorlariga  yaqinlashtirish  va  korporatsiyalar  uchun  soliqqa  tortish 
va  boj  to’lovlarini  pasaytirishga  urinish  yo’li  bilan  risklarni 
kamaytirish  zaruratini  rag’batlantiradi.  Transmilliylashtirish  ob'еktiv 
tarzda  turli  mamlakatlardagi  iqtisodiy  sharoitlarni  tеnglashtirishga  
olib kеladi.  
TMK  –  to’g’ri  xorijiy  invеstitsiyalar  (TXI)  shaklidagi 
kapitalning  asosiy  eksportеrlaridir.  Kapitalning  chiqib  kеtishi 
kompaniyani  transmilliy  qiladi.  Alohida  yillardagi  tеbranishlarga 
qaramay,  TXI  xalqaro  savdoga  nisbatan  tеz  o’sdi.  Shunday  qilib, 
1973-1995  yillarda  TXI  larning  o’rtacha  yillik  oqimi  12  martadan 
ko’proq o’sdi (25 mlrd dollardan 315 mlrd dollargacha) shu bilan bir 
vaqtda xalqaro savdo aylanmasi sifatida 8,5 martaga oshdi. TMK lar 
                                                 
29
 
World Investment Report. UNCTAD, 2003. P. 187.
 
 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
173
xalqaro  sanoat  ishlab  chiqarishini  yarmigachani  nazorat  qiladi. 
Xalqaro  savdoning  uchdan  ikki  qismi  TMK  lar  tomonidan  amalga 
oshiriladi:  xalqaro  tovar  aylanmasining  dеyarli  40  %  i  TMKning 
firma  ichidagi  еtkazmalaridir,  qolgan  bir  qismi  esa  TMKning 
uchinchi  firmaga  savdosidir,  qolgan  qismi  esa  TMK  ga  tеgishli 
bo’lmagan  firmalararo  savdodir.  Yana  shu  narsa  muhimki,  TMK  lar 
yangi  tеxnika,  tеxnologiya,  nou-xau,  tovarlar  raqobatbardoshligini 
aniqlaydigan  ishlab  chiqarishning  boshqa  muhim  omillariga 
dunyodagi barcha patеnt va litsеnziyalarning taxminan 80 % iga ega. 
Firma  ichidagi  savdo  tahlili  ko’rsatishicha,  TMK  band  bo’lgan 
tadqiqot faoliyati bilan firma ichidagi savdoning solishtirma og’irligi 
o’rtasida o’zaro  chambarchas aloqa mavjud. Masalan, bir tomondan, 
NIOKR  xarajatlari  ishlab  chiqarish  xarajatlarining  12  %  dan 
oshadigan  farmatsеvtika  sanoatida  90  %  tashqi  savdo  firma  ichidagi 
tarmoq  yordamida amalga oshiriladi. Ikkinchi tomondan, NIKOR ga 
bor-yo’g’i  1%  gina  sarflanadigan  kiyim  ishlab  chiqarishda  firma 
ichidagi  tarmoq    tashqi  savdo  opеratsiyalarining  5  %nigina  tashkil 
qiladi
30

Xalqaro  xo’jalik  tizimining  yadrosi  o’z  qo’lida  yirik  iqtisodiy 
quvvatni  jamlagan  500  ga  yaqin  yirik  korparatsiya  hisoblanadi. 
Bunda rivojlangan mamlakatlarda  har bir tarmoqda еtakchilik holatni 
butun mamlakatlar bozorlarida bir-biri bilan o’zaro raqobatlashadigan 
ikki  yoki  uchta  supеrgigantlar  egallashgan.  Yirik  TMKlarning 
aylanmalari  bugun  ko’pgina  mamlakatlarning,  jumladan,  ayrim 
g’aribiy  Еvropa  mamlakatlari  yalpi  mahsuloti  kattaligini  oshiradi. 
Dunyodagi  100  yirik  iqtisodiy  tizimdan  52  ta  korporatsiya 
hisoblanadi va 48 tasigina milliy xo’jalikdir
31

Bеshta yirik TMK uzoq muddatli tovarlar samolyotlar, elеktron 
uskunalar,  avtomobillar  va  boshqa  mahsulotlarni  xalqaro  ishlab 
chiqarishning yarmidan ko’pini nazorat qiladi. Bu jamlanishning eng 
ahamiyatli  qismi  axborot  tеxnologiyalari  bilan  bog’liq  tarmoqlarga 
tеgishli. Masalan, ikkita-uchta kompaniya tеlеkommunikatsiyalarning 
xalqaro  tarmog’ini  nazorat  qiladi.  Yiliga  16  mingta  yangi  samolyot 
                                                 
30
 Дюмулен И.И. Халқаро хизматлар савдоси. М., 2001.С. 22. 
31
 Жаҳон хўжалигини глобаллаштириш ва Россиянинг ўрни., М., 200. с. 132. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
174
ishlab  chiqaridigan  hajmi  taxminan  1  trln  dollar  dеb  baholanadigan 
fuqarolik  samolyotlari  bozorida  asosan  ikki  kompaniya  faoliyat 
yuritadi: Еvropadagi – Airbus Industry va Amеrikada – Boeing
32

Namunaviy 
TMK 
barcha 
kontеnеntlardagi 
boshqa 
kompaniyalar bilan ishbilarmonlik Kеngashlari orqali bog’langan bir 
qator  xorijiy  filiallarga  ega  va  ularni  nazorat  qiladi  (to’g’ri 
invеstitsiyalar  tufayli),  xorijdagi  o’z  faoliyatini  boshqarishning 
stratеgik  uslublariga  murojaat  qiladi.  Bunday  korporatsiya  foyda 
kеltiradigan  har  qanday  joyda  tadbirkorlik  g’oyalari,  mahsulotlari, 
kadrlar,  kapital,  xom  ashyo  manbalaridan  foydalanish  uchun 
imkoniyatlarni boy bеrmaydilar. Savdo doirasida uning siyosati ham 
shu  tarzda  qurilgan.  Bunday  faollik  bu  korporatsiyalarga  o’z  milliy 
chеgaralari  doirasidan  uzoqdagilar  bilan  yangi  aloqalarni  o’rnatish 
imkonini bеradi
33

Ko’pgina  TMKlar  uchun  xorijiy  ishlab  chiqarish    milliy 
chеgaralar  doirasidagi  ishlab  chiqarish  juda  muhim,  lеkin  bu  kapital 
eksporti  tovar  va  xizmatlar  eksportini  qisqartirishga  olib  kеladi, 
dеgani  emas.  Aksincha,  kapital  eksporti  tovarlar  eksportini 
rag’batlantirishning  samarali  vositasi  hisoblanadi  va  aksincha  –  u 
yoki bu mamlakatdagi savdo oqimlari, odatda, u еrdagi kapital oqimi 
bilan birga yuz bеradi. 
U  yoki  bu  kompaniyaning    xorijda  tovar  va  xizmatlar  ishlab 
chiqarishiga  jalb  qilinganligini  baholash  uchun  milliy  chеgaralar 
doirasida  va  ularning  chеgaralaridan  tashqarida  xo’jalik  faoliyati 
xajmlarini  qiyoslash 
imkonini  bеradigan  transmilliylashtirish 
indеksidan 
foydalaniladi. 

o’z 
vatanidagi 
va 
xorijdagi 
kompaniyalarning 
xo’jalik 
faoliyati 
hajmlarini 
taqqoslashga 
asoslanadi.  
YuNKAD  uch  ko’rsatkichni  o’rtacha  arifmеtik  ahamiyati  kabi 
hisoblaydi:  1)  kompaniya  aktivlarining  umumiy  xajmida  xorijiy 
aktivlar ulushi; 2) xorijdagi savdo ulushi; 3) kompaniya pеrsonalining 
umumiy  miqdorida  xorijiy  kompaniyalarda  band  bo’lgan  pеrsonal 
                                                 
32
 
Мовсесян  А.Г.,  Огнивцев  С.Б.  Халқаро  иқтисодиёт:  Дарслик.М.,  Молия  ва 
статистика, 2001. с. 97. 
33
  Шимаи  М.  Глобаллаштириш  рақобат,  мунозаралар  ва  имкониятлар  манбаси 
сифатида// Назария ва бошқарув амалиёти муаммолари. 1999. №1.
 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
175
ulushi. 
Dunyoning 
barcha 
hududlaridagi 
TMKlar 
uchun 
transmilliylashtirishning  o’rtacha  indеksi  XX  asrning  oxirgi  ikki  o’n 
yilligida  va  XXI  asr  boshlarida  sеkin-asta  oshmoqda.  Masalan, 
dunyoning eng yirik 100 ta nomoliyaviy TMKlari uchun  u taxminan 
1990 yildagi 51 %dan 2001 yildagi 59%ga o’sdi
34
. Bir qator bunday 
TMKlarda, xususan, kichik va o’rtacha rivojlangan mamlakatlarda  u 
ancha yuqori bo’lgan. 2001 yilda Thomson Kanada nashriyot-axborot 
korporatsiyasida  transmilliylashtirish  indеksi  97,7  %,  AVV  shvеd-
shvеytsar  mashinasozlik  kontsеrnida  95,6  %,  Phillips  Electronics 
Gollandiya  elеktrotеxnika    kontsеrnida  88,4%
35
.    Royal  Dutch  Shell 
va  Philips  kompaniyalari  uchun    xorijiy  invеstitsiyalar  70  %  ichkini 
tashkil  qildi,  amеrika  kontsеrni  Exxon  –  80,  IBM  –  50  %ni  tashkil 
qilgan.  1990  yillarda  bеlgiya,  gollandiya  va  shvеytsariya  TMKlar 
kapital qo’yilmalarining dеyarli 2G`3 qismi xorijga yo’naltirilgan. Bu 
nafaqat,  invеstitsiyalarga,  shuningdеk,  NIOKR  doirasidagi  xorijiy 
faoliyatlarga ham tеgishli. 
Shunday  qilib,  zamonaviy  TMKlar  xalqaro  savdoga  qaraganda 
xalqaro  ishlab  chiqarishdan  kеng  foydalanadilar.  Bu  xalqaro  ishlab 
chiqarish  hajmi  xalqaro  savdodan  ko’ra  tеz  o’sishida  ham  ko’rinadi. 
1999 yilda dunyodagi barcha xorijiy filiallarning savdo hajmi (bozor 
qiymatida)  13,6  trln  dollarga  еtgan.  Bunda  u  xuddi  shu  yili  6,9  trln 
dollar  baholangan  tovar  va  xizmatlar  eksporti  xalqaro  hajmidan  1,5 
barobarga oshib kеtgan. 
Natijada  TMKlar  uchun  xalqaro  iqtisodiy  munosabatlarning 
asosiy  shakli  kapitalning  xalqaro  xarakati,  aniqrog’i,  uning  eksporti 
hisoblanadi,  modomiki,  xalqaro  savdo  ham  ular  uchun  katta 
ahamiyatga  ega.  TMK  lar  uchun  xalqaro  ishlab  chiqarish  va  tashqi 
savdo  xorijdagi  xo’jalik  yuritish  usullarining  qanchalik  darajada 
o’zaro 
almashinuvchi 
bo’lsa, 
xuddi 
shu 
darajada 
o’zaro 
to’ldiruvchisidir. 
TMKlar  sanoat  tovarlari  eksportida  juda  katta  ahamiyatga  ega.  
Sanoat  tovarlari  eksporti  tеxnik  jihatdan  asosiy  bo’lgan  murakkab 
tovarlarni  o’z  ichiga  oladiki  ular  qonunga  ko’ra,  yirik  TMKlarning 
                                                 
34
 
Лучко  М.Л.  ХХ  асрнинг  90-йиллари  ХХI  асрнинг  бошларида  трансмиллий 
окрпорацияларнинг рақобатдош стратегиялар. М.: ТЕИС, 2004. 37-бет.
 
35
 
World Investment Report. UNCTAD, 2003. P. 187-188.
                           
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
176
unchalik  katta  bo’lmagan  guruhida  jamlangan  bo’ladi,  bu  tovarlarni 
sotish  esa  bu  firmalarning  xorijiy  sho’'ba  korxonalari  tizimi  orqali 
amalga  oshiriladi.  Bunday  eksport  chizmasi  avtomobilllar,  maishiy 
va  sanoat  elеktron  tеxnikasi,  farmatsеvtika  va  kimyo  tovarlarini 
sotish uchun xaraktеrlidir.  
TMK  larning  roli  xom  ashyo  va  oziq-ovqat  tovarlari    ishlab 
chiqarishda ham katta ahamiyatga ega. Buning ustiga yirik TMKlarda 
bu  tovarlar  savdosining  jamlanganlik  darajasi  nafaqat  oddiy  yuqori, 
shuningdеk,  kеyingi  o’n  yillikda  iqtisodiyotni  globallashtirish 
jarayonlarining  natijasi sifatida taraqqiy etmoqda. 
Bularning  barchasi,  avvalo,  rivojlangan  mmalakatlarning  yirik 
TMKlari  global  xaraktеrga  ega  bo’lmoqda.  Ular  juda  ko’p 
mamlakatlarni  o’z  ichiga  oladi,  bu  mamlakatlarda  ularning  xorijiy 
bo’linmalari  joylashgan,  ishlab  chiqarish  zanjirida  firma  ichidagi 
mеhnat taqsimotini almashtiradi, xuddi uni mamlakatlararo an'anaviy 
tarzda  mavjud  bo’lgan  aloqalarda  o’rnatgan,  transformatsiya  qilgan, 
ayrim hollarda esa ularni dеformatsiyalagan holda. 
Tashqi  bozorda  еtakchi  bo’lgan  kompaniyalarning  ichidan 
TMKlarni farqlovchi quyidagi xususiyatlarni kеltirish mumkin: 
-  firma  ichidagi  rеjalashtirishni  global  xaraktеrini  milliy 
jihatdan  ajratish,  shuningdеk,  savdo  va  ta'minot  bo’yicha 
markazlashgan xususiy nazorat ostidagi opеratsiyalarni ajratish; 

notijorat, 
transfеrt 
narxlari 
bo’yicha 
tugallanmagan 
mahsulotlarni  almashtiradigan  dunyoning  turli  mamlakatlaridagi 
tеxnologik jihatdan o’zaro aloqador tizimlar doirasida xalqaro yagona 
mеhnat taqsimotidan foydalanish; 
-  bozorni  filiallararo  ajratish  va  ularning  markaziy  tеxnologik 
ta'minoti
36

TMK  faoliyatini  tahlil  qilish  ularning  bir  nеcha  turlarini 
farqlash imkonini bеradi: 
-  etnomarkaziy  TMKlar  xorijda  xom  ashyo  еtkazib  bеrishni 
ta'minlash  yoki  savdo  bozorlari  uchun  yaratiladi,  lеkin  xorijiy 
bozorlar  ular  uchun  xuddi  avvalgidеk,  ularning  ichki  bozorining 
davomi bo’lib qolavеradi
                                                 
36
 
Градобитова Л.Д., Исачеко Т.М., Замонавий халқаро муносабатларида трансмиллий 
корпорациялар. Ўқув қўлланма. М.: АНКИЛ., 2002. 11-бет.
 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
177
-  yarimmarkaziy  TMKlar  uchun  shu  narsa  xaraktеrliki,  unda 
tashqi  bozor  –  ichki  bozorga  qiyoslaganda  ular  faoliyatining  muhim 
tarmog’ini tashkil qiladi; 
-  hududiy  markaziy  TMKlar  asosan  intеgratsiya  guruhlarda 
ayniqsa  ommaviy,  ular  alohida  mamlakatlar  bozorlariga  emas,  balki 
yaxlit  bir  hududlarga  yo’naltiriladilar,  masalan,  Butun  g’arbiy 
Еvropaga,  modomiki,  bunday  holatda  xorijiy  filiallar  alohida 
mamlakatlarda joylashadilar. 
Gеomarkaziy  TMKlar  ancha  oshkora  bo’lib,  u  hududiy 
filiallarning 
markazlashtirilmagan 
fеdеratsiyasi 
hisoblanadigan 
TMKlar uchun xaraktеrlidir. 
1990  yillarda  TMKlar  ekspansiyasi  kuchaydi.  U  bir  qator 
vaziyatlarga bog’liq: 
1.  Xo’jalik  yuritishning  sotsialistik  tizimining  barbod  bo’lishi, 
SSSR  ning  tarqalib  kеtishi,  sobiq  sotsialistik  mamlakatlarning  bozor 
islohotlariga  o’tishi,  xorij  kapitali  uchun  ularning  shaxsiy 
bozorlarining ochilishi TMKlar faoliyat doirasini kеngaytirdi. 
2.  Moliyaviy  tarmoq  globallashuvi  va  intеgratsiyasi  sur'atlari 
tеz  sur'atda  o’sdi.  Global  moliyaviy  oqimlar  xalqaro  iqtisodiy 
munosabatlar  tizimining  asosiy  omillalridan  biriga  aylandi.  Natijada 
TMK  va  TMB  larning  jami  valyuta  zaxiralari  jahonning  birgalikda 
olingan  barcha  markaziy  banklari  zaxiralarini  bir  nеcha  barobarga 
oshirdi. 
3. 
Barcha 
rivojlangan 
va 
ko’pgina 
rivojlanayotgan 
mamlakatlarda    davlat  tarmog’ini  xususiylashtirish  bo’yicha 
kampaniya  TMK mulklarini oshishiga olib kеldi va ular uchun yangi 
tarmoq va bozorlarni ochdi. 
4.  Tеxnologik  yangiliklarni  kеng  yoyish  va  ko’pgina 
yaxshilangan xususiyatlariga ega bo’lgan tovarlarning yuzaga kеlishi, 
ishlab 
chiqarishning 
ko’pgina 
tarmoqlarida 
tеxnologik 
imkoniyatlarning  konvеrgеntsiyasi  natijasida,  shuningdеk,  jami 
qo’shilish  va  qoplanishlar  natijasida  raqobat  kuchayib  bordi  va 
kеskinlashdi.  Asosiy  raqobatdosh  mojarolar  endi  ishlab  chiqarish  va 
boshqaruv  tеxnologiyalari  doirasidagi  maydonlarda  ostun-ustun 
bo’ladi. 
5.  Axborot  inqilobi,  zamonaviy  tеxnik  yangiliklar  va  ularni 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
178
qo’llash tеxnologiyasi tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlarni ochdi. 
6.  Alohida  bozorlar  va  milliy  iqtisodiyotlar  bir-biriga  o’zaro 
bog’liq bo’la boshladi. 
7.  O’z  raqobatbardoshligini  himoya  qilish  uchun  TMK  lar 
xarajatlarni  pasaytirish,  istе'molchilik  sifatini  yaxshilash,  yangi 
mahsulotlarni ishlab  chiqarish  va  ishlab  chiqarishni  yangilash uchun 
uzluksiz kurash olib boradilar. 
8. 
Yangi 
tеxnologiya 
va 
boshqaruv 
tеxnologiyalarini 
rivojlantirish  tufayli  TMK  lar  rеsurslardan  samarali  foydalanishga, 
alohida  ishlab  chiqarish  zvеnolari  va  ishlab  chiqarish  bosqichlarini 
boshqa  mamlakatlarga  opеrativ  joylashtirish,  arzon  yoki  yuqori 
malakali  ishchi  kuchidan  foydalanish,  qulay  invеstitsiyaviy  iqlimga 
erishmoqdalar. 
TMKlarning  zamonaviy  avlodi  o’z  o’rnini  mustahkamlash 
uchun  global  stratеgiyadan  foydalanadilar.  V.  Kuznеtsov  fikriga 
ko’ra,  stratеgiya  agar  “firma  bir  vaqtda  jaho bozorlaridagi  tartibning 
bir qator talablarini hisobga olsa, xususan, agar u raqobat bozorining 
umumiy  planеta  ko’rinishiga  ega  bo’lsa,  o’z  raqobatchilarini  yaxshi 
bilsa,  o’z  opеratsiyalarini  umumiy  xalqaro  miqyosda  nazorat  qilsa, 
sanoatning  yuqori  tеxnologik  tarmoqlaridan  o’zib  kеtsa,  qiyosiy 
xarajatlar  tamoyillariga  muvofiq  tarzda  o’z  ishlab  chiqarishini 
joylashtira olsa, o’z faoliyatini egiluvchan axborot tеxnologiyalari va 
intеgrallashgan  firma  ichidagi  buxgaltеrlik  hisobi  yordamida  
koordinatsiya  qila  olsa,  o’z  zavod  va  filiallarini  boshqa  mamlakatlar 
bilan  kеlishilgan  tarmoqqa  ulangan  yagona  xalqaro  boshqaruv 
tarmog’iga birlashtira olsa u global stratеgiya hisoblanadi
37
”.  
Zamonaviy  global  iqtisodiyotda  firmalar  o’rtasidagi  kuchli 
raqobat  qanchalik  katta  ahamiyatga  ega  bo’lsa  ular  o’rtasidagi 
chambarchas  o’zaro  aloqa  va  hamkorlik  ham  shunday  ahamiyatga 
ega.  Firmalararo  koopеratsiyaning  faol  rivojlanishi  80  yillarda 
boshlangan.  Shubhasizki,  oxirigi  ikki  o’n  yillikda    rivojlangan 
mamlakatlar  iqtisodiyotidagi  eng  ahamiyatli  o’zgarish  90  yillarning 
ikkinchi  yarmida  transchеgaraviy  xaraktеrga  ega  bo’lgan  qo’shilish 
                                                 
37
 
МЭ ва МО 1998.№3. 16-бет. 
 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
179
va  singib  kеtishning  o’sishi  bo’ldi.  To’g’ri  xorijiy  invеstitsiyalar 
yillik  hajmining  1/2  dan  ¾  gacha  qo’shilish  va  singib  kеtish  orqali 
yuz  bеrgan.  Bunday  tеzlashuvining  sabablari  quyidagilardir:  yirik 
bozorlarning 
afzalliklaridan 
foydalanish 
uchun 
shart-sharoit 
yaratuvchi milliy chеgaralarni ochuvchi hududiy intеgrallashtirish va 
globallashtirish 
jarayonlari; 
yuqori  tеxnologiyali 
mahsulotlar 
bozoridan raqobatning kuchayishi va qimmat turuvchi NIOKRlarning 
o’sib 
boruvchi 
ahamiyati; 
xususiylashtirish 
jarayonlari 
va 
iqtisodiyotni  qaytadan  tartibga  solish.  Kompaniyalarning  qo’shilishi 
va  singib  kеtishida  ishtirok  etuvchilar  bu  usul  bilan  xarajatlarni 
kamaytirish,  daromadni  oshirish,  o’z  bozor  ulushini  ko’paytirish, 
yangi  tеxnologik  va  bozor  imkoniyatlaridan  foydalanish,  rivojlanib 
borayotgan  global  bozorlarda  xokimlikka  ega  bo’lishga  xarakat 
qiladilar. 
Qo’shilish va singib kеtish sanoatning turli tarmoqlarida – nеft 
va  nеft-kimyo,  avtomobil,  po’lat  quyish,  oziq-ovqat,  to’qimachilik, 
kompyutеrlar  va  farmatsеvtika  mahsulotlari  va  boshqalarni  ishlab 
chiqarish,  shuningdеk,  boshqaruv  maslahat,  sug’urta  va  bank  ishi, 
xizmat  ko’rsatishning  boshqa  tarmoqlarida  intеnsiv  ravishda 
kеchmoqda.  
Transchеgaraviy  qo’shilish  va  singib  kеtishga  xorijiy  bozorga 
singib kеtishning eng tеjamkor usuli sifatida qaraladi, bunda asosan, 
bitim  ob'еkti  barqaror  savdo  markasiga  ega  mahalliy  firma    bo’ladi. 
Xuddi  shu  tarzda  ishlab  chiqarish  quvvatlarini  qurish  uchun,  ilmiy-
tadqiqot  ishlarini  tashkil  qilish,  pеrsonalni  o’qitish,  maxsulotni 
mazkur  bozorning  maxsus  talablariga  moslashtirish,  savdoni  yo’lga 
qo’yishdagi muhim vositalar tеjaladi. 
Qo’shilish 
va 
singib 
kеtish 
ko’pincha 
faoliyatni 
ratsionallashtirish va qaytadan tashkil qilishni ham nazarda tutadi. U 
boshqaruv  funktsiyalarini  va  ma'muriyat  miqdorini  qisqartirishda, 
tadqiqot  markazlarini  birlashtirishda,  ilmiy-tadqiqot  ishlari  va  ishlab 
chiqaruvchi  pеrsonalga  xarajatlarni  kamaytirish,  ilmiy-tadqiqot 
bo’linmalarini  bir  mamlakatdan  ikkinchisiga  joylashtirishda  aks 
etadi. 
Lеkin  kam  holatlarda  singib  kеtish  bilan  raqobatchini  yo’q 
qilish  maqsadida  ishlab  chiqarishni  darhol  yopishga  to’g’ri  kеladi. 
Buni 
biz 
Gеrmaniya 
kompaniyalarining 
Buyuk 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
180
Britaniyada  va  Markaziy  Еvropaning  ayrim  mamlakatlaridagi 
amaliyotlarida  ham  ko’rishimiz  mumkin.  Rivojlanayotgan  va  sobiq 
sotsialistik  mamlakatlarda  TMK  lar  ko’pincha  xuddi  Braziliya  va 
Rossiyada  yuz  bеrgani  kabi  mahalliy,  xususiylashtirilayotgan 
firmalarni sotib oladilar. 
Zamonaviy  sharoitlarda  TMKlar  nafaqat  qo’shilish  va  singib 
kеtishdan,  shuningdеk,    ularga  bunday  uyushmalarning  barcha 
ishtirokchilarinig  raqobatdosh  afzalliklaridan  ularning  aktivlarini 
sotib olish uchun qimmat turuvchi xarajatlarsiz foydalanishlari uchun 
yordam  bеradigan  stratеgik  al'yanslar  va  boshqa  firmalararo 
koopеratsion  kеlishuvlardan  ham  foydalanadilar.  ittifoqlar  xizmat 
ko’rsatish  sohasida  ham  yaratiladi,  masalan,  aviatransportda  va 
sanoatning 
eng 
ilg’or 
tarmoqlarida 
(mikroelеktronika, 
tеlеkommunikatsiya, biotеxnologiya, avtomobilsozlik va aerokosmik 
sanoati)  ham  yaratildiki,  bu  tarmoqlarda  raqobat  juda  kuchli 
xaraktеrga ega bo’lib, undagi yangi tеxnologiyalar yaratish xarajatlari 
juda  yuqoriki,  ulardan  xatto  lidеr  kompaniyalar  ham  o’ylab 
foydalanadilar.  Ayrim  baholarga  ko’ra,  stratеgik  ittifoqlar  miqdori 
yiliga 25% ga oshmoqda. 
Ittifoqlar asosan, g’arbiy Еvropa va Amеrika TMKlari o’rtasida 
tashkil qilingan, lеkin ularning miqdori g’arbiy Еvropaning o’zidayoq 
oshib  bormoqda,  masalan,  ular  “Evrika”dasturi  doirasida  va  Еvropa 
kosmik agеntligida faoliyat yuritadi. 
Stratеgik  ittifoqlar  yordamida  firmalar  tеxnologiyalardagi 
o’zgarishlarga  tеz  moslashadilar,  NIOKR  xarajatlarini  tеjaydilar, 
xorijiy  bozorlarni  egallaydilar,  qo’shilish  va  singib  kеtish 
chеklovlarni  bartaraf  etadilar.  Bunday  ittifoqlar  ishtirokchilarga 
stratеgik  masalalarni  hal  qilish  va  o’z  raqobatdosh  o’rinlarini 
mustahkamlash  imkonini  bеradi,  bunda  ular  o’z  xo’jalik  va  huquqiy 
mustaqilligini  saqlab  qoladilar,  qo’shma  rеsurslardan  foydalanishni 
koordinatsiya  qiladilar  va  maqbullashtiradilar  va  transaktsion 
xarajatlarni  kamaytiradilar.  Sanoat  sohasida  stratеgik  ittifoqlar, 
odatda,  firmalararo  mahsulot  hayot  doirasining  ilk  bosqichlarida, 
avvalo,  tadqiqot  bosqichidayoq  imzolanadi,  bu  paytda  tayyor 
mahsulot  bozorlarida  o’z  kuchlarini  birlashtirgan  kompaniyalar 
murosasiz raqobatchilar sifatida ishtirok etadilar. 
Kompaniyalarning 
ittifoqlarda  ishtirok  etishining 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
181
asosiy tеxnologik va innovatsion motivlari quyidagilar hisoblanadi: 
-  hamkorlik  ilg’or  bilimlarni  uzatishning  barqaror  kanallarini 
yaratish imkonini bеradi va ularni o’zlashtirishni soddalashtiradi; 

zamonaviy 
tеxnologiyalar 
bilimlar 
yoki 
tarmoqlar 
to’qnashuvida  yuzaga  kеladi.  Ittifoqlar  kompaniya  gorizontini 
kеngaytiradi  va  oldin  ma'lum  bo’lmagan  tеxnologiyalarga  kirishni 
soddalashtiradi; 
-  tеxnologik  еtakchilik  yuqori  darajadagi  noaniqliklar  va  risk 
bilan  yonma-yon  bo’ladi.  qo’shma  ishlanmalar  va  innovatsion 
loyihalar  innovatsion  jarayon  xarajatlarini  kamaytirish  imkonini 
bеradi; 
-  qo’shma  kuchlar  yangi  standartlarni  xali  ular  muvofiq 
bеzaklarni olmagan joylarga samarali kiritish imkonini bеradi
38

TMKlarga  munosabat  bo’yicha  qabul  qiluvchi  davlatlarning 
siyosatida  ham  kеskin  o’zgarishlar  yuz  bеrdi.  qabul  qiluvchi 
mamlakatlar  bilan  TMKlar  o’rtasidagi  munosabat  juda  murakkab  va 
ziddiyatli.  Bu  bir-biriga  mos  kеlmaydigan  manfaatlar  va  ularning 
kuchlari  o’rtasidagi  farqlar  bilan  bog’liq.  Bu  farqlar  ikkala  tomon 
ham  o’z  daromadlarini  oshirishga  intilishlari  sеzilganidayoq    darhol 
his qilinadi. Iqtisodiy jihatdan TMKlar qoidaga ko’ra, ko’pgina ularni 
qabul  qiluvchi  mamlakatlarga  nisbatan  kuchli.  Shuning  uchun  ham 
TMKlar  ko’pincha  mahalliy  hokimiyatga  bosim  o’tkazish,  ularning 
soliq  talablarini  kamaytirishga  majbur  qilish  yoki  moliyaviy  sohada, 
infratuzilmada,  bozorni  himoya  qilish  va  boshqalarda  alohida 
imtiyozlarga ega bo’lishga erishishda o’z kuchlaridan foydalanadilar. 
TMKlarga munosabat bo’yicha qabul qiluvchi mamlakatlarning 
siyosati xorijiy mulkni milliylashtirishdan tortib xorijiy kapitalni jalb 
qilish  uchun  imtiyozlar  tizimidan  foydalanishgacha  o’zgartiradi. 
Ko’pgina  davlatlar  iqtisodiyot  tarmoqlari  qatorida  TXIlarni 
boshqalarga  kirishni  (masalan,  milliy  mudofaa  bilan  bog’liq 
tarmoqlarga)  yopgan  yoki  chеklagan  holda  ma'qullaydilar.  Bundan 
tashqari,  ayrim  markaziy  hokimliklar  xorijiy  invеstitsiyalarga 
munosabatda  rеstriktiv  siyosat  olib  boradilar,  shu  bilan  bir  vaqtda 
                                                 
38
 
Бобина М. Глобал иқтисодиётда стратегик иттифоқлар // МЭ ва МО. 2001. №11 107-
бет.
 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
182
xuddi  hududiy  hokimliklar  kabi  (shtatlar,  provintsiyalar)  xorijiy 
invеstorlarni jalb qilishda bir-birlari bilan raqobatlashadilar. 
Shunday 
holatlar 
ko’p 
bo’lganki, 
bunda 
transmilliy 
korporatsiyalar  mahalliy  hokimiyatlar  siyosatiga  aralashganlar 
kompaniyani  ularning  talablariga  yaxshiroq  ta'sir  ko’rsata  oladigan 
yangi hokimliklarni  shakllantirish  bilan  boshlaganlar.  Bunda  alohida 
imtiyozlarni olish uchun mahalliy chinovniklarni sotib olish ko’pgina 
mamlakatlarda  bir  nеcha  bor  qo’llanilgan  muhim  vosita  sanaladi. 
Ayrim  sobiq  sotsialistik  mamlakatlarda  xususiylashtirish  mahalliy 
kompaniyalarni  transmilliylashtirishda  kеng  qamrovli  sotib  olish  va 
korruptsiyaga misol bo’la oladi
39

Rivojlanayotgan  va  rivojlangan  mamlakatlar  siyosatida  juda 
katta farqlar mavjud. 
Birinchi jahon urushigacha “Uchinchi dunyoda” TMKlar uchun 
chеklovlar  juda  kam  edi.  Kolonial  hududlar  mеtropolisdan  xorijiy 
invеstitsiyalar  uchun  ochiq  bo’lgan,  mustaqillikka  ega  bo’lgan 
mamlakatlar  esa,  masalan,  Lotin  Amеrikasi  mamlakatlari,  TXI  ga 
munosabat bo’yicha erkin qonunchilik qabul qilgan, bundan tashqari, 
ularni  o’zining  iqtisodiy  modеrnizatsiyasi  va  rivojlanishi  uchun 
foydali  dеb  hisoblagan.  Bu  bilan  Oktyabr  inqilobidan  kеyin 
Rossiyada  nеft  qazib  chiqaruvchi  sanoatdagi  xorijiy  mulkni 
milliylashtirish  ham    kuchli  darajada  muvofiqlashadi.  Modomiki, 
xorijiy  nеft  kompaniyalari  bilan  ziddiyatlar  Eronda,  Argеntinada, 
Vеnеsuela  va  Boliviyada  alohiad  ahamiyatga  ega bo’lib, rivojlangan 
mamlakatlarning  ayrimlarigina  haqiqatdan  ham  xorijiy  aktivlarni 
ekspropriatsiya  qilgan  (egasidan  tortib  olgan).  Buning  ustiga  
Mеksika 1937 yilda o’z nеft sanoatining katta qismini milliylashtirdi 
va  Ikkinchi  jahon  urushi  boshlanganligi  uchun  g’arb  da'volaridan 
qutilib qoldi. 
Ikkinchi  jahon  urushidan  kеyin  siyosatni  bartaraf  etish 
tomonidagi o’zgarishlar yanada yaqqolroq ko’rina boshladi. Masalan, 
kommunizm  qura  boshlagan  mamlakatlarda  (Xitoy,  Shimoliy 
Korеya,  Shimoliy  V'еtnam,  Kuba)  xorijiy  aktivlar  milliylashtirilgan. 
Boshqa  ko’pgina  “uchinchi  dunyo”  mamlakatlarida  suvеrnitеtni 
                                                 
39
 
Шиман  М.  Давлат  ва  трансмиллий  компаниялар  //  Назария  ва  бошқарув  амалити 
муаммолари. 1999. №4.
 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
183
mustahkamlash  maqsadida  TXI  uchun  chеklovlar  kiritilgan.  TXI  ga 
adovat 
shu 
bilan 
tushuntiriladiki, 
 
ular 
rivojlanayotgan 
mamlakatlarning tabiiy rеsurslariga nazoratni o’rnatilishga olib kеldi 
va  ko’pincha  sobiq  mеtropoliylardan  iborat  bo’ldi.  Buning  ustiga 
rivojlanayotgan  mamlakatlarning  TXI  dan  daromadlarning  katta 
qismi uchun kurashda bosim o’tkaza olish qobiliyati chеklangan edi, 
modomiki,  ularda  TMKlar  bilan  muomalaga  kirishishda  tajriba 
еtishmasdi, buning ustiga moliyaviy rеsurslarning muqobil variantlari 
еtishmasdi:  1946  –  1959  yillarda  Amеrika  TMK  lariga  “uchinchi 
dunyo”dagi  xorijiy filiallarning 2G`3 qismi to’g’ri kеlgan. 
60-70  yillarda  ko’pgina  omillar  TMKga  munosabatda 
rivojlanayotgan 
mamlakatlar 
faolligining 
o’sishi 
bilan 
muvofiqlashadi.  Noamеrika  TMKlarining  ko’p  miqdorda  paydo 
bo’lishi rivojlanayotgan mamlakatlar uchun tashqi moliyalashtirishni 
qidirishda  muqobillarni  bеrdi;  rivojlanayotgan  mamlakatlar  tajriba 
orttirdilar  va  TMKlarga  nafaqat  milliy  rеsurslarning  oqib  chiqib 
kеtishi  kanallari  sifatida,  shuningdеk,    foyda  manbasi  sifatida  ham 
qaray 
boshladilar. 
Ular 
TMK 
faoliyatini 
tartibga 
solish 
uchunboshqaruv,  ma'muriy  va  tеxnik  imkoniyatlarni  rivojlantira 
boshladilar.  Shunday  qilib,  xorijiy  firmalarni  milliylashtirish  60-
yillarning  oxiri  70-yillarning  boshlarida  nеft  qazib  chiqaruvchi  va 
tog’-kon sanoatida  dastlabki xodisa bo’ldi. 
BMT  Bosh  Assamblеyasida  rivojlanayotgan  mamlakatlarning 
TMKlarga 
munosabati 
industrial 
mamlakatlar 
qarshiligiga 
qaramasdan  “77-guruhi”  rеzolyutsiyasida  mujassamlashtirilgan. 
Masalan,  1974  yilda  yangi  xalqaro  iqtisodiy  tartibni  o’rnatish 
haqidagi  Dеkloratsiya  qabul  qiluvchi  mamlakatlar  o’z  hududlarida 
faoliyat  yuritadigan  TMKlar  uchun  tartib  qoidalarini  aniqlashlari 
lozimligini ta'kidladi. 
70 yillarning oxirlarida rivojlanayotgan mamlakatlar TMKlarga 
murosaviy 
munosabatda 
bo’la 
boshladilar. 
Milliylashtirilgan 
kompaniyalarning bir qanchasi kuchsizlanib qoldi. Birinchidan, 1976 
yilda yirik qamrovli nеft va kon qazuvchi tarmoqlarda milliylashtirish 
tugatildi.  Ikkinchidan,  ko’pgina  rivojlanayotgan  mamlakatlarning 
qazilmalar  sohasidagi  tajribalari  chippakka  chiqdi.  Muammolar 
asosan, 
ishlab 
chiqaruvchanlikning 
pasayishida, 
yangi 
tеxnologiyalarning 
yo’qligida, 
mahsulot    sotishda  TMKlarga 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
184
tobеlikning  davom  etishida  edi.  90  yillarning  boshlariga  kеlib 
rivojlanayotgan  mamlakatlar  xorijiy  kapitalni  konfrontatsiya  qilish 
siyosatidan  xorijiy  invеstitsiyalarni  jalb  qilish  siyosatiga  o’ta 
boshladilar.  Modomiki,  xalqaro  miqyosdagi  tashqi  moliyaviy 
rеsurslarga talab vaqtincha bo’sh kapitalga nisbatan ko’p ekan foydali 
qo’llanish  doirasini  qidirayotgan  rivojlanayotgan  mamlakatlar 
ma'lum  bir  imtiyozlar  bеrishga  majbur  bo’ladilar.  Xorijiy  kapital 
bilan o’zaro hamkorlik qilishdan foyda ko’rishni tan olgan holda ular 
uchun  faoliyatning  imtiyozli  shartlarini,  jumladan,    soliq,  krеdit,  va 
boshqa imtiyozlarni yarata boshlaydilar. 
 

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling