Глобал иқтисодиёт” фанидан қайта топшириш иши


Download 72.77 Kb.
bet1/3
Sana24.01.2023
Hajmi72.77 Kb.
#1117818
  1   2   3
Bog'liq
1 Қайта топшириш ГЛОБАЛ ИҚТИСОДИЁТ И 55 2 ГУРУХ ТАЛАБАСИ ХАЙДАРОВ


ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ
ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ

ТОШКЕНТ МОЛИЯ ИНСТИТУТИ “ИҚТИСОДИЁТ” КАФЕДРАСИ ИҚТИСОДИЁТ 55-2 ГУРУХ ТАЛАБАСИ ХАЙДАРОВ НУРИДДИННИНГ
ГЛОБАЛ ИҚТИСОДИЁТ” ФАНИДАН
ҚАЙТА ТОПШИРИШ ИШИ
ГУРУҲ: И-55-2 ГУРУХ


БАЖАРДИ: Хайдаров Нуриддин


ҚАБУЛ ҚИЛДИ: _________________________


ТОШКЕНТ–2022
МАВЗУ: “Global iqtisodiyot” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.
РЕЖА:

  1. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlari.

  2. Globallashuv tushunchasining mohiyati va rivojlanish evoluytsiyasi.

  3. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining namoyon bo’lish shakllari va globallashuv jarayoniga ta’sir etuvchi omillar.

Jahon Savdo Tashkiloti (WTO) (inglizcha: World Trade Organization, fransuzcha: Organisation Mondiale du Commerce, ispancha: Organización Mundial del Comercio) — 1995-yilda aʼzo-davlatlar oʻrtasidagi xalqaro savdoni liberallashtish, savdo va siyosiy munosabatlarini tartibga solish maqsadida tashkil etilgan. JST 1947-yil tuzilgan xalqaro bitim — GATT(ing. General Agreement on Tariffs and Trade)ning davomchisi hisoblanadi.
Hozirgi davrda jahon iqtisodiyotida ikki tendensiya amal qilmoqda. Bir tomondan, mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi, xalqaro savdoning erkinlashuvi, kommunikatsiya va axborot zamonaviy tizimi, texnik jihatdan jahon andozalari va me’- yorlarining yaratilishi natijasida jahon xo‘jaligining yaxlitligi, uning globallashuvi kuchaymoqda. Ayniqsa, bu jarayon transmilliy korpo- ratsiyalarning faoliyatlari orqali aniq namoyon bo‘lmoqda. Boshqa tomondan, mintaqaviy darajada mamlakatlarning iqtisodiy jihatdan yaqinlashuvi va o‘zaro aloqadorligi ro‘y berib, jahon xo‘jaligining nisbatan mustaqil markazlarini tashkil etish yo‘nalishida rivojla- nayotgan yirik mintaqaviy integratsion tuzilmalar shakllanmoqda.
Mamlakatimizda ishlab chiqilgan bozor iqtisodiyotiga o’tishning o’ziga xos yo’li konsepsiyasiga amal qilib iqtisodiyotda tub institutsional va tarkibiy o’zgarishlar amalga oshirilmoqda, ishlab chiqarishni qayta tashkil etish va davlat tasarrufidagi korxonani xususiylashtirish asosida mulkchilik munosabatlari qayta ko’rilmoqda, yangi bozor mexanizmlari va bozor infratuzilmasi shakllantirilmoqda/ shu bilan birga respublikaning XXI asrga qadam qo’yishi milliy tizimlarga yuksak talablar qo’yuvchi iqtisodiy integratsiya asosida globallashuvning jahon tendensiyalari kuchaygan bir sharoitda to’g’ri keldi.
XX asrning ikkinchi yarmi va XXI asrning o’tgan 20 yilida jahon iqtisodiyoti taraqqiyotining eng e’tiborli jihati xalqaro iqtisodiy munosabatlarning global ravishda rivojlanib borishi bo’ldi. Jahon xo’jaligi tizimida davlatlarning ayrim guruhlari, xalqaro iqtisodiy guruhlar, alohida kompaniya va tashkilotlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar tobora kengayib bormoqda. Bu jarayonlar xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va baynalminallashuvida, ularning bir-biriga bog’liqligi va yaqinlashuvida, mintaqaviy xalqaro tuzilmalar va ayrim davlatlar guruhlarning rivojlanishi va munosabatlari mustahkamlanishida nomoyon bo’lmoqda.
Globallashuv jarayonining tarafdorlarining fikricha, globallashuv iqtisodiy o’sishni rag’batlantiradi, aholi farovonligini oshiradi, yangi ish o’rinlari yaratilishiga imkon beradi.
Bu jarayonga qarshi bo’lganlar esa, globallashuv rivojlanayotgan mamlakatlarda savdo ekspansiyasining kuchayishi, iqtisodiy jamiyatlarning ortishi (qalbaki mahsulotlar ishlab chiqarish, noqonuniy reeksport, narkotik moddalar savdosining ortishi va x.k.), atrof-muhit ifloslanishi, texnika xavfsizligiga amal qilmaslik, bolalar mehnatidan foydalanish va boshqa noxush hodisalar bilan bog’liq muammolar kuchayishiga olib keladi, deb xisoblaydilar. Biroq qanchalar xavotirli bo’lgani bilan globallashuv jarayonini baribir to’xtatib bo’lmaydi. Tahlilchilar globallashuv jahon iqtisodiy rivojlanishining u yoki bu ijtimoiy-iqtisodiy, texnologik va ekologik tendensiyalarga qanday ta’sir ko’rsatishini chuqur o’rganishlari lozim bo’ladi.
Xalqaro savdoda tashkilotga aʼzo va ishtirokchi mamlakatlar uchun majburiy boʻlgan tamoyillar va qoidalar belgilangan xukumatlararo koʻp tomonlama shartnomalar asosida faoliyat olib boradi. 1995-yilda 1948—94 yillarda ish olib borgan Tariflar va savdo boʻyicha Bosh kelishuv (General Agreement on Tarifs and Trade — GATT) negizida tashkil qilingan. BMT tizimiga kiradi. Idorasi Shveysariya Jenevada. JST jahon savdosi qoidalarini ishlab chiqish yoʻli bilan davlatlar savdo siyosatiga taʼsir koʻrsatish, savdo munosabatlarini erkinlashtiradigan va qatiy tartib-qoidaga soladigan muzokaralar uchun yigʻilishlar oʻtkazish, davlatlararo savdoda yuzaga keladigan nizolarni hal qilish va b. vazifalarni bajaradi. JSTning oliy organi — barcha aʼzo mamlakatlar Vazirlar Konferensiyasi boʻlib, kamida 2 yilda bir marta oʻtkaziladi. Joriy ishlarga Bosh kengash (tovarlar savdosi boʻyicha kengash, xizmatlar savdosi boʻyicha kengash, intellektual mulk masalalari boʻyicha kengash), sekretariat, doimiy qoʻmitalar rahbarlik qiladi. JST faoliyati aʼzo mamlakatlarning oʻzaro manfaatlarini turli tadbirlar (asosan boj imtiyozlari, toʻsiqlari va b.)ni qoʻllash bilan himoya qilishga qaratilgan. Aʼzo mamlakatlar JST talablarini bajarish bilan birga tashkilotning boshqa aʼzolariga savdoda mumkin qadar qulaylik berish rejimini (birinchi navbatda boj tariflarini pasaytirish) qoʻllaydi, oʻz ichki bozorini chet el korporatsiyalari uchun ochiq qilish majburiyatini oladi. 133 mamlakat toʻla huqukli aʼzo, 30 mamlakat, shu jumladan Rossiya, Oʻzbekiston, Qozogʻiston JST da kuzatuvchi maqomiga ega va 1992—93 yillarda tashkilotga aʼzo boʻlish uchun ariza bergan[1]. 2021-yil fevral oyida nigeriyalik iqtisodchi Ngozi Okonjo-Iveala JST bosh direktori etib tayinlangan. Ngozi Okonjo-Iveala tashkilot tarixidagi ilk ayol direktordir.

Download 72.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling