131
qonuniyatli o’zgarish jarayonidir. Rivojlanishsiz iqtisodiy taraqqiyot
bo’lmaydi. Barqarorlik – jamiyatning inqiroz holatida ham o’z
manfaatlarini qondira olish xususiyati, vaziyatni tiklash imkoniyati.
Bu, jamiyat faoliyatining barcha sohalarida olib boriladigan va uning
salohiyatini takomillashtirish, mustahkamligini oshirishga qaratilgan
chora-tadbirlar majmuasidir.
Xo’jalik hayotining baynalmilallashuvi milliy ishlab chiqarish
jarayonlarining dunyo miqyosida o’zaro bog’liqligini yuzaga kеltirdi.
Bir mamlakatning milliy daromadini o’sishi tovarlar va xizmatlar
importi hajmini o’sishiga, bu esa o’z navbatida, ishlab chiqarish
jarayonlarining o’zaro bog’langanligi sababli, boshqa mamlakatda
daromadning o’sishi va uchinchi mamlakatlarda importga talabni
yuzaga kеlishi kuzatiladi. Iqtisodiy jihatdan yirik davlat ichki ishlab
chiqarish va importni rag’batlantirishi mumkin. Bu esa eksport,
daromad, dunyo bo’yicha bandlik, ishlab chiqarishning o’sishini
yuzaga kеltiradi
Do'stlaringiz bilan baham: