Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot falsafasi ma'ruzani olib borish texnologiyasi
Download 102.94 Kb.
|
13-mavzu Globallashuv va barqaror taraqqiyot falsafasi
Demografik muammo.Hozirgi zamonda insoniyatning eng muhim muammolari orasida, aksariyat davlatlar va mintaqalarda aholi haddan tashqari ko‘payishiga sabab bo‘layotgan aholining nazoratsiz o‘sishi qayd etiladi. Ayrim mutaxassislarning baholashlariga ko‘ra, sayyorada mavjud energetika, xom ashyo, oziq-ovqat va boshqa resurslar yerda faqat bir milliardga yaqin kishi («oltin milliard») munosib hayot kechirishini ta'minlashi mumkin. Vaholanki, oxirgi ming yillik mobaynida sayyoramiz aholisi 15 baravar ko‘paydi va bugungi kunda 6 milliard kishidan oshib ketdi. Bunda nafaqat miqyos, balki aholining o‘sish sur'atlari ham aqlni lol qoldiradi. Xususan, birinchi ikki baravar ko‘payish 700 yil ichida, ikkinchisi – 150 yil ichida, uchinchisi – 100 yil ichida va oxirgisi – 40 yildan kamroq vaqt ichida yuz berdi. Shuni aytishning o‘zi kifoyaki, 1956 yil yerda 2,8 milliard kishi yashagan bo‘lsa, XX asr oxiriga kelib bu raqam 6 milliardga yetdi.
XX asrda yer kurrasi aholisining «demografik portlash» deb nomlangan mislsiz darajada o‘sishi biologik qonunlarning emas, balki stixiyali, notekis ijtimoiy rivojlanish va insoniyat katta mashaqqatlar bilan bartaraf etishga harakat qilayotgan chuqur ijtimoiy ziddiyatlar mahsuli bo‘ldi. Bu avvalo rivojlanayotgan mamlakatlarga tegishli bo‘lib, ularga jahon aholisi o‘sishining o‘ndan to‘qqiz qismidan ko‘prog‘i to‘g‘ri keladi. Bu yerdagi vaziyat rivojlangan mamlakatlarga XX asr boshidayoq xos bo‘lgan o‘lim darajasining yuqoriligi va butun insoniyatga XVIII asrga xos bo‘lgan tug‘ilish darajasining yuqoriligi bilan tavsiflanadi. Ayni vaqtda mehnat unumdorligi darajasi va aholi jon boshiga olinadigan daromad miqdoriga, qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorlik darajasi va qishloq xo‘jaligining samaradorligiga, aholining savodxonlik darajasi va umumiy madaniy saviyasiga ko‘ra bu mamlakatlar xalqlarining aksariyati hali XIX asrda yashamoqda. Demografik muammolar juda murakkab va o‘ta turg‘un bo‘lib, ularni tez bartaraf etish mumkin emas. Ularni yechish kechga surilgani sari, yanada murakkabroq va chigalroq tus oladi. Shu sababli rivojlanayotgan mamlakatlarda barcha hukumatlar tug‘ilish darajasini pasaytirishga qaratilgan demografik siyosatni amalga oshirishga harakat qilmoqda. Jumladan O‘zbekistonda 1995 yilda “Oilani rejalashtirish” davlat dasturi qabul qilindi. Bu dasturda har bir oilada farzand tug‘ilishini rejalashtirishning ona va bola sog‘ligini asrashga yo‘naltirilgan sa'y harakatlardan biri bo‘lishi bilan bir qatorda, mamlakatda demografik portlashning oldini olish vazifasini bosqichma-bosqich amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Bu borada barcha viloyatlarda, qishloq va ovullarda reproduktiv salomatlik bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Shuni alohida ta'kidlash joizki, mustaqillik yillarida O‘zbekistonda aholining o‘rtacha yoshi erkaklar orasida 73, ayollar oraisda 75 yoshga teng. Mazkur muammo rivojlangan mamlakatlarda ham keskinlashdi, lekin bu yerda uning aks ko‘rinishiga duch kelish mumkin. Umr uzunligining va keksa odamlar sonining o‘sishi jarayonida hatto aholining oddiy ko‘payishini ham ta'minlamaydigan tug‘ilish darajasining pasayishi kuzatilmoqda. Ayni holda depopulyasiya, ya'ni aholi sonining kamayishi to‘g‘risida so‘z yuritiladiki, (Rossiya aholisi o‘rtacha 54 yoshni tashkil qiladi,) bu ham milliy manfaatlar, ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish, pensiya ta'minoti va shu kabilarga tegishli qo‘shimcha qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Rossiyadagi so‘nggi 20 yillikdagi demografik jarayonlar bunga yorqin misol bo‘ladi. Biroq, keyingi besh yilda bu masalada ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Jumladan aholi soni ortishi va o‘rtacha umrguzaronlik 4 yilga oshdi. Download 102.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling