Глобал маркетингнинг назарий асослари (6 соат) 1-амалий машғулот: Халқаро маркетинг тушунчаси ва моҳияти


Халқаро маркетингнинг ўзига хос хусусиятларини санаб ўтинг ва изоҳланг


Download 31.48 Kb.
bet2/2
Sana05.01.2022
Hajmi31.48 Kb.
#218638
1   2
Халқаро маркетингнинг ўзига хос хусусиятларини санаб ўтинг ва изоҳланг.

1. Tashqi bozorda muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatish uchun juda katta va maqsadli yo’naltirilgan hatti-harakatlarni amalga oshirish, marketing usullari va tamoyillariga ichki bozorga nisbatan ketma-ketlikda rioya qilish lozim

2. Tashqi bozor, uning imkoniyatlari va talablari xalqaro marketing faoliyatida ichki bozorni o’rganishga nisbatan murakkab va ko’p mehnat talab qiluvchan jarayondir


3. Tashqi bozor talablariga javob berish tashqi bozorga chiqqanidan bir necha yil o’tgandan so’ng ham raqobatbardoshlik ko’rsatkichlarini saqlab qoluvchi tovarlarni tayyorlash va ishlab chiqarishni anglatadi



3-топшириқ.

Маркетингнинг ташқи иқтисодий алоқаларга хос бўлган тўрт хил тури ҳақида фикр юритинг. Анъанавий маркетингдан қандай белгиларга кўра ажралиб туришини тушунтиринг.


Marketingning tashqi iqtisodiy aloqalar rivojlanishiga xos bo’lgan to’rt xil turi mavjud:

1. Ichki (milliy) marketing. Unga faoliyat miqyosi mamlakat hududi
chegaralaridan tashqariga chiqmaydigan milliy kompaniya va firmalar amal qiladi.
Ular eksport operasiyalarini rad qilmaydilar va vaqti-vaqti bilan bu operasiyalarni
amalga oshirib turadilar. Biroq bu operasiyalar hozircha bozor sub’yektining
farovonligini belgilab bermaydi;

2. Eksport marketingi. Milliy bozorda mustahkam o’ringa ega bo’lgan ko’plab bozor sub’yektlari uchun eksport operasiyalari qo’shimcha daromad olish manbai bo’lishi mumkin. Bunday bozor sub’yektlari raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Eksport faolligini ichki bozorining to’yinishi va sof kon’yunktura xarakteridagi noqulayliklar bilan izohlash mumkin;

3. Xalqaro marketing. Xalqaro marketingdan foydalanishga chet elda ishlab chiqarish filiallariga ega bo’lgan va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarayotgan transmilliy kompaniyalar faoliyatini misol qilib keltirish mumkin. Bunday kompaniyalarga chet elda amalga oshiruvchi operasiyalar asosiy foyda keltiradi hamda xalqaro ishlab chiqarish kooperasiyasi uchun qulay sharoitlarni ta’minlaydi;

4. Global marketing. Marketingning bu turi butun jahonni yagona bozor sifatida qabul qiladi hamda milliy xususiyatlarni hisobga olshiga emas, balki bozoring milliy, madaniy va boshqa tavisfnomalarining bir xilligiga asoslanadi. U faqat ularni iste’mol qilish milliy madaniyat va urf-odatlarga bog’liq bo’lmagan tovar guruhlariga nisbatan qo’llanadi.


4-топшириқ.

Қуйида келтирилган усулларнинг қайсилари ҳаридорлар сонини оширишга, қайсилари таъминотчилар сонини оширишга тааллуқли?



  1. Диверсификатсия.

  2. Конверсия.

  3. Корхоналар бирлашмаларидан айрим корхоналарни алоҳида ажратиш.

  4. Бир-бирининг ўрнини босувчи товарлар импорти.

  5. Товар ҳаракатланишида мустакил каналларни ажратиш.

  6. Янги қурилиш йўли билан рақобатлашувчи ишлаб чиқаришни яратиш.


Назорат ва такрорлаш учун саволлар:


1. Глобал маркетинг фанининг асосий объекти нимадан иборат?

2. Стратегик вазифаларнинг тўққиз тури қандай бозорларга


таълуқли?

3. Глобаллашув жараёнининг қайси жабхаларини кўрсата оласиз?



4. Интерналлашув жараёнининг объектив келиб чиқишига мисоллар келтиринг.

5. Ўзбекистон корхоналарининг экспорт қилиниётганмаҳсулотлар структураси нимадан иборат?
Download 31.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling