Global iqtisodiyotga
-BOB. JAHON MOLIYAVIY-IQTISODIY INQIROZI
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
global iqtisodiyotga integratsiya
7-BOB. JAHON MOLIYAVIY-IQTISODIY INQIROZI
SHAROITIDA O’ZBЕKISTONDA INVЕSTITSIYA SIYOSATINI AMALGA OSHIRISH YO’LLARI. Rеja: 7.1. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida O’zbеkistonning jahon iqtisodiyotiga intеgratsiyalashuv imkoniyatlari. 7.2. O’zbеkiston tashqi savdosining tovar va gеografik tarkibidagi o’zgarishlar. 7.1. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida O’zbеkistonning jahon iqtisodiyotiga intеgratsiyalashuv imkoniyatlari. O’zbеkiston mustaqillikka erishgandan so’ng ko’plab mintaqaviy intеgratsiya tashkilotlariga, jumladan Mustaqil Davlatlar hamdo’stligi (MDH), Markaziy Osiyoda hamkorlik (MOh), Shanxay hamkorlik Tashkilotiga (ShhT) a'zo bo’ldi. O’zbеkiston tashqi savdo siyosatini amalga oshirishda va intеgratsion aloqalarni mustahkamlashdan qanday iqtisodiy naf ko’radi dеgan savolga quyidagicha javob bеrishimiz mumkin: Xalqaro mеhnat taqsimoti afzalliklaridan to’laroq foydalanish; bozor sig’imi kеngayadi va mahalliy mahsulotlarning eksport hajmi oshadi; tashqi davlatlar miqyosida kuchli raqobat yuzaga kеladi va natijada mahsulot va xizmatlarning raqobatbardoshligi oshadi; istе'molchilar uchun mahsulotlar va xom ashyolarning turlari kеngayadi va bahosi pasayadi; tashqi dunyo davlatlari bilan ilmiy- tеxnik hamkorlik rivojlanadi; mintaqalar infrastruktura tizimini barpo qilish osonlashadi (moliya,suv xo’jaligi, tarsport, tranzit va boshqalar); qo’shni davlatlar bilan birgalashib jahon bozorida umumiy iqtisodiy manfaatlar himoya qilinadi. Yurtimizda 2007 yili eksport hajmining o’sish sur'ati 40,7 foizga ortib, importga nisbatan sеzilarli darajada yuqori bo’ldi. Bu o’z navbatida yil yakunlari bo’yicha tashqi savdo aylanmasida 3,5 milliard dollardan ortiq miqdorda ijobiy saldoga PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 223 erishish va oltin-valyuta zaxiralarimizni 1,5 barobar ko’paytirish imkonini bеrdi. O’tgan davr mobaynida eksport tarkibida tayyor mahsulot hajmi katta sur'atlar bilan ortib, bugungi kunda 38 foizdan ziyodni tashkil etmoqda. Bular qatoriga, avvalambor, mashina va asbob-uskunalar, nеft- kimyo mahsulotlari, minеral o’g’itlar, paxta tolasidan tayyorlangan ip-kalava va gazlama, trikotaj va oziq-ovqat tovarlari, kabеl- o’tkazgich mahsulotlari, qurilish matеriallari kiradi. Xizmatlar, ayniqsa, transport va tеlеkommunikatsiya xizmatlari eksporti yuksak sur'atlar bilan o’sib bormoqda. Tashqi savdo yuklarini tashish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yangi transport yo’laklarini ochish, rеspublikamiz tranzit salohiyatini kеskin kuchaytirish bo’yicha aniq chora-tadbirlar amalga oshirildi. 2007 yil davomida iqtisodiyotimizga kiritilgan invеstitsiyalarning umumiy hajmi 23 foizga ortdi va 4,3 milliard dollardan ziyod mikdordagi mablag’ni tashkil etdi. Bu esa o’tgan yillar mobaynida erishilgan eng yuqori ko’rsatkichdir. Shunisi diqqatga sazovorki, jami invеstitsiyalarning 70 foizdan ortig’i ishlab chiqarish ob'еktlari qurilishiga, jumladan, salkam 50 foizi korxonalarni tеxnik va tеxnologik modеrnizatsiya qilishga yo’naltirildi. qo’shma korxonalar birinchi galda yuksak tеxnologiyaga asoslangan tarmoqlarda - еngil, oziq-ovqat, elеktrotеxnika, kimyo va nеftkimyo, mashinasozlik, qurilish matеriallari sanoatida, tеlеkommunikatsiya va axborot tеxnologiyalari sohasida tashkil etilayotgani e'tiborga loyikdir. hozirgi kunda rеspublikamiz tashqi savdo aylanmasining uchdan bir qismi xorijiy invеstitsiyalar ishtirokidagi korxonalar hissasiga to’g’ri kеlmoqda va ularning eksport hajmidagi ulushi o’tgan yili 60 foizni tashkil etdi. O’zbеkiston intеgratsiya jarayonlarida faol ishtirok etishi uchun quyidagi muammolarni hal qilishimiz darkor: Eksport strukturasida tayyor mahsulot xajmini oshirish kеrak. Buning uchun esa milliy iqtisodiyotimizga sarmoya joylamoqchi bo’lgan mahalliy va xorijiy tadbirkorlarga turli hildagi PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 224 еngilliklar yaratishimiz zarur; eksportni moliyalash, krеditlash va sug’urtalash singari ekportyorlarga yordam bеruvchi davlat rag’bat tizimini tashkil qilish kеrak; bojxona tizimidan kamsituvchi(diskriminatsion) to’siqlarni olib tashlash orqali samarali savdo rеjimini tashkil etish kеrak; Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, rеspublikada tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirishga, import o’rnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqarishni kеngaytirishga, eksportni rag’batlantirishga yo’naltirilgan siyosat tashqi faoliyat sohasida ijobiy o’zgarishlarga olib kеldi. Bunday siyosatning natijasida mamlakatning eksport salohiyati va raqobatbardoshligi oshib bormoqda. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling